Mavzu: milliy innovatsion tizimi


Download 0.66 Mb.
Sana04.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1745514
Bog'liq
milliy innovatsion tizimi

Mavzu: milliy innovatsion tizimi


Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti
Fan: Innovatsion menejment
Guruh: MMNP-82
Talaba: Xudoynazarov Behruz

Reja:

  • Fan texnika rivojiga yo’nalishlar
  • O`zbekistonning milliy innovatsion tizimi: salohiyati va samaradorligi
  • Zamonaviy innovatsion muhit

Mazkur tahlildan ko’zlangan maqsad O’zbekistonning milliy innovatsion tizimi va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni, salohiyatini o’rganish va baho berish, O’zbekiston kuchli tomonlarga ega bo’lgan sohalarni aniqlash, bosh bo’g’imlarni va yaxshilanish uchun harakat talab yo’nalishlarni belgilab berishdan iborat.

Ilm talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o’rni katta. Shu bois, butun dunyoda yangi va ilg’or texnologiyalarni bozor qiymati oshib bormoqda. O’zbekiston bu yo’nalishda o’ziga xos salohiyatga ega hisoblanadi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbarining ilm-fanni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili istiqbolli ilmiy g’oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro’yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o’z ishlarini, birinchi navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal etishga yo’naltirayotir.

Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan bog’liq. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda, 4 barobar ko’p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5 barobar ko’p mahsulot yaratadilar.

Korxonalarda innovatsion salohiyatni baholashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega: - ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni, bir xodimga to’g’ri keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni, patentlar soni va boshqalar); - kommersializatsiya ko’rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmida yangi mahsulot ulushi, litsenziya shartnomalari soni va boshqalar); -

bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning kattaligi); - innovatsiyaning boshqarilayotgan tizimi tavsifi (korxonada innovatsion faoliyatni rag’batlantirish shakllari, yuqori darajadagi 122 rahbarlarning innovatsion loyihalarni amalga oshirishda qatnashishi, innovatsion faoliyatga qatnashuvchilarga erkinlik darajasini ta‘minlanishi). Innovatsion faoliyat maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xususiyatlardan kelib chiqib, innovatsion strategiyani ishlab chiqish mumkin.


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling