“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


rasm. Innovatsiyalarning shakllanish jarayoni


Download 2.56 Mb.
bet8/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

2.2.1 rasm. Innovatsiyalarning shakllanish jarayoni.
Masalan, o‘tgan asrda AQSh va sobiq SSSR o‘rtasida yuz bergan qurollanish poygasida bu gipotezaning amaliy ahamiyati o‘z isbotini topgan. Hozirgi kunda, dunyoning ko‘pgina davlatlarida innovatsiyalarni yaratishning bu usuli katta xarajatlar talab qi­li­­shi sabab qo‘llanilmaydi.

Fundamental tadqiqotlarda innovatsiya jarayonining o‘zagi yara­­­tiladi, ammo, odatda, ularda amaliy muammolarga to‘g‘ridan-to‘g‘­ri yechim topilmaydi. Fundamental tadqiqotlar natijalari ilmiy bi­­lim, g‘oyalar va ilmiy bilim ko‘rinishida bo‘lishi mum­kin.Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, fundamental tadqiqotlarning 90 foiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, 10 foizi ijobiy natija be­ra­­di va 3 foizigina amaliyotda qo‘llaniladi. Amaliy tad­qi­qot­lar­da fundamental (nazariy) bilimlar asosida tajribalar, test­lar o‘tkaziladi. Bu tajribalar natijasi patentlar, ilmiy maqo­la­lar ko‘rinishida bo‘ladi.


Bozorga yangi mahsulot bilan kirib borishda yirik korxonalarda bozorni o‘rganish va mahsulotni sotish uchun maxsus guruhlar tashkil etiladi. Marketing va sotish bosqichlari innovatsi­on jarayon natijalarini sotish bilan bog‘liq.
Bu modelning ustunliklari bilan birga kamchilik tomonlari ham bor. Masalan, innovatsiyalar har doim ham fundamental tadqi­qot­lar va ixtirolar natijasida paydo bo‘lmaydi. Hozirgi kunda ko‘p­roq bozor talabi innovatsiyalar yaratilishiga sabab bo‘lmoqda. Jum­ladan, innovatsiyalarning kelib chiqish manbalariga ko‘ra 60 foiz bozor talabidan, 25 foiz texnologiyalardan va 15 foiz noma’­lum manbalardan kelib chiqqanligi aniqlangan.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion jarayonning chiziqli mode­li bozor ta’siri va innovatsion jarayonlar elementlari o‘rta­si­da yuz beradigan murakkab jarayonlarni inobatga olmaydi.
“Bozor talabi bosimi” gipotezasida innovatsion jarayonlarga bo‘lgan ehtiyoj bozor talabi orqali shakllanadi deb qaraladi. Yangi g‘oya innovatsion jarayonning istalgan bosqichida paydo bo‘lishi mum­kin, ya’ni fundamental tadqiqot ta’sirisiz ham yuz berishi mum­kin va innovatsion jarayonning barcha qatnashchilari: tadqi­qot­chi­lar, ishlab chiqaruvchilar, investorlar va tadbirkorlar innovatsi­­ya­ni yaratishda birlashishlari lozim, deb hisoblanadi.
Innovatsion jarayon bosqichlari ham o‘zaro ta’sirlashadi, bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, marketing va ishlab chiqarish ja­ra­­­yon­lari amalga oshadi. Tadqiqotlarning natijalari innovatsion ja­­ra­­yonning turli bosqichlarida turlicha foydalaniladi. Shu bi­lan birga loyiha menejerlari va iste’molchilarning roli ham ino­­batga olinadi.
Yuqoridagi ikki gipotezalarni birlashtirish natijasida chiziqli bo‘lmagan innovatsion jarayon modelini keltirib chiqarish mumkin. Unga ko‘ra davlat innovatsiyalarni rivojlantirishni il­miy-texnik sohalarni moliyalashtirish orqali qo‘llab-quv­vat­lay­di. Biznes inkubatorlarda va boshqa innovatsion mahsulot ishlab chi­q­a­ruvchilarning mahsuloti bozorga chiqishi uchun sun’iy bozor talabi yaratiladi.



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling