Innovatsion faoliyatni


Fundamental tadqqot dasturlari -


Download 293.09 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi293.09 Kb.
#1535075
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish

Fundamental tadqqot dasturlari - tabiiy, texnikaviy va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida yangi bilimlar olish va qonuniyatlarni ochish, shuningdek, amaliy tadqiqot va ishlanmalarni rivojlantirishning ilmiy asosini yaratishga qaratilgan bo‘lib, besh yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
Amaliy tadqiqot dasturlari - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlardagi dolzarb ilmiy-texnikaviy muammolarini echishga qaratilgan muhim vazifalarni samarali hal etishni ta’minlovchi, resurs imkoniyatlari, bajarilish muddatlari hamda kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy- tadqiqot va texnologik ishlanma dasturlari majmuasi bo‘lib, uch yilgacha muddatga ishlab chiqiladi.
Fundamental va amaliy tadqiqot ilmiy-texnika dasturlari davlat buyurtmasi asosida bajariladigan, mablag‘ bilan ta’minlangan, ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlari, ijrochi tashkilotlari, rahbarlari belgilangan ilmiy loyihalar to‘plami hisoblanadi. Ilmiy loyiha esa fundamental va amaliy tadqiqotlar mavzusi, maqsadi, vazifalari hamda tadqiqotdan kutiladigan natijalari belgilangan ilmiy ishdir. Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy va dolzarb tematik tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar bo‘yicha tanlovlarini xorijiy tajribalarni e’tiborga olgan holda davriy ravishda bosqichma-bosqich shakllantirib, e’lon qilishni yo‘lga qo‘ydi.
Tanlov topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashrifi, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig‘ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilganini alohida ta’kidlash joiz.
Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bajarilishi 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovi ham tashkil qilindi. Mazkur tanlovlar haqidagi batafsil ma’lumotni vazirlikning rasmiy veb-saytidan (http://mininnovation.uz) olish mumkin. Asosiy tanlovlardan yana biri bu - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 maydagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mehanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3698-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida moliyalashtirish uchun ustuvor innovatsion, ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik va «startap» loyihalari tanlovidir.
Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi. Yana bir muhim jihat - davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy-texnik tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so‘ng to‘liq tijoratlashtirilishi shartligi belgilab qo‘yildi. Taqdim etiladigan loyihalar tashkilot ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi nuqtai nazaridan atroflicha muhokama qilinishi va tavsiya etilganligi haqida qaror qabul qilinishi talab etiladi.
Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarning to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori tashkilotlar mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadi. Tanlovning dastlabki bosqichlarida tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda tanlov o‘tkazilmasligi belgilab qo‘yilgan. Endilikda esa loyiha mavzusining dolzarbligi, uning ilmiy salohiyati, loyihadan kutilayotgan natijaning muhimligi va tijoratlashtirilishiga asos borligini e’tiborga olib, ekspertiza jarayoniga beriladi va loyiha ilmiy rahbari bilan vazir, tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-texnik kengash raisi, ilmiy kotibi, tatbiq etiladigan soha, tarmoq vakili ishtirokida muzokaralar olib boriladi, natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi. Loyiha ijobiy hulosaga ega bo‘lgan taqdirda uni moliyalashtirish tavsiya etiladi.
Bu mamlakatimiz olimlarining tadqiqotlarini xalqaro miqyosga olib chiqishga undashi bilan ahamiyatli. Ilmiy loyihani taqdim etishning majburiy shartlarida loyiha rahbari tomonidan ilmiy jamoaning majburiyatlari ham belgilab qo‘yilgan. Unda o‘zining ilmiy izlanishlari natijalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, jamiyatning noyob mulkiga aylantirish, ularni «Fan tarmogi» (Web of Science Core Collection) yoki Scopus ma’lumotlar bazasi ro‘yxatidagi, retsenziyalanadigan mahalliy va xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilishi kerak. Loyihani amaliyotga tatbiq etish jarayonida retsenziyalanadigan mahalliy «Fan tarmog‘i» yoki «Skopus» ma’lumotlar bazasida indekslangan hamda boshqa xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilishi talab etiladi. Shuningdek, respublikaning turli hududlaridagi muassasalar bilan o‘zaro integratsiyani ta’minlash, u erdagi ilmiy- tadqiqot muassasalari va oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Akademik harakatchanlik» yo‘nalishida malaka va tajribasini oshirish uchun kamida bir nafar yosh olim yoki tadqiqotchi loyihani bajaruvchi jamoa tarkibiga kiritilishi kerakligi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi PF- 5264 sonli farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi nnovatsion rivojlanish vazirligiga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan foydalanishning tizimli monitoringini olib borish vazifasi topshirilgan. Ayni paytda 1700 dan ortiq fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari, innovatsion ishlanmalar, yosh olimlarning fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari bajarilmoqda. Bundan tashqari, 2018 yildan faoliyat boshlagan qo‘shma chet el grant loyihalari ham mavjud.
Monitoring o‘tkazilishidan oldin loyiha bajarilayotgan tashkilotlarga savolnomalar taqdim etildi. Savolnomada loyiha ijrochilarining ishchi dasturlari, ularning loyihada ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va loyiha kalendar rejasiga mosligi, loyiha bo‘yicha olingan muhim ilmiy natijalar va ularning iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etilishi istiqbollari, nashr etilgan monografiyalar, darsliklar, uquv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar va patentlar taqdim etilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, loyiha bajarilishi jarayonidagi kamchiliklar, loyihaning olib borilishiga xalaqit berayotgan sabab va muammolar, loyiha bajarilayotgan ilmiy laboratoriya va moddiy-texnik bazasining ahvoli, qo‘shimcha zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar, zarur sarflanuvchi materiallar va butlovchi qismlar bilan ta’minlash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilishi haqida ma’lumotlar so‘ralgan. Monitoring jarayonida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni olib borish uchun yangi tipdagi hamda zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha takliflar, ilmiy va texnologik asbob-uskunalarda ishlashni o‘rganishlari uchun etakchi xorijiy ilmiy markazlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish uchun yosh olimlardan nomzodlar berilishi, loyiha natijalari bilan innovatsion yarmarkalarda ishtirok etish, tuzilgan shartnomalar va ularning ijrosi, ish bajarilayotgan tashkilot tomonidan loyihaning bajarilishi uchuy zarur sharoitlar yaratilganligi kabi masalalar batafsil ko‘rsatilishi belgilangan.
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544- son Farmoni bilan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi», O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Strategiyaning bosh maqsadi mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasi va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish iborat. Strategiyada belgilangan asosiy vazifalardan biri sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishishdir. Shunday ekan, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada yuqori pog‘onalarga ko‘tarish ham ayni shu Strategiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.


Xulosa

Yuqoridagi ta’riflardan xulosa qilib, innovatsiya – bu yuqori iqtisodiy va ijtimoiy samara olish maqsadida ishlab chiqarish jarayoniga ilg’or ilm-fan yutuqlarini joriy etish yo’li bilan yangi tovarlar yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatini oshirishdir.


Innovatsiya har bir sohada bo’lishi mumkin. Masalan, fanda, uning bir yo’nalishida yirik yangiliklarga erishish, kashfiyotlar yaratish, izlanishlarda, ilm sohasida yangi ilm va bilimlarni ochish, texnika va texnologiyalarni yangi avlodini yaratish, ishlab chiqarish sohalarida, xizmat ko’rsatishda yangi usullarni kiritish va boshqalar shular jumlasidandir. Iqtisodiyotda esa fan, texnika, texnologiyalar sohalarida erishilgan eng so’nggi yutuqlarni qo’llashni bildirishi mumkin.
Innovatsion faoliyat qaysi sohada bo’lmasin, kashfiyotlar, e’lon qilingan yangiliklar, texnika va texnologiya yutuqlari va texnologik jarayonlarni yangilash, mahsulot bilan ta’minlash va boshqa yo’nalishlardagi barcha yangiliklarni tizimli ravishda uzluksiz joriy etib borishni ta’minlash jarayonidir.
Jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Fandagi texnika-texnologiya sohalaridagi eng so’nggi yutuqlar, kashfiyotlar, yangiliklar, ratsionalizatorlik takliflarni ishlab chiqish va xizmat ko’rsatish sohalariga shiddat bilan kiritilib boriladi va marketing, boshqaruv, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida yangi yondashuv, yangi texnologiya, texnikalarni qo’llashni talab qiladi va texnologiyalarni yangi avlodini qo’llash asosida mablag’ kiritilishi investitsiyadan dalolat beradi. Yangilik kiritilishi asosida mavjud texnika va texnologiyalarni almashtirilishi ham investtsiyani anglatishi mumkin. Fan va texnika taraqqiyoti natijalari asosida yangi texnika, texnologiyalarni qo’lga kiritilishi ham investitsiya ma’nosida ishlanadi. Investitsiyani aniqlovchi omil bo’lib yangilik yaratilishi, ratsionalizatorlik takliflar yirik tashkilotlar va shunga tegishli ilgari e’lon qilinmagan yirik ishlanmalar xizmat qiladi.
Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo’llash asosida tashkil etishni, xizmat ko’rsatish sohasida yangi, avval qo’llanilmagan xizmat turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o’rnini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qo’llashga kiritilishini, yangi ilg’or texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llanilishini, ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi.
Innovatsiya an’anaviy va yangi ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoq sohalarida iqtisodiy o’sishni va raqobatbardoshlikni doimiy ravishda ta’minlovchi zaruriy vosita sifatida namoyon bo’ladi.
FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR RO’YXATİ
ASOSİY ADABİYOTLAR

1. Salixov S.A. va boshqalar. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. Toshkent ―Iqtisodiyot‖, 2013 yil.


2. Ergashxodjaev SH. Innovatsion marketing. Darslik. Toshkent
―CHo’lpon‖, 2014 yil.
3. Akabirova D.N.Innovatsionnaya strategiya. Uchebnoe posobie. ToshkentIqtisodiyot, 2011.
4. Ishmuhamedov A. E. Innovatsion strategiya. O’quv qo’llanma. Toshkent, TDIU, 2007.
QO’SHİMCHA ADABİYOTLAR
1. Mirziyoev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. // Xalq so’zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar.
2. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent : O’zbekiston, 2016. - 56 b.
3. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent:
―O’zbekiston‖, 2017. – 48 b
4. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: : ―O’zbekiston‖, 2017. – 488 b.
5. Mirziyoev SH.M. 2017 yil 19 sentyabr Birlashgan Millatlar Korxonai Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi.// Xalq so’zi, 2017 yil 20 sentyabr.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so’zi, 2018 yil 29 dekabr.

Internet saytlari


7. http://www.mineconomy.uz (O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi)
8. http://www.mehnat.uz (O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi)
9. http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)
10. http://www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi)





Download 293.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling