Mazkur yarmarka ishida hududiy darajada ham ancha faollik sezildi. Misol uchun Andijon viloyati tadbirkorlik sub'yektlari va fermerlarida nisbatan katta qiziqish bo‘lib, ushbu viloyat bo‘yicha 103 ta shartnomalar imzolangan bo‘lsa, bunday shartnomalar Farg‘ona viloyatida - 100 ta, Samarqand viloyati - 77 ta, Toshkent shahrida - 68 ta va Toshkent viloyati bo‘yicha 64 tani tashkil etdi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, VIII yarmarka doirasida ilk marotaba Toshkent xalqaro innovatsion forumi o‘tkazilib, unda 39 nafar xorijiy ishtirokchilar, shu jumladan AQSH, Germaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Gretsiya, Polsha va Rossiya davlatlarining 20 nafardan ortiq olimlari va mutaxassislari hamda Toshkent shahrida joylashgan xalqaro tashkilotlarning 19 nafar vakillari ishtirok etishdi.
Forum doirasida ilmiy va texnologik parklarni qo‘llab-quvvatlash, korxonalarni boshqarishni innovatsion yondashuvi, ilm va ishlab chiqarish integratsiyasi, yoshlarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda rivojlangan davlatlarning tajribasi, innovatsion iqtisodiyot uchun kadrlarni tayyorlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Innovatsiya va ishlab chiqarish
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarrachalar, zamonaviy innovatsion komputer, super mikroelektron, biologik, gen muhandisligi, quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. O‘tgan asrning 80-yillaridan dunyo taraqqiyotning yangi bosqichi, ya’ni globallashuv davriga kirdi. Bu ichki va xalqaro bozorlarni kengaytirish, texnologik innovatsiyalar – komputer texnikasi, priborlar mikrominiatyurizatsiyasini yaratish, yangi aloqa vositalarini rivojlantirish zarurati, 90-yillarda esa bugun milliardlab foydalanuvchilarga ega internetning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bugungi globallashuv jarayoni raqobatni kuchaytirib, yangi mahsulotlar yaratish davrini qisqartirdi va kompaniyalarni yangi innovatsion mahsulotlar (texnologiyalar, materiallar, mashinalar, texnika, transport va kommunikatsiya vositalari, dori-darmonlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlar)ni jadal ishlab chiqishga majbur etdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!! E’tiboringiz uchun rahmat!!!
http://kompy.info
Do'stlaringiz bilan baham: |