Loyiha pasporti. Loyiha mavzusi


Download 251.11 Kb.
bet1/4
Sana10.03.2023
Hajmi251.11 Kb.
#1257371
  1   2   3   4
Bog'liq
LOYIHA INNOVATSIYA



MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI,
3-BOSQICH GEOGRAFIYA YO’NALISHI TALABASI
_____________________________________ning
Innovatsion pedagogik texnologiyalar fanidan
MUSTAQIL ISHI.

Toshkent-2022


LOYIHA PASPORTI.


Loyiha mavzusi: Geografiya darsliklarida atamalar, tayanch tushuncha va iboralarning muhim ahamiyatlari.


Loyihaning maqsad va vazifalari: geografiya darsliklarida berilgan atamalar, tayanch tushuncha va iboralarning o‘quvchilar ongiga kengroq yetkazib berish, hamda bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish. Maktab o‘quv darsliklarida atama, tayanch tushuncha va iboralarni alohida darslikka ilova qilish.


Loyihaning amaliyotda qo‘llashga oid vositalar: “O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, “Bolalar Ensiklopediyasi”, “Qiziqarli geografiya”, “Dunyo siyosat jamiyati”, “Geografik terminlar va tushunchalar izohli lug‘at”, “Maktabda geografiya” ta’lim jurnali, foto suratlar, va h.k.

LOYIHA REJASI.
1. Geografiya darsliklarida atama, tayanch tushuncha va iboralarning ahamiyati.
2. Atama, tayanch tushuncha va iboralarning shakllantirish bo‘yicha mulohazalar.
3. Gileya nima?
4. Yevropa ittifoqi qanday tashkilot?
5. Siklon nima?
6.Xalqaro miqyosda qabul qilingan geografik atama va terminlar.
Bugungi kunda geografiya dasliklarida berilgan geografik atama, tayanch tushuncha va iboralar muhim ahamiyat kasb etadi. Darsliklarda berilgan atamalarni amaliyotda qo‘llashda kengroq tushuncha berish va ularni darslikda chop etish asosiy maqsad va vazifamiz hisoblanadi.
Insoniyat XXI asrda yashamoqda. Bu asrda davlatimiz yuksak taraqiy etgan mamlakatlar qatoridan joy olishi lozim. Buning uchun diyorimiz odamlari yetuk bo‘lishi kerak. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, kelajakda O‘zbekiston yuksak taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.
Geografiya o‘quv darsliklari ana shunday farzandlarni tarbiyalashga hissa qo‘shish maqsadida atama, tayanch tushuncha va iboralarning dalillar va asoslar asosida maktab o‘quv darsliklarida chop etish lozimdir.
Atama, tayanch tushuncha va iboralar izohi qiyin, shu bilan birga faxrli va mas’uliyatli. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘ziga yoqqan yoki o‘zicha to‘g‘ri deb hisoblagan atama va tushunchalarni o‘quvchilarga tushuntira beravermasligi zarur. Har bir atama va tushuncha ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim. Shu munosabat bilan atama va tushunchalar haqida bir necha mulohazani aytib o‘tmoqchiman:
1. Til taraqqiy etgan sari atamalar ham ixchamlashib, ma’nosi oydinlashib boraveradi.
2. Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish o‘sgan sari yangi atamalar paydo bo‘ladi.
3. Chet ellar bilan, turli xalqlar o‘rtasida aloqalarning kuchayishi turli atama va tushunchalarning kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Biz boshqa xalqlardan o‘zimizda yo‘q turli xil asbob-uskuna, mashinalar va boshqa buyumlar olsak, ular bilan birga ularning nomlari — atamalar ham kirib keladi. Masalan, magnitofon, radio, fotoapparat, parovoz, tramvay, termoyadro reaksiyasi, raketa va h. k.
4. Har bir xalqning lug‘at boyligi boshqa xalqlardan kirib keladigan atamalar hisobiga ham boyib boradi. Bunda biz, albatta, iloji boricha usha atama mazmuni va shaklini olishimiz kerak. Le­kin o‘z til qoidalarimiz, fonetik imkoniyatimizga qarab o‘zgartirishimiz ham mumkin. Masalan, Xitoycha Tyan-Shanni Tiyonshon, japanni yapon deymiz va b.
5. Atamalarni qabul qilishda iloji boricha o‘zbeklashtirish, muqobilini topish lozim.
Iloji bo‘lmagan taqdirda tarjima qilish mumkin. Lekin tarjima atama mazmunini berishi, hammaga tushunarli bo‘lishi kerak. Masalan, samosval mashinaagdarma mashina, toros muzqalashma muz. Agar muqobili topilmasa, tarjima ma’nosini bermasa, qaysi tildan olinganidan qat’i nazar asl holida berilishi kerak. Bunga misol qilib, antitsiklon, arktika, antropogen, bazalt, barometr, batiskaf, volfram va boshqalarni keltirish mum­kin.
6. O‘zbek tiliga yunon tilidan kirib kelgan ge — Yer so‘zi bilan boshlanadigan bir
qancha atamalar, asosan, fanlar nomlari mavjud. Masalan, geografiya, geodeziya, geologiya, geomorfologiya, geotektonika va boshqalar. Bulardan geografiya bizga o‘tgan asr oxiri va XX asr boshida turklardan jo‘g‘rofik shaklida kirib kelgan va 1937 yilgacha jo‘g‘rofiya shaklida qo‘llanilib, an’anaviy atamaga aylanib qolgan edi. So‘ngra ko‘pgina boshqa atamalar kabi jo‘g‘rofiya ham geog­rafiya bilan almashtirildi. Asli geografiya (yunoncha geographia, ge—yer, grafo — tasvirlayman). Geografiya atamasini shu fanning otasi Erato­sfen (miloddan avval 276—194 yillar) birinchi marta qo‘llanib, fanga kiritgan.
7. Juda ko‘p atamalar borki, ular bizga arabchadan XIX asrda va XX asr boshida kirib kelgan. Masalan, muvoziy, mador, barh va b. Hozirgi vaqtda bular o‘rniga parallel, tropik, okean, ge­ograf atamalari singib ketgan.
8. Atamalar ko‘pchilikka tushunarli, ixcham, jarangdor va tugal ma’noli bo‘lishi kerak. Biz iloji boricha yuqoridagi mulohazalaga amal qilsak. Lug‘atga yangi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan atamalar ham kiritilsa. Masalan, broker, birja, menejer, kredit va boshqalar.
Atama, tayanch tushuncha va iboralarning tayyorlashda asosiy mezon qilib maktab
o‘quv dasturlari, darsliklarida, o‘quv xaritalarida foydalanib, har bir geografiya fan o‘quv darsligida asosiy qilib ilova qilinishi ma’qul.
Keling yuqorida masalar yuzasidan ayrim darsliklarizda berilgan atama, tayanch tusunchalarga kengroq izoh beramiz. Masalan: 6-sinf darsligida batial, abyssal, mobilizm, UNESKO, ferralit, velvichiya, paporotnik, mulatlar, kanon, dara, tundra; 9-sinf dasligida asosiy tashkilotlar nomlari BMT, XVF, OPEK, YIH, YESA, NAFTA, NATO, ASEAN, YI, va h.k larning ba’zilariga kengroq izoh beramiz. Xush tundira nima? MDH va OPEK qanday tashkilot? Ular haqida nimalarni bilamiz.

Download 251.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling