4-mavzu. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimi


Download 339.12 Kb.
bet1/6
Sana01.03.2023
Hajmi339.12 Kb.
#1241214
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot 4-mavzu


4-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING MILLIY INNOVATSION TIZIMI
Reja:
1. Milliy innovatsion tizimni shakllantirishning konseptual qoidalari, xususiyatlari hamda tendensiyalari.
2. O‘zbekistonda innovatsion tizimning me’yoriy-huquiy asoslari.
3. Mamlakatimizning milliy innovatsion tizimi va uni yanada takomillashtirish yo‘llari.

1. Milliy innovatsion tizimni shakllantirishning konseptual qoidalari, xususiyatlari hamda tendensiyalari.
Milliy innovatsion tizim tushunchasini fanga dastlab amerikalik olim K.Friman 1987-yilda kiritgan. Milliy innovatsion tizim – turli istitutlarni birgalikda yoki alohida yangi texnologiyalarni yaratishga hissa qo‘shgan va hukumat a’zolarining yangi siyosatni ishlab chiqash va amalga oshirishga ta’sir etuvchi innovatsion jarayondir. U o‘zaro bog‘langan institutlar tizimi bo‘lib, ular “bilimlar, yangiliklar va yangi texnologiyalarni tashkil etish, saqlash va uzatishni amalga oshiradilar”.
Dunyo olimlarining fikricha, mamlakat innovatsion taraqqiyoti to‘g‘ri
olib borilgan innovatsion siyosatga bog‘liq. Rivojlanish yo‘lidan
borayotgan har bir davlatning innovatsion siyosatining bosh maqsadi – milliy innovatsion tizimning barcha zaruriy unsurlari shakllanishi va o‘zaro integrallashgan aloqada bo‘lishini ta‘minlashdan iborat.
Milliy innovatsion tizimlar konsepsiyasini ishlab chiqish quyidagi uslubiy tamoyillarga asoslandi:
1. Y.Shumpeterning g‘oyalari: innovatsiya va ilmiy rivojlanish - korporatsiyalarning raqobatbardoshligi asoslari, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda novator-tadbirkorning roli.
2. F.Xayek g‘oyalari: iqtisodiy rivojlanishda bilimning alohida o‘rni (bilim iqtisodiyoti, ijodiy korporatsiyani o‘rganish).
3. D.Nort g‘oyalari: institutsional muhitning roli - tarmoqlangan rasmiy munosabatlar va mexanizmlarni yaratish bozorlarning samaradorligini ta’minlaydi.
Milliy innovatsion tizimni konsepsiyasini yanada rivojlantirish 1980-yillarning o‘rtalarida bir guruh olimlar tomonidan amalga oshirildi. Ularning eng ahamiyatlisi B.Lundvall, K.Friman va R.Nelsonlarning tadqiqotlaridir. Ushbu mualliflarning turli xil yondashuvlari berilgan vazifalarni hal qilish xususiyatlari bilan ajralib turadi.
B.Lundvall milliy innovatsion tizimlarning xususiyatlarini o‘rgansa, K.Friman innovatsiyalarning institutsional jihatlariga e’tibor qaratadi. R.Nelson esa davlat ilmiy va texnologik siyosati masalalarini o‘rganadi. B.Lundvall tadqiqotlari F.Listning “milliy ishlab chiqarish tizimlari” konsepsiyasiga, shuningdek firmalar o‘rtasidagi texnologik hamkorlik bo‘yicha ishlarga asoslangan edi. B.Lundvall bitta davlat doirasida yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rgangan. Muallifning fikriga ko‘ra, firmalarning texnologik o‘zaro ta’siri ko‘pincha mamlakat ichida amalga oshiriladi va uning institutsional tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Globallashuv sharoitida xorijiy kompaniyalar bilan faol o‘zaro munosabatlarga qaramay, innovatsion jarayon milliy tizimlar bilan yaqin aloqalarni o‘rnatmoqda. K.Friman o‘z tadqiqotlarida T.Veblen, R.Kuz va G.Simonning institutsional nazariyasining xulosalariga tayangan. Uning asarlarida asosiy narsa innovatsiyalarning institutsional kontekstidir. Shu bilan birga, K.Friman MIT - bu iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlaridagi institutsional tuzilmalar tarmog‘i ekanligini ta’kidlaydi. Uning faoliyati va o‘zaro aloqasi yangi texnologiyalarning tarqalishiga yordam beradi. Ushbu muassasalar tarkibiga nafaqat tadqiqotlarni olib borishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar, balki korxona darajasida ham, respublika miqyosida ham mavjud resurslarni boshqarish usuli kiradi.
R.Nelson faoliyatidagi markaziy muammolar davlat ilmiytexnik siyosati muammolari, uning zamonaviy Milliy innovatsion tizimni dagi imkoniyatlari va cheklovlari edi. Demak, R.Nelson texnik taraqqiyotning qat’iy markazlashgan boshqaruvini va rejalashtirishni imkonsiz qiladigan o‘ziga xos xususiyatlarini alohida ta’kidlab, aynan bozorni tartibga soluvchilarni davlatning
innovatsion siyosati mexanizmiga kiritilishi eng ta’sirchan natijalarni berishini aytib o‘tadi. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyo mamlakatlari davlatni tartibga solishning turli mexanizmlarini qo‘llashi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham belgilangan maqsadlarga erishish uchun faqat umumiy qoidalarga amal qilish kerak. Konsepsiya mualliflarida milliy innovatsion tizimni yaratish va uning samarali ishlashi uchun sharoitlar mavjud.
Tadqiqotning turli xil yondashuvlari va yo‘nalishlariga qaramay, konsepsiya asoschilari quyidagi umumiy ta’rifni berishadi: “Milliy innovatsion tizim - bu milliy chegaralar doirasida ilmiy bilimlar va texnologiyalarni ishlab chiqarish hamda tijoratlashtirish bilan shug‘ullanadigan o‘zaro bog‘liq tashkilotlar (tuzilmalar) to‘plami - kichik va yirik kompaniyalar, universitetlar, davlat laboratoriyalari, texnoparklar va inkubatorlar. Ularning o‘zaro aloqalari kuchli milliy ildizlarga, an’analarga, siyosiy va madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy institutlar majmuasi tomonidan ta’minlanadi”. Shu bilan birga Milliy innovatsion tizimni - bu innovatsion jarayonlarni ta’minlaydigan va mustahkam milliy ildizlar, an’analar, siyosiy va madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan huquqiy, moliyaviy va ijtimoiy institutlar majmuasidir ”.
Milliy innovatsion tizimni konseptsiyasining eng kuchli analitik vosita sifatidagi ahamiyati uchta omilga asoslanadi:
1) bilimlarning iqtisodiy ahamiyatini tushunish;
2) tizim yondashuviga e’tiborni kuchaytirish;
3) bilimlarni yaratish jarayonida ishtirok etadigan muassasalar sonining ko‘payishi.
Shunday qilib milliy innovatsion tizim ikkita blokni o‘z ichiga oladi:
1) tadqiqot va ishlab chiqarish;
2) institutsional (4.1-rasm):


Download 339.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling