“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
-rasm. Jahon mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda inson omili – bilim va malakaning salmog‘i (umumiy ko‘rsatkichga nisbatan foiz hisobida)”
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
1.2.1-rasm. Jahon mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda inson omili – bilim va malakaning salmog‘i (umumiy ko‘rsatkichga nisbatan foiz hisobida)”6.
Kuchli raqobat sharoitida, iqtisodiyot tarmoqlarining ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarga ehtiyoji katta bo‘lib, muntazam ortib bormoqda. Negaki, hozirgi zamon bozor sharoiti xo‘jalik yurituvchilardan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, katta daromad keltiradigan sifatli hamda xaridorgir mahsulot tayyorlash imkonini beradigan yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirishni talab qiladi. Shuni qayd etish lozimiki, respublikamizda qabul qilingan qator imtiyoz va preferensiyalar ham innovatsion taraqqiyot uchun xizmat qiladi. Masalan, innovatsion loyihalar bilan shug‘ullana-yotgan ilmiy muassasalarga soliq imtiyozlar taqdim etilgan, shuni-si ham muhimki, bunday maqsadlarga yo‘naltirilgan mablag‘lar yago-na sotsial to‘lovdan tashqari barcha to‘lovlardan ozod etilgan. Jahon tajribasiga muvofiq sohalar va ishlab chiqaruvchilar, korporatsiya va firmalar davlat bilan bir qatorda o‘zlari uchun ke-rakli bo‘lgan amaliy ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishlari zarur bo‘ladi, ular amaliy ishlanmalarning 30 foizidan ziyodini, ilmiy-texnik innovatsion ishlanmalarning 50 foizidan kam bo‘lmagan ulushini moliyalashtirishlari kerak bo‘ladi. Hozirgi kunda ularning moliyalashtirish hajmi 10 foizdan oshmaydi. Amaliy davlat ilmiy-texnik dasturlar miqyosining o‘zida ushbu ishlardan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy ishtiroki kutilmoqda. Bu sohadagi tegishli dastlabki ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Mamlakatimizda eksportbop mahsulot olish maqsadida qishloq xo‘jalik xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha ixcham texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun aynan ushbu sohada muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin bo‘lgan innovatsiyalar mavjud. Bu borada Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Farg‘onadagi “Kompozit” mas’uliyati cheklangan jamiyati, R.Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti, mamlakatimizning turli hududlaridagi boshqa ko‘plab ilmiy muassasalar va markazlarning ishlanmalari yangiligi va dolzarbligi bilan ajralib turadi. Bu sub’ektlar tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari mamlakatimizda qator yillardan bo‘yon o‘tkazilayotgan yarmarkalarga tashrif buyurgan fermer va kichik biznes vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va korxonalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishlariga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko‘nikmalari va malakalariga katta talablar qo‘ymoqda. Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa zamonaviy bozor munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida innovatsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishni to‘g‘ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Shu munosabat bilan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasining bosh maqsadi: “...mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshliligi darajasini va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish ...”7 hisoblanadi. Bu maqsadga erishishda“... barcha darajada ta’lim sifati va qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash tiziminining iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashuvchanligini ta’minlash”8zarur bo‘ladi. Mashhur iborada aytilishicha, “daraxtlarning ortida o‘rmonni ko‘ra olish zarur.” Malakali mutaxassis dunyo amaliyotidagi ilg‘or ilmiy tadqiqot usullarini va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish asosida ishlab chiqariluvchi mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabni oshirish yo‘llarini bilishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, gap nazariy bilimlarning amaliy tajriba va ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashuvi, yosh mutaxassisning turli xo‘jalik sharoitlarida tez, to‘g‘ri va aniq qaror qabul qilishi haqida bormoqda. Faqat shu qobiliyatlarga ega bo‘lgan mutaxassisgina tezda jamiyatda o‘z o‘rnini topib, xizmat pillapoyasida olg‘a qadam tashlashi va yuqori lavozimlar sari harakatini boshlashi mumkin. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling