“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy - uslubiy asoslari Reja
- 3.1. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion faoliyat va innovatsion infratuzilma zarurligi, vazifalari va ahamiyati
Tayanch iboralar
Innovatsion faoliyat, qo‘shilgan qiymat, diffuziya, g‘oya, gipoteza, loyiha, mahsulot, tejamkorlik, texnologiya, iqtisodiy holat, integratsiya, qonuniyatlar. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. “Innovatsiyalap diffuziyasi” tushunchasini yoriting. 2. Innovatsiyalarning tarqalishi bosqichlarini ayting. 3.Ilmiy-texnologik rivojlanishda iqtisodiy holat qanday baholanadi?. 4.Mahsulotning hayot bosqichlari va texnologiyalarning integrallashgan rivojlanishi o‘rtasidagi qonuniyatlarni tushuntiring. 3-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy - uslubiy asoslari Reja 3.1. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion faoliyat va innovatsion infratuzilma zarurligi, vazifalari va ahamiyati. 3.2. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma turlari. 3.3. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-uslubiy asoslari. 3.1. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion faoliyat va innovatsion infratuzilma zarurligi, vazifalari va ahamiyati Respublikamizda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsion faoliyat yaratish uchun innovatsion infratuzilmani shakllantirish muhim hisoblanadi. Ushbu jarayonni amalga oshirish innovatsion iqtisodiyotni quyidagi tizim (zanjir) asosida: “Innovatsiya –innovatsion faoliyat – innovatsion infratuzilma – innovatsion tadbirkorlik” faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratadi. Mamlakat iqtisodiyotini innovatsiyaga asoslangan holda rivojlanishda hamda uning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion faoliyat muhim hisoblanadi. Innovatsion faoliyat deyilganda, korxona va tashkilotlardagi iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnik va boshqa yo‘nalishlar asosida yangi g‘oya va fikrlarni joriy etish natijasida samaradorlikni oshirish jarayonidan iboratdir. Respublikamiz iqtisodiyotida innovatsion faoliyat mavjud bo‘lishi quyidagilarni talab etadi. Jumladan: korxonalar amaliyotida innovatsion zamonaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalar asosida faoliyat yo‘lga qo‘yilganda; innovatsion ishlanmalarni bozor iqtisodiyoti talablari asosida tijoratlashtirish amalga oshirilganda; korxonalarda yangi g‘oya va fikrlarni yaratuvchi intellektual ilmiy salohiyatni yangi mahsulot (xizmat ko‘rsatish)ni amalga oshirishga yo‘naltirilganda; korxona va tashkilotlarda ilmiy-texnika g‘oyalarini shakllantirishga asoslangan innovatsion jarayonlarning bevosita boshqaruv jarayonini qamrab olganda; korxona va tashkilotlarda iste’molchilar ehtiyojlari asosida yangi g‘oyani amaliyotga tatbiqi bo‘yicha tezkor innovatsion sikl yaratilganda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy-uslubiy asoslarini mohiyatini bayon etish innovatsion faoliyat bilan birga bevosita innovatsion infratuzilma bilan bog‘langan. Innovatsion infratuzima deyilganda shunday tashkilot va korxonalar majmuasi tushuniladiki, ular innovatsion g‘oya, yangilik va innovatsion faoliyatni amaliyotga amalga oshirishni ijrochisi hisoblanadi. Bunday tashkilot va korxonalar majmuasi jumlasiga ilmiy-texnikaviy tashkilotlar, ta’lim ishlab chiqarish tashkilotlari va birlashmalari, texnologik inkubatorlar, texnoparklar, ishchi o‘quv markazlari, venchur va innovatsion fondlar hamda innovatsion markazlar va boshqalar hisoblanadi. Innovatsion infratuzilma sub’ektlarining asosiy bosh maqsadi, innovatsion faoliyatni hamda ilmiy tadqiqot ishi natijalarini yangi innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma oldida turgan vazifalar, quyidagilar hisoblanadi: 1. Innovatsiyaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqib, raqobatni rivojlantirish. 2. Ilm-fan ehtiyoji yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida, tarmoqlarida (sektorlarida) samarali faoliyatini tashkil etish. 3. Iste’molchilar talablari asosida o‘ta muhim bo‘lgan texnologik jarayonlarni shakllantirish. 4. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash. 5. Inson kapitalini samaradorligini oshirish iqtisodiyotning muhim yo‘nalishi sifatida innovatsiyaga asoslanadi va kreativligi yuqori bo‘ladi. 6. Ilmiy tadqiqot innovatsion loyihalarini (biron bir boshqaruv tuzilmasiga bo‘ysunmaydigan, turli avtoritar topshiriqlardan holi bo‘lgan) shaffof ekspertizasini amalga oshirish. 7. Innovatsion iqtisodiyotni tartibga soladigan qonunchilikni takomillashtirishni yo‘lga qo‘yish. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilmani mavjud bo‘lishi quyidagi yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratadi: 1. Mamlakat iqtisodiyotini innovatsion asosda rivojlantirish va natijada ko‘plab ijtimoiy va resurs ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni hal etish. 2. Korxona va tashkilotlar hamda iste’molchilarning talablaridan kelib chiqib, yangi innovatsion zamonaviy mahsulotlarning turlarini ko‘paytirish. 3. Respublikada tarmoq va sohalarda ishlab chiqarilayotgan (xizmat ko‘rsatilayotgan) mahsulotlarning dunyo bozorida raqobatbardoshligini oshirish. 4. Respublika iqtisodiyotini jahon bozoridagi jozibadorligini kuchaytirish va boshqalardan iborat. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling