“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet9/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

Tayanch iboralar
Innovatsion faoliyat, qo‘shilgan qiymat, diffuziya, g‘oya, gipoteza, loyiha, mahsulot, tejamkorlik, texnologiya, iqtisodiy holat, integratsiya, qonuniyatlar.

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. “Innovatsiyalap diffuziyasi” tushunchasini yoriting.

2. Innovatsiyalarning tarqalishi bosqichlarini ayting.


3.Ilmiy-texnologik rivojlanishda iqtisodiy holat qanday baholanadi?.
4.Mahsulotning hayot bosqichlari va texnologiyalarning integ­ral­­lashgan rivojlanishi o‘rtasidagi qonuniyatlarni tushun­ti­ring.
3-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy - uslubiy asoslari
­
Reja
3.1. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion faoliyat va innovatsion infratuzilma zarurligi, vazifalari va ahamiyati.

3.2. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma tur­la­ri.


3.3. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-uslubiy asoslari.


3.1. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion faoliyat va innovatsion infratuzilma zarurligi, vazifalari va ahamiyati
Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsion faoliyat yaratish uchun innovatsion infratuzilmani shakl­lan­tirish muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonni amalga oshi­rish innovatsion iqtisodiyotni quyidagi tizim (zanjir) aso­sida: “Innovatsiya –innovatsion faoliyat – innovatsion infra­tuzil­ma – innovatsion tadbirkorlik” faoliyat yuritishi uchun shart-sha­ro­it yara­tadi.

Mamlakat iqtisodiyotini innovatsiyaga asoslangan holda ri­voj­lanishda hamda uning ichki va tashqi bozordagi raqobat­bar­dosh­ligini ta’minlashda innovatsion faoliyat muhim hisoblanadi. Innovatsion faoliyat deyilganda, korxona va tashkilotlardagi iqti­­­sodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik va boshqa yo‘nalishlar asosida yangi g‘oya va fikrlarni joriy etish natijasida samaradorlikni oshi­rish jarayonidan iboratdir.


Respublikamiz iqtisodiyotida innovatsion faoliyat mavjud bo‘lishi quyidagilarni talab etadi. Jumladan:
  • korxonalar amaliyotida innovatsion zamonaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalar asosida faoliyat yo‘lga qo‘yilganda;


  • innovatsion ishlanmalarni bozor iqtisodiyoti talablari asosida tijoratlashtirish amalga oshirilganda;


  • korxonalarda yangi g‘oya va fikrlarni yaratuvchi intel­lek­tual ilmiy salohiyatni yangi mahsulot (xizmat ko‘rsatish)ni amalga oshi­rishga yo‘naltirilganda;


  • korxona va tashkilotlarda ilmiy-texnika g‘oyalarini sha­kl­lantirishga asoslangan innovatsion jarayonlarning bevosita bosh­qaruv jarayonini qamrab olganda;


  • korxona va tashkilotlarda iste’molchilar ehtiyojlari aso­sida yangi g‘oyani amaliyotga tatbiqi bo‘yicha tezkor innovatsion sikl yaratilganda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi.


Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy-uslubiy asoslarini mohiyatini bayon etish innovatsion faoliyat bilan birga bevosita innovatsion infratuzilma bilan bog‘langan. Innovatsion infra­tu­zima deyilganda shunday tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladiki, ular innovatsion g‘oya, yangilik va innovatsion faoliyatni amaliyotga amalga oshirishni ijrochisi hisoblanadi. Bunday tashkilot va korxonalar majmuasi jumlasiga ilmiy-texni­kaviy tashkilotlar, ta’lim ishlab chiqarish tashkilotlari va birlashmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, ishchi o‘quv markazlari, venchur va innovatsion fondlar hamda innovatsion markazlar va boshqalar hisoblanadi. Innovatsion infratuzilma sub’ektlarining asosiy bosh maqsadi, innovatsion faoliyatni hamda ilmiy tadqiqot ishi natijalarini yangi innovatsion g‘oya­lar­ni amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.


Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma oldida turgan vazifalar, quyidagilar hisoblanadi:
1. Innovatsiyaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, raqo­bat­ni rivojlantirish.
2. Ilm-fan ehtiyoji yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxo­nalarida, tarmoqlarida (sektorlarida) samarali fao­liya­ti­ni tash­kil etish.
3. Iste’molchilar talablari asosida o‘ta muhim bo‘lgan texno­lo­gik jarayonlarni shakllantirish.
4. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani moder­ni­zatsi­yalash.
5. Inson kapitalini samaradorligini oshirish iqtiso­diyot­ning muhim yo‘nalishi sifatida innovatsiyaga asoslanadi va krea­tiv­ligi yuqori bo‘ladi.
6. Ilmiy tadqiqot innovatsion loyihalarini (biron bir boshqaruv tuzilmasiga bo‘ysunmaydigan, turli avtoritar topshi­riq­lardan holi bo‘lgan) shaffof ekspertizasini amalga oshirish.
7. Innovatsion iqtisodiyotni tartibga soladigan qonun­chi­lik­ni takomillashtirishni yo‘lga qo‘yish.
Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilmani mav­jud bo‘lishi quyidagi yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratadi:
1. Mamlakat iqtisodiyotini innovatsion asosda rivoj­lan­ti­rish va natijada ko‘plab ijtimoiy va resurs ta’minoti bilan bog‘­liq muammolarni hal etish.
2. Korxona va tashkilotlar hamda iste’molchilarning talab­la­ridan kelib chiqib, yangi innovatsion zamonaviy mahsulotlarning tur­­larini ko‘paytirish.
3. Respublikada tarmoq va sohalarda ishlab chiqarilayotgan (xizmat ko‘rsatilayotgan) mahsulotlarning dunyo bozorida raqobat­bar­­doshligini oshirish.
4. Respublika iqtisodiyotini jahon bozoridagi joziba­dor­ligini kuchaytirish va boshqalardan iborat.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling