“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet12/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Iqtisodiyot, innovatsiya, texnologiya, salohiyat, innovatsion salo­hiyat, innovatsion ishlanmalar, texnologiyalar transferi, tad­bir­kor­lik, innovatsion tadbirkorlik, intellektual mulk, tajriba mar­kazlari.

Nazoratvamuhokamauchunsavollar
1.Infratuzilma – bu nima?

2.Innovatsion infratuzilmaning vazifalarini aytib bering.


3.Kadrlar tayyorlash va axborot ta’minoti infra­tuzil­ma­la­ri­ni yoriting.
4.Moliyaviy infratuzilma xususida nimalarni bilasiz?


4‑mavzu. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari


Reja
4.1.Innovatsiya faoliyat infratuzilmasining ahamiyati.

4.2. Innovatsionfaoliyat infratuzilmasining tarkibi.


4.3. Innovatsiyalar bozorida tadbirkorlikni rivojlantirishning ayrim masalalari.


4.1.Innovatsiya faoliyat infratuzilmasining ahamiyati
Mamlakatimiz iqtisodiyotida yirik moddiy, moliyaviy va intellektual resurslar to‘plangan. Fan‑texnika taraqqiyoti –ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga va ijtimoiy mehnat taqsimotining yanada chuqurlashiga yordam bermoqda, buning natija­si­da ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga katta ta’sir ko‘r­sat­­moqda. Albatta, bunday jihatlar yirik indust­rial­lash­tiril­gan ishlab chiqarishga xosdir. Uning masshtabi kengayib borishi davo­mida turli xizmatlarga talab oshib boradi.

Shu sababli, ishlab chiqarishning rivojlanishiga optimal sharoit yaratishni ta’minlovchi va ishlab chiqarish samara­dor­ligi­ni oshirishga ko‘maklashuvchi innovatsion faoliyat sub’ektlariga zaru­ri­yat tug‘iladi. Bular umumiy ko‘rinishda innovatsion faoliyat infratuzilmasi deyiladi. “Infratuzilma” atamasi lotin so‘zidan olingan bo‘lib, infra− quyi va structura− tuzilish, joylashish degan ma’noni beradi.


Infratuzilma − iqtisodiy kategoriyadir. U milliy iqtiso­di­yot­ning tarkibiy qismini ifodalab, katta miqdorda pirovard mahsulot yaratishga yordam beradi. U jamiyatdagi ishlab chiqarish kuch­larining bo‘linmas qismi bo‘lib, korxonalar faoliyatining piro­­vard natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Pirovard nati­ja­­lar esa, innovatsion infratuzilmasi taraqqiyoti daraja­si­ga ham bog‘liqdir.
Iqtisodiy adabiyotlarda innovatsion faoliyat infratuzil­ma­si sub’ekti deb: ishlab chiqarish-texnik, konsalting, moliyaviy, ka­dr­­lar tayyorlash, axborot va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatuvchi yuri­dik shaxslar tan olinadi (4.1.1-rasm).
Innovatsion faoliyat infratuzilmasining muhim vazifa­la­ri­­dan biri –ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni yangiliklar yaratish yo‘nalishidagi funksiyalaridan asta-sekin ozod etish va ularga asosiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini yara­tishdir.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi − yangi yoki takomil­lash­tiril­gan mahsulotni, shuningdek, yangi yoki takomillashtirilgan texno­­logik jarayonni yaratish, ularni ishlab chiqarishda o‘zlash­ti­rish (amaliyotda qo‘llash) bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan sub’­ekt­lar yi­g‘in­disidir.
Infratuzilma sub’ektlari mustaqil ravishda pirovard mah­su­lot ishlab chiqarmasada, innovatsion tadbirkorlikning pirovard nati­jalarga erishishlariga sababchi bo‘ladi. Ular umumiy innovatsion mahsulot ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos oraliq bo‘g‘in roli­ni o‘taydi.
Infratuzilmaning innovatsion mahsulot ishlab chiqarish tizi­midagi o‘rnini tavsiflovchi muhim jihati shundaki, u innovatsion tadbirkorlikni yagona maqsadli dastur asosida yuqori dara­ja­da yakuniy natijalarga erishishga xizmat qiladi. Shuning­dek, ular innovatsion mahsulot ishlab chiqarishda mehnatning yuqo­ri darajada bo‘lishligini ta’minlaydi.
Demak, nfratuzilma – yaxlit xo‘jalik organizmi emas. Uning tarkibiga kiruvchi barcha tarmoqlar, ijtimoiy takror ishlab chiqa­rish tizimida o‘zlariga xos munosib o‘rinni egallab, innovatsion mah­su­lot ishlab chiqarishga turlicha ta’sir ko‘rsatadi.
Innovatsion faoliyatda, bir tomondan yangi yoki takomil­lash­ti­­ril­gan mahsulotni, shuningdek, yangi yoki takomillashtirilgan tex­­no­lo­gik jarayonni yaratgan innovatorlar tursa, ikkinchi to­mon­da esa, uni qo‘llash asosida yangiyoki takomillashgan mahsulotlar ish­­lab chiqa­radigan sub’ektlar turadi. Bu sub’ektlar o‘zaro bog‘liq va ular o‘rtasida o‘ziga xos mehnat taqsimoti mavjud.

Ишлаб чиқариш-технологик таркибий қисм




Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling