“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet6/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

2.1.1-rasm. Innovatsion sikl sxemasi.
Shuningdek, ayrim iqtisodchilar iqtisodiyotda innovatsion faoliyat harakatining ham hayotiylik davri (sikli)ni to‘rtta bosqichga (siklga) ajratadi. Innovatsiyalarning tarqalishi hara­ka­t­­i­ning hayotiylik davri innovatsiyalarning paydo bo‘lishidan da­vom­­li foydalanishgacha (rutinizatsiya) jarayonida sodir bo‘lib, bu bos­qich­lar umumiy holda quyidagicha tavsiflanishi mumkin11:
Birinchi bosqich. G‘oyaning yaratilishi – bu bosqichda bozor tala­biga mos keluvchi innovatsion mahsulot yoki jarayon haqida bosh­lang‘ich tushunchalar yaratiladi.
Ikkinchi bosqich. Berilgan innovatsion g‘oyani tor ekspe­ri­men­tal doiralarda o‘zlashtirish. Bu bosqichda innovatsiya­lar­ni tekshirish va sinab ko‘rish orqali kerakli o‘zgartirishlar ki­ri­tiladi.
Uchinchi bosqich. Innovatsiyalarning tarqalishi, diffu­zi­yasi­ni ro‘y berish jarayonida muhitga moslasha olishi yoki rad etilishi amal­ga oshadi.Innovatsiyani o‘zlashtirish murakkab jarayon bo‘lib, un­ga to‘rtta asosiy omil ta’sir qiladi:
a) innovatsion jarayonning xususiyatlari;
b) yangi texnologik jarayonning ishlab chiqarish sharoitlariga moslashish talablari;
v)xuddi shunday ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infra­tuzil­masiga talablar;
g) qabul qiluvchi korxonaning joylashgan joyidagi shart- sharo­itlar.
To‘rtinchi bosqich. Bu so‘nggi bosqich bo‘lib, innovatsiyalar aniq mahsulot yoki jarayon shaklida har xil muhitlarda joriy etiladi. Bu mahsulot va xizmatlarga talab kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish kengayib boradi.
Shuningdek, innovatsiyaning o‘ziga xos xarakterli xususiyati ham mavjud. Ko‘pgina ilmiy davralarda innovatsiya jarayoni chiziq­li va chiziqli bo‘lmagan hodisa sifatida qabul qilinadi. Chiziqli innovatsion jarayon – bu ilmiy bilimning innovatsiyalarga (yangilik yaratilishi va amaliyotga qo‘llanilishi) o‘tishi bilan bora­digan jarayon hisoblanadi. Innovatsiyaning bu jarayoni ikki faza­ni o‘z ichiga oladi. Birinchi faza bu bozorga chiqarish uchun tayyor yan­gi mahsulotni yaratish jarayoni hisoblanadi. Ikkinchi faza esa yangi mahsulotni sotish jarayoni sifatida innovatsion mahsulotni ish­lab chiqaradi va iste’molchilar o‘rtasida keng tashviqot qiladi. Chiziq­li bo‘lmagan hodisa sifatida innovatsion jarayon bu bozor tala­bini hisobga olmasdan, ammo innovatsion jarayon barcha talab­lar­ga mos kelishi bilan ifodalanadi. Innovatsiyaning muhim xusu­siya­ti sifatida E.Shumpeter e’tirof etgan innovatsion jarayon uch xil shaklda uch­ray­di.
1. Korxona tashkilotlarning ichki innovatsion jarayonlari. Bu innovatsion jarayonlar korxona va tashkilotlar ichida foyda­la­ni­­lib tovar shaklini olmaydi;
2. Korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida aylanadigan innovatsion jarayonlar. Bunda innovatsiyalar tovar ko‘rinishiga ega bo‘­lib oldi-sotdi jarayonida ishtirok etadi.
3. Kengaytirilgan innovatsion jarayon– yangi ishlab chiqa­ruv­­­chilarning paydo bo‘lishi, monopolist ishlab chiqaruvchi mono­po­­liya­sining buzilish va yangi korxonalarning bozorga kirib ke­lish jarayoni kuzatiladi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling