Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish


Fundamental tadqqot dasturlari -


Download 50.68 Kb.
bet6/6
Sana09.03.2023
Hajmi50.68 Kb.
#1256422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 (1)

Fundamental tadqqot dasturlari - tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida yangi bilimlar olish va qonuniyatlarni ochish, shuningdek, amaliy tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirishning ilmiy asosini yaratishga qaratilgan bo‘lib, besh yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
Amaliy tadqiqot dasturlari - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlardagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarini echishga qaratilgan muhim vazifalarni samarali hal etishni ta’minlovchi, resurs imkoniyatlari, bajarilish muddatlari hamda kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy- tadqiqot va texnologik ishlanma dasturlari majmuasi bo‘lib, uch yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
Fundamental va amaliy tadqiqot ilmiy-texnika dasturlari davlat buyurtmasi asosida bajariladigan, mablag‘ bilan ta’minlangan, ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlari, ijrochi tashkilotlari, rahbarlari belgilangan ilmiy loyihalar to‘plami hisoblanadi. Ilmiy loyiha esa fundamental va amaliy tadqiqotlar mavzusi, maqsadi, vazifalari hamda tadqiqotdan kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy ishdir. Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy va dolzarb tematik tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar bo‘yicha tanlovlarini xorijiy tajribalarni e’tiborga olgan holda davriy ravishda bosqichma-bosqich shakllantirib, e’lon qilishni yo‘lga qo‘ydi.
Tanlov topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashrifi, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig‘ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilganini alohida ta’kidlash joiz.
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bajarilishi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovi ham tashkil qilindi. Mazkur tanlovlar haqidagi batafsil ma’lumotni vazirlikning rasmiy veb-saytidan (http://mininnovation.uz) olish mumkin. Asosiy tanlovlardan yana biri bu - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mehanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3698-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida moliyalashtirish uchun ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik va «startap» loyihalari tanlovidir.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Yana bir muhim jihat - davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy-texnik tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so‘ng to‘liq tijoratlashtirilishi shartligi belgilab qo‘yildi. Taqdim etiladigan loyihalar tashkilot ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi nuqtai nazaridan atroflicha muhokama qilinishi va tavsiya etilganligi haqida qaror qabul qilinishi talab etiladi.
Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarning to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori tashkilotlar mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadi. Tanlovning dastlabki bosqichlarida tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmasligi belgilab qo‘yilgan. Endilikda esa loyiha mavzusining dolzarbligi, uning ilmiy salohiyati, loyihadan kutilayotgan natijaning muhimligi va tijoratlashtirilishiga asos borligini e’tiborga olib, ekspertiza jarayoniga beriladi va loyiha ilmiy rahbari bilan vazir, tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-texnik kengash raisi, ilmiy kotibi, tatbiq etiladigan soha, tarmoq vakili ishtirokida muzokaralar olib boriladi, natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi. Loyiha ijobiy hulosaga ega bo‘lgan taqdirda uni moliyalashtirish tavsiya etiladi.
Bu mamlakatimiz olimlarining tadqiqotlarini xalqaro miqyosga olib chiqishga undashi bilan ahamiyatli. Ilmiy loyihani taqdim etishning majburiy shartlarida loyiha rahbari tomonidan ilmiy jamoaning majburiyatlari ham belgilab qo‘yilgan. Unda o‘zining ilmiy izlanishlari natijalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, jamiyatning noyob mulkiga aylantirish, ularni «Fan tarmogi» (Web of Science Core Collection) yoki Scopus ma’lumotlar bazasi ro‘yxatidagi, retsenziyalanadigan mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilishi kerak. Loyihani amaliyotga tatbiq etish jarayonida retsenziyalanadigan mahalliy «Fan tarmog‘i» yoki «Skopus» ma’lumotlar bazasida indekslangan hamda boshqa xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilishi talab etiladi. Shuningdek, respublikaning turli hududlaridagi muassasalar bilan o‘zaro integratsiyani ta’minlash, u erdagi ilmiy- tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Akademik harakatchanlik» yo‘nalishida malaka va tajribasini oshirish uchun kamida bir nafar yosh olim yoki tadqiqotchi loyihani bajaruvchi jamoa tarkibiga kiritilishi kerakligi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF- 5264 sonli farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi nnovatsion rivojlanish vazirligiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish vazifasi topshirilgan. Ayni paytda 1700 dan ortiq fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari, innovatsion ishlanmalar, yosh olimlarning fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari bajarilmoqda. Bundan tashqari, 2018 yildan faoliyat boshlagan qo‘shma chet el grant loyihalari ham mavjud.
Monitoring o‘tkazilishidan oldin loyiha bajarilayotgan tashkilotlarga savolnomalar taqdim etildi. Savolnomada loyiha ijrochilarining ishchi dasturlari, ularning loyihada ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va loyiha kalendar rejasiga mosligi, loyiha bo‘yicha olingan muhim ilmiy natijalar va ularning iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etilishi istiqbollari, nashr etilgan monografiyalar, darsliklar, uquv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar va patentlar taqdim etilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, loyiha bajarilishi jarayonidagi kamchiliklar, loyihaning olib borilishiga xalaqit berayotgan sabab va muammolar, loyiha bajarilayotgan ilmiy laboratoriya va moddiy-texnik bazasining ahvoli, qo‘shimcha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar so‘ralgan. Monitoring jarayonida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni olib borish uchun yangi tipdagi hamda zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha takliflar, ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun etakchi xorijiy ilmiy markazlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish uchun yosh olimlardan nomzodlar berilishi, loyiha natijalari bilan innovatsion yarmarkalarda ishtirok etish, tuzilgan shartnomalar va ularning ijrosi, ish bajarilayotgan tashkilot tomonidan loyihaning bajarilishi uchuy zarur sharoitlar yaratilganligi kabi masalalar batafsil ko‘rsatilishi belgilangan.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544- son Farmoni bilan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi», O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Strategiyaning bosh maqsadi mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasi va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish iborat. Strategiyada belgilangan asosiy vazifalardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishishdir. Shunday ekan, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarish ham ayni shu Strategiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Download 50.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling