“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja
Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma turlari
Download 2.56 Mb.
|
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion infratuzilmaning umumiy tuzilmasi
3.2. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma turlari
Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining yuqori darajaga erishishini ta’minlaydi hamda mo‘tadil iqtisodiy o‘sish sur’atlariga olib keladi. Zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion infratuzilmaning bir necha turlariga amal qilib, ular quyidagilardan iborat: Moliyaviy innovatsion infratuzilmasi. Ishlab chiqarish va texnologik. Axborot ta’minoti. Kadrlar tayyorlash. Ekspert – konsalting. Tovarlar (resurslar) ta’minoti va boshqalardan iborat. Respublikamiz iqtisodiyotida innovatsion infratuzilma (turlari) ning o‘rtasidagi munosabatlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 3.2.1-jadvalda ma’lumotlar keltirilgan. 3.2.1-jadval Innovatsion infratuzilmaning umumiy tuzilmasi
Yuqoridagilardan kelib chiqib, har bir innovatsion infratuzilmasining mohiyatini ko‘rib chiqamiz: 1. Ishlab chiqarish – texnologik innovatsion infratuzilma ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ni resurslarni keltirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangandir. Bularga, bugungi kunda amal qilayotgan texnoparklar, innovatsion texnologik markazlar, ishlab chiqarish ob’ektlari, biznes va texnik inkubatorlar hamda innovatsion texnologik komplekslar sanoat parklari va texnologik klasterlar hamda texnik innovatsion zonalardan tashkil topadi. 2. Ekspert konsalting infratuzilmasi iqtisodiyotda soha va tarmoq uchun muhim bo‘lgan iqtisodiyotni uzluksiz rivojlanishini ta’minlovchi professional maslahatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bular jumlasiga, texnologiyalarni uzatish markaz (ofis)lari, ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalari, yuridik maslahat kompaniyalari, ixtisoslashtirilgan davlat organlari, byudjet va byudjetdan tashqari, milliy, xorijiy qo‘shma fondlar. Bunday ekspert konsalting infratuzilmasi barcha sohalar (tarmoqlar)da mulk huquqini, o‘quv tizimini, boshqaruv sohasini innovatsion amalga oshirishga shart-sharoit yaratadi, ayniqsa, oliy o‘quv yurtlarida ehtiyoj asosida innovatsion vazifalarni amalga oshiradigan yangiliklarni yarata oladigan kadrlarni tayyorlash bo‘yicha maslahatlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. 3. Moliyaviy innovatsion infratuzilmada turli yirik va kichik hajmdagi sub’ektlarga moliyaviy resurslarni ta’minlashning yangi imkoniyatlarini yaratib beradi. Bunday sub’ektlar jumlasiga davlat va nodavlat moliyalashtirish fondlari, venchur fondlari, biznes – angel fondlari hamda xalqaro loyihalarni kirit. 4. Kadrlar tayyorlash innovatsion infratuzilmasi innovatsion faoliyat sohasining barcha yo‘nalishlari uchun yuqori malakali innovatsion g‘oyalarni yarata oladigan ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini hamda mulkdorlarning huquqlarini ish mumkin. himoya qila oladigan malakali soha mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshiradi. Bunday infratuzilma sub’ektlariga oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari, tajriba –konstruktorlik tashkilotlari, marketing kompaniyalari, moliya-kredit muassasalari, shuningdek innovatsiya faoliyat sohasi bo‘yicha maxsus o‘quvni tashkil etuvchi tashkilotlar va boshqa ayrim davlat boshqaruvidagi shu yo‘nalishda mutaxassis tayyorlovchi organlardan tashkil topadi. 5. Axborot ta’minoti infratuzilmasi jumlasiga innovatsiya sohasi uchun ma’lumotlarni shu sohani qiziqtiruvchi ishtirokchilarga o‘z vaqtida va malakali yetkazib beruvchi turli tashkilot (set)lar faoliyatidan iboratdir. Mazkur sub’ektlar quyidagilardan iborat, ilmiy - texnik informatsiyalar-ning davlat markazlari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalar, markazlar, davlat va hududiy axborot tarmoqlari, ilmiy-amaliy, joriy nashriyotlar, davlat va xususiy innovatsiyaga yo‘naltirilgan internet saytlari resurslari va boshqalardan iborat. 6. Tovarlar-resurslar ta’minoti innovatsion infratuzilmasi jahon bozorida innovatsion mahsulotlarni harakatini ta’minlaydigan hamda uni yaratuvchilar uchun barcha imkoniyatlarni taklif etuvchi mas’ullar hisoblanadi. Bunday innovatsion infratuzilma ko‘pincha muammolarni bozorga jamoa asosida chiqish tuzilmasini yaratish jihatlari bilan xarakterlanadi. Bunday infratuzilma sub‘ektlari quyidagilardan iborat: savdo – sanoat palatalari; xalqaro va tarmoq savdo birlashmalari; ixtisoslashgan mahsulotlarni yetkazib beruvchilar va boshqalardan iborat. Download 2.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling