“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Iqtisodiyotda innovatsion bozorni boshqarish uslubiyati, innovatsion jarayonning gepotizalari


Download 2.56 Mb.
bet7/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

2.2. Iqtisodiyotda innovatsion bozorni boshqarish uslubiyati, innovatsion jarayonning gepotizalari
Innovatsion iqtisodiyotning mohiyatini ochib berish eng avvalo innovatsion bozorning mohiyatidan kelib chiqadi. Iqtiso­diy adabiyotlardan ma’lumki, bozor bu – ishlab chiqarish va iste’­mol manfaatlarining mos keltirishning o‘ziga xos vositasidir. Un­da asosiy o‘rinni xaridor (mijoz) egallaydi) sotuvchining maj­mu­riyati – o‘z mijozlarining ehtiyojini qondirishdir. Bozorda qu­­yi­dagi shartlarga rioya etish talab etiladi:

1. Erkin raqobat. Bunda bozorning barcha qatnashchilari o‘z maqsadlariga erkin ortiqcha taziyiqlarsiz erishishga harakat qi­li­­shi bilan ifodalanadi.


2. Mahsulotning sifati va iste’molchilar xavfsizligi bo‘yi­cha belgilangan qoidalarga rioya qilish.
3. Iste’molchini erkin tanlash imkoniyatining mavjudligi.
Shunday ekan, innovatsion bozor – innovatsion mahsulotni (yangi g‘oya, yangi texnologiya, yangi loyiha va hokazolar) oldi- sotdi qi­li­na­digan joyni bildiradi.
Shuningdek, bunday bozorda innovatsion mahsulot yaratuvchisi va xarid qiluvchilari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar faol­la­sha­di, yangi yaratilgan innovatsion mahsulotning maqsadli tarqalishi ta’­minlanadi.
Innovatsion bozorning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hi­­sob­­lanadi:
1. Innovatsion mahsulotning yuqori sifat darajasining kafolatlanganligi, mahsulotning ishonchliligi va uning bozo­ri­ning barqarorligi.
2. Innovatsion mahsulotning bozordagi talab va taklif qonu­ni­yatiga mos faoliyat yuritishi. Bunda taklif hajmi narxlarning oshi­shida ko‘payishi va aksincha.
3. Innovatsion mahsulotga bo‘lgan talab mavsumiylik tebra­nish­lariga bog‘liq emasligi.
4. Innovatsion mahsulot va uning ehtiyojning qondirilish darajasi insondagi intellektual ong, bilim va aqliy qobiliyatga bog‘­­liq ekanligi.
Innovatsion bozorda innovatsion jarayonlarning mohiyatini quyi­dagi ikkita gipoteza bo‘yicha asoslash mumkin:
  1. “Texnologik turtki” gipotezasi (ilm-fandan>bozorga).


  2. “Bozor talabi bosimi” gipotezasi (bozor talabidan>ilm-fanga).


“Texnologik turtki” gipotezasi o‘z navbatida ilmiy g‘oyalar rivojlanishi amaliy bilimlarga bog‘liq bo‘lmagan holda rivoj­lana­di va bozor bilan ilmiy-texnik progress o‘rtasida bog‘lanish kuchsiz degan taxminlarga asoslanadi. Bu gipotezaga asosan innovatsion jarayon chiziqli model sifatida qabul qilinadi, ya’ni g‘oya­ning tovarga aylanish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu bos­qich­lar: fundamental (nazariy) va amaliy tadqiqotlar, tajriba kons­truktorlik ishlanmalari, marketing, ishlab chiqarish va so­tish hisoblanadi.


Bu gipotezaga ko‘ra fundamental (nazariy) tadqiqotlar haj­mi­ning ko‘payishi ilmiy -texnik ishlanmalar hajmini oshiradi va bu o‘z navbatida ularning soni oshib, innovatsiyalar jarayonining shakl­­la­nishiga olib keladi. (2.2.1 - rasm).


Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling