“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
“Innovatsion iqtisodiyot” fanining mazmuni, maqsadlari va boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
1.3.“Innovatsion iqtisodiyot” fanining mazmuni, maqsadlari va boshqa fanlar bilan aloqasi
“Innovatsion iqtisodiyot”boshqa fanlar kabi birinchi o‘rinda o‘rganish funksiyasini bajaradi. Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi, iqtisodiyotda intellektual mahsulot, axborot va ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat ulushining o‘sishi shunga olib keldiki, innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va intellektual salohiyat kabi, mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. O‘zbekiston va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo‘lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatda kompleksli innovatsion siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan turib, hech ham imkoni yo‘q. Shu sababdan yurtimizda intellektual mulk va uning muhofazasi borasida bir qator qonunlar qabul qilindi. Bozor islohotlarining amalga oshirilishi, mamlakatning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborot rolining o‘sishi tomon o‘zgarishi, yangi texnologiyalar va kapital bozori o‘rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Dunyoning yetakchi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida rivojlanish umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini bilish, shuningdek, boy tabiiy resurslar, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holdagina mamlakatimizning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tish yo‘llari va usullarini ishlab chiqish mumkin. Zamonaviy dunyoda intellektual mahsulotning tijoratlashuvi, fan va texnika rolining tubdan o‘zgarishi sababli har bir davlat, shuningdek, alohida korxonalar darajasigacha bo‘lgan quyi boshqaruv darajasidagi tuzilmalar bozor sharoitlarida ilmiy-texnik va innovatsion faoliyatga resurslar ajratish, bu faoliyat natijalarini amalga oshirishga o‘z munosabati haqida tasavvurga ega bo‘lishi, ya’ni mamlakat, mintaqa, tashkilot va alohida shaxsning belgilangan sotsial-iqtisodiy maqsadlariga samarali erishish imkonini beradigan o‘z innovatsion siyosatini ishlab chiqishi lozim. Innovatsion sohada strategik va taktik choralar tizimini ishlab chiqish faqat ilmiy asosda amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli faol harakat qilayotgan har bir shaxs, u qaysi faoliyat sohasida band bo‘lmasin, fan va texnikaning rivojlanish umumiy qonuniyatlari, yangiliklarni samarali qo‘llash usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi, yangiliklar kiritish nazariyasi, innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini, ya’ni innovatsion strategiyaning asosiy qoidalarini, shuningdek, mos keluvchi darajada innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur. “Innovatsion iqtisodiyot” fanining ob’ekti− O‘zbekistonda zamonaviy innovatsiyaning asosiy masalalari, uning holati va rivojlanish istiqbollari, takomillashtirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari hisoblanadi. Mazkur fanning predmeti− innovatsiyalarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni va roli, fan-texnika taraqqiyoti qonuniyatlari, yangiliklar yaratish va o‘zlashtirish jarayoni, yangiliklar kiritishning hayotiylik davri, innovatsiyalarni tasniflash tamoyillari va funksiyalari hamda innovatsion faoliyat infratuzilmasi hisoblanadi. Fan-texnika taraqqiyoti sur’atining to‘xtovsiz o‘sishi va dinamikligi bilan tavsiflanadigan innovatsion iqtisodiyotda kadrlar tayyorlashning asosiy jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, professional kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni samarali amalga oshirish imkonini beradigan mos keluvchi ta’lim tizimini shakllantirish ko‘zda tutilgan innovatsion siyosatni talab qiladi. “Innovatsion iqtisodiyot” fanida innovatsion siyosat maqsadlari va vazifalariga, unga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga, korxona, mintaqa va davlat miqyosida innovatsion siyosat amalga oshirish usullariga,uni ishlab chiqish tamoyillari va mavjud innovatsion siyosatni tahlil qilish usullariga, innovatsion siyosatni amalga oshirishning amaliy masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. “Innovatsion iqtisodiyot” fanida davlat miqyosida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash asosiy tamoyillari hamda milliy innovatsion tizimlar shakllantirish va faoliyat ko‘rsatishi borasida xorij tajribalari o‘rganiladi. Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga ko‘maklashuvchi innovatsion siyosat; innovatsion tovarni yaratish jarayoni va uning bosqichlari bozor tuzulmasining yangi texnologiyalarni rivojlantirishga ta’siri; innovatsion faoliyatning bugungi infratuzilmasi; innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyati; innovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlari; sanoatda innovatsion modellar; ilmiy texnika taraqqiyoti va uni boshqarish; intellektual kapital, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish; O‘zbekiston milliy innovatsion tizimi; innovatsion marketingda tovar va xizmatlarni strategik yo‘nalishlari; ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash; patentlar va patent axborotlarini izlash; sanoat namunalari, brend va seleksiya yutuqlari innovatsion rivojlanishning boshqaruv ob’ekti sifatida; innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari; innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi; innovatsion sohada kadrlarni boshqarish mexanizmi; innovatsion g‘oyalar, ishlamalar va texnologiyalarni amalga oshirishda klaster usullarini qo‘llash zaruriyati. Yuqoridagi va boshqa savollar milliy iqtisodiyotning taraqqiy etishida innovatsiyalarning rolini ochib beradi. Fanning maqsadi− ta’lim olayotganlarga milliy iqtisodiyotni innovatsion tizimda sanoat korxonalarining egallagan o‘rnini tavsiflash, iqtisodiyot va aholining sanoat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, fan‑texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoatda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida nazariy bilimlarni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun “Innovatsion iqtisodiyot” fani – talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarni bajaradi. Biroq shuni ham unutmaslik kerakki, istalgan bilimlar doimo to‘ldirib va mukammallashtirib borilmas ekan, eskirib qolishi hamda jamiyat va alohida korxonalar hayotida vujudga keluvchi turli xil vazifalarni hal qilishga yaramay qolishi mumkin. Gap shundaki, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo‘shimcha bilimlar chegarasini kengaytiradi hamda kadrlarning hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlarini talab qiladi. Shu sababli olingan axborotlar va bilimlar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to‘ldirib, fan va xo‘jalik amaliyotining so‘nggi yutuqlari asosida rivojlantirib borish lozim. Olingan bilimlar faqat shu asosdagina amaliyotda qo‘llanib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi mumkin. “Innovatsion iqtisodiyot” fan sifatida boshqa iqtisodiy fanlar bilan, jumladan, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikro va makroiqtisodiyot”, “Industrial iqtisodiyot”, “Korxona iqtisodiyoti” va iqtisodiyotga oid boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Bugungi kunda iqtisodiyotga oid fanlarni jamiyat hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlarni–texnika va texnologiyalar borasida ro‘y berayotgan yangiliklarni bilmasdan o‘rganishning iloji yo‘q. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitlarida texnika va texnologiyada jadal sur’at bilan yuz berayotgan o‘zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalarida ham aks etadi va shu sababli mazkur fanni o‘rganishda hisobga olinmasligi mumkin emas. Shu sababli bo‘lajak mutaxassisning iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirish va uning milliy iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishini shakllantiruvchi boshqa iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi. “Innovatsion iqtisodiyot” fanini o‘rganishning umumiy usuli ─ bilishning dialektik usuli hisoblanadi. “Innovatsion iqtisodiyot” fanining metodologik asosi ─ bu iqtisodiyot nazariyasidir. Unda mamlakatning sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qiluvchi rivojlanish yo‘nalishlari va qonuniyatlari, jamiyatning sifat jihatidan yangi holatiga o‘tishning asosiy tamoyillari aks etgan. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning amaliyoti shundan dalolat beradiki, ularning aksariyati yuqori kasb malakasiga va o‘z sohasida chuqur bilimga ega kadrlar evaziga yuqori daromadga va ishlab chiqarish imidjiga ega bo‘lishmoqda. Shu sababdan ham, milliy iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar o‘zlarining iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirishlari uchun boshqa iqtisodiy, texnikaviy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilishlari maqsadga muvofiqdir. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling