“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


-rasm. Texnologik parkning tuzilishi


Download 2.56 Mb.
bet16/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

4.2.1-rasm. Texnologik parkning tuzilishi.
Texnologik park ierarxik tuzilmasini qurish asosida modulli tamoyil yotadi. Uni qurishda foydalaniladigan birinchi ele­ment inkubatordir. Texnologik park har biri innovatsion xiz­mat­larning ixtisoslashtirilgan majmuasini taqdim etuvchi ma­r­kaz­larning yig‘indisidan iboratdir.

Texnopolis – bu texnoparklar, inkubatorlar yig‘indisi va shahar hayotini ta’minlovchi turli- tuman tuzilmalarning maj­mua­si­dir.


Fan va texnologiyalar mintaqasi o‘z ichiga texnopolislar, tex­­no­parklar va inkubatorlarni hamda ilmiy va ishlab chiqarish fao­liyatini qo‘llab-quvvatlovchi shoxlanib ketgan infratuzilmani oli­shi mumkin.
Texnopolislar o‘zlari joylashgan mintaqalarni rivoj­la­ni­shi­ga shakllantiruvchi ta’sir ko‘rsatadilar va quyidagilarga yordam bera­dilar:
  • innovatsion faollikni oshirish;


  • innovatsion infratuzilmani shakllantirish;


  • yangiliklarni tijoratlashuvini jadallashtirish;


  • sanoatni tarkibiy qayta qurish;


  • yangi ish joylarini tashkil qilish;


  • innovatsion faoliyat mexanizmlarini takomil­lash­ti­rish,


  • innovatsion sohani instututsiyalashtirish (qandaydir yan­gi ijtimoiyinstitutlarni ta’sis etish);


  • sanoatni rivojlanishining ko‘p ilm talab qilishini ku­chay­­tirish;


  • iqtisodiyotning innovatsion qobiliyatini takomil­lash­ti­rish.


Texnopraklar yaratishning asosiy maqsadi yaratilayotgan texno­lo­giya­lardan samaraliroq foydalanish maqsadida ilmiy muas­sasa­lar, sanoat va biznes o‘rtasida hamkorlikni rag‘batlantirishdir.


Texnologik parkning asosiy funksiyasi kichik korxonalarni inkubatsiyalash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar (qoidaga ko‘ra, kichik va o‘rta innovatsion korxonalar) uchun binolar taqdim etish hisoblanadi.
Ko‘pincha texnologik parkka asoslanadigan firmalarga, shuningdek, biznesga xizmat ko‘rsatish (muzokara o‘tkazish uchun infratuzilma, aloqa, internetga ulanish, buxgalteriya xizmatlari), moliyalashtirish manbalari izlab topish va mahsulotni bozorga chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.
Texnologik park, oddiy qilib aytganda, innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashkil etish va innovatsion faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga xizmat qiladi. U yuridik shaxs sifatida, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Texnologik parklarni boshqarishda davlat va mahalliy hokimiyatlar asosiy rolni o‘ynaydilar. Ular kichik va o‘rta biznesni qo‘llab- quvvatlashning yirik ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqadi, yangi texnologiyalarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi, fan va sanoatni kooperatsiyalashishning yordam ko‘rsatadi. Davlat moliyaviy va qonunchilik yordamidan tashqari mijoz firmalar hamda ko‘p ilm iste’mol qiladigan korxonalarga har xil kvotalar va subsidiyalarni taqdim etishadi.
Mahalliy hokimiyatlar innovatsion loyiha ustida ishlash va uning asosida kichik ko‘p ilm iste’mol qiladigan firmalarni tashkil etishga mutaxassislarni jalb qilishga ko‘maklashuvchi sharoitlarni taqdim etadilar.
Texnologik parklarni boshqarish uchta asosiy yo‘nalish: qonunchilik, moliyalashtirish va rivojlantirish dasturlari bo‘yi­cha amalga oshiriladi.
Texnopark ta’sischilari va ular tomonidan yechiladigan masalalarning bazaviy chizmasi 4.2.2-rasmda ko‘rsatilgan.

Илмий марказлар

Тадбиркорлар

Технопарк:


  • билимлар ва кашфиётларни технологияларга айлантириш;


  • технологияларни тижорат маҳсулотига айлантириш;


  • технологияларни ИЛ сектори орқали саноатга топшириш;


  • кўп илм истеъмол қилувчи фирмаларни шакллантириш;


  • тадбиркорларни тайёрлаш.


Университетлар

Молия институтлари

Саноат


Ҳокимиятнинг маҳаллий ва минтақавий идоралари

Бошқа тузилмалар (бошқарувнинг марказий идоралари, жамоаташкилотлари ва ҳоказолар)

Минтақа, шаҳар, туман



Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling