Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi
Davlat innovatsion siyosatini shakllantirish va uning asosiy yoʻnalishlari
Download 58,89 Kb.
|
innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi. R
3. Davlat innovatsion siyosatini shakllantirish va uning asosiy yoʻnalishlari.
Davlat innovasion siyosati – bu innovasion faoliyatni faollashtirish va uning samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar yigʻindisidir. Bundan tashqari u innovasion faoliyat natijalaridan mamalakatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishida va jamiyat ehtiyojlarini toʻla qondirishda keng foydalanishga yoʻnaltirilgan faoliyatni namoyon etadi. Davlat innovasion siyosati uch bosqichdan tashkil topgan boʻlib, ular: Innovasion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konsepsiyasini ishlab chiqish; Innovasion jarayonlarning davlat tomonidan qoʻllab quvvatlanishining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash; Innovasion faoliyatni faollashtirish boʻyicha qoʻyilgan maqsadga erishishga amaliy ta'sir koʻrsatish. Innovasion siyosatning ikki turi mavjud: strategik va taktik. Davlat innovasion siyosatining strategiyasi mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyalari asosida shakllantiriladi. Innovasion siyosat strategiyasini tanlash oʻz navbatida quyidagilarni talab qiladi: innovasion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va undan foydalanish metodlarini tanlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga mos holda innovasion rivojlanishning asosiy maqsadlarini belgilash. Taktik innovasion siyosatda joriy maqsadlar va bu maqsadlarga yuqori samaradorlik bilan erishishni ta'minlaydigan aniq tadbirlar aniqlanadi. Taktik vositalar – bu ilmiy tadqiqot va loyiha –konstruktorlik ishlarni moliyalashtirish, moddiy-texnik va axborot ta'minoti, xodimlarni tanlash, innovasiyani rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir. Davlat innovasion siyosati, uni shakllantirish metodlarining samaradorligi va innovasiyani qoʻllab-quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha davlatda fan-texnikaning rivojlanishiga baho berish mumkin. Fan texnika rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnik faoliyat natijalarini (lisenziya, patent va boshqalar) eksport qilish rivojlanadi, shuningdek, tayyor yangiliklarni eksport qilish koʻpayib, boshqa mamlakatlarda ilmiy-texnik innovasion yordam koʻrsatish kengayadi. Davlat innovasion siyosati asosan innovasion jarayonni amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, axborot va ijtimoiy-psixologik sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Innovasion siyosatning shakllanish metodlari va sharoitlaridan kelib chiqqan holda, davlat tomonidan innovasion faoliyatni qoʻllab quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari aniqlanadi. Innovasion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab quvvatlashning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan tashkil topgan: perspektiv yoʻnalishdagi ilmiy tadqiqotlarning (fundamental, izlanish, amaliy) rivojlanishini qoʻllab quvvatlash; innovvasion faoliyatni mutaxassislar bilan ta'minlash; innovasion faollikni oshirishga yoʻnaltirilgan turli xil dasturlarni ishlab chiqish; alohida firma (korxonalar)ning innovasion faoliyati samaradorligini oshirishga ragʻbatlantiruvchi ta'sirga ega fiskal va boshqa iqtisodiy dastaklarni davlat tomonidan tartibga solish; fanning turli soxalari (akademiya, tarmoq va oliy oʻquv yurti) oʻzaro aloqasini samarali tashkil etishda davlat vositachi sifatida ishtirok etishi va oliy oʻquv yurtlari (universitet, institut, akademiya) bilan sanoat korxonalari orasidagi innovasiya ishlamalari boʻyicha kooperasiyani ragʻbatlantirish; innovasion ishlamalarga davlat buyurtmalarini shakllantirish; viloyatlardagi innovasion faoliyatni tartibga solish; innovasion faoliyatni huquqiy bazasini yaratish; innovasion jarayonlar boʻyicha xalqaro aloqalarni tartibga solish. Innovasion faoliyat boʻyicha xalqaro aloqalarni tartibga solish shakllari turli xildir. Ulardan asosiylari quyidagilardir: xorijiy innovasion investisiyalarni ragʻbatlantirish; hamkorlikning eng perspektiv va ustivor yoʻnalishlarini asosli tanlash; innovasion ishlamalarni eksport nazoratidan oʻtkazish; xalqaro kichik innovasion tadbirkorlik aloqalarini qoʻllab quvvatlash; hamkorlikda bajarilayotgan innovasion loyihaning ishtirokchi davlatlariga (korxonalarga) maxsus soliq va kredit imtiyozlarini qoʻllash; mamlakatda xalqaro standart va me'yorlarni joriy etish. Bundan tashqari ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish shakllariga quyidagilarni kiritish mumkin: Innovasiya muammolari bilan shugʻullanayotgan xalqaro tashkilotlarning (YuNESKO, OESR, YuNIDO, MAGATE va boshqalar) ishlarida ishtirok etish; Xalqaro konvensiyalarda qoʻshilish (masalan: intellektual mulk huquqlarini himoya qilish boʻyicha konvensiya); xalqaro innovasion aloqalarni huquqiy tartibga soluvchi maxsus qonunlar va me'yorlar ishlab chiqish, xalqaro patent-lisenziya operasiyalarida ishtirok etish va hokazo. Download 58,89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling