“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Download 2.56 Mb.
bet2/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

1.2. “Innovatsion iqtisodiyot” iqtisodiyot fanlarining tarkibiy qismi va bilimlar sohasi
Inson yaratilganidan bo‘yon o‘rganishga intilib kelgan mavju­dot(zot). Ta’lim, ilm, uning uchun ehtiyoj. Ilm insonning o‘qish, o‘rga­nish va hayotiy tajriba orqasida orttirgan bilimi. Bilim esa muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui.

Fan − tadqiqotlar faoliyati sohasi bo‘lib, asosiy maqsad tabiat, jamiyat va fikrlash to‘g‘risida yangi bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. U tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonu­ni­yat­larini ochib beruvchi hamda atrofdagi muhitga ta’sir ko‘rsa­tuv­­chi bilimlar tizimidir.


Fan yordamisiz, atrofimizni o‘rab turgan dunyo to‘g‘risidagi bilimlar tizimini yaratmasdan jamiyat taraqqiyotiga erishish mum­kin emas. Ilmiy o‘rganish voqelikni oddiy hayotiy tarzda qabul qi­li­sh­dan farqli ravishda, hodisa va jarayonlarni chuqur anglash, o‘z­aro aloqalarini ochib berish, ularning rivojlanish sabablari va kuch­larini aniqlash imkonini beradi.
“Innovatsion iqtisodiyot” fani umumiy fanlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida yuqorida qisqacha to‘x­ta­lib o‘tildi.
“So‘nggi yillarda respublikada mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga, ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni har tomonlama qo‘llab-quv­­vatlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshi­ril­di”5.
Ma’lumki, iqtisodiyot jamiyat holatini, ishlab chiqarish kuch­la­ri­dan foydalanish va ularning rivojlanish darajasini, fan-tex­nika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishni, odamlarning ma­da­­niyati va ma’lumoti darajasi va hokazolarni aks ettiradi. “Innovatsion iqtisodiyot” bilimlarning mustaqil sohasi va iqtiso­di­yot fanining tarkibiy qismi sifatida masalaning aynan shu tomo­ni­ga ko‘proq e’tibor qaratadi.
Bunday sharoitlarda xo‘jalik amaliyoti va fan oldiga birinchi o‘rinda ishlab chiqarishning har bir bo‘g‘inida yuqori samara va si­fat ko‘rsatkichlariga erishish masalasi qo‘yiladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli bilim va ko‘nik­ma­lar­ni, mablag‘ va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to‘­kin­­­ligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi.
“Jahon tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 192 mam­la­kat­da o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, hozirgi davrda iq­ti­­so­­diy o‘sishning 16,0 foizi jismoniy kapital (ishlab chiqarish vositalari, infratuzilma va h.k.), 20,0 foizi - tabiiy resurslar ta’minlaydi. Qolgan 64,0 foizi inson omili, birinchi navbatda bi­­lim va malaka darajasi ulushiga to‘g‘ri keladi (1.2.1-rasm).


Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling