“innovatsion iqtisodiyoT” fanining nazariy asoslari 1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja


Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma turlari


Download 2.56 Mb.
bet10/105
Sana20.10.2023
Hajmi2.56 Mb.
#1712868
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105
Bog'liq
Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtiso-fayllar.org

3.2. Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma turlari
Innovatsion iqtisodiyotda innovatsion infratuzilma har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanishining yuqori darajaga eri­shi­shini ta’minlaydi hamda mo‘tadil iqtisodiy o‘sish sur’at­la­ri­ga olib keladi. Zamonaviy iqtisodiyotda innovatsion infra­tu­zil­­­maning bir necha turlariga amal qilib, ular quyidagilardan iborat:
  1. Moliyaviy innovatsion infratuzilmasi.


  2. Ishlab chiqarish va texnologik.


  3. Axborot ta’minoti.


  4. Kadrlar tayyorlash.


  5. Ekspert – konsalting.


  6. Tovarlar (resurslar) ta’minoti va boshqalardan iborat.


Respublikamiz iqtisodiyotida innovatsion infratuzilma (turlari) ning o‘rtasidagi munosabatlar quyidagilarda namoyon bo‘la­di. 3.2.1-jadvalda ma’lumotlar keltirilgan.


3.2.1-jadval
Innovatsion infratuzilmaning umumiy tuzilmasi

Innovatsion


infratuzilma
turlari
Ishlab
chiqarish-
texnologik
tarkibi

Ekspert -konsalting


Moliyaviy


Kadrlar tayyorlash


Axborot ta’minoti


Tovarlar (mahsulot-lar) ta’minoti


Innovatsiya va tex-nologiya markazlari va texnoparklar


Transfer-texnologik markazlar


Byudjet mablag‘lari bo‘yicha


Innovatsiyalar sohasi uchun kadrlar tayyor-lash, malakasini oshirish


Ilmiy-texnikaviy axborotning davlat tizimi


Tashqi savdo uyushmalari va birlashmalari


Innovatsion sanoat majmualari


Iqtisodiyot va moliyaviy maslahat markazlari


Texnologik rivojlanishni byudjet va byudjetdan tashqari mab-lag‘lari bo‘yicha


Texnologik ilmiy menejment sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash


Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlov-


chi resurslar tuzilmasi

Ixtisoslashgan vositachi firmalar


Texnologik klasterlar


Texnologik konsaltinglar


Vechur fondlari





Mintaviy axborot (set) tarmoqlari


Internet


Texnika-texnolo-giyani joriy etish zonalari


Marketing maslahat konsaltingi


Ekin ekishga ajratiladigan mablag‘lar va boshlang‘ich mablag‘lar





Internet


Kurgazma


Yuqori texnologiya-lar (uskunalarni) jamoaviy foydala-nish markazi


Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi konsaltingi


Kafolatlangan tarkib va fondlar











Yuqoridagilardan kelib chiqib, har bir innovatsion infra­tu­zil­­masining mohiyatini ko‘rib chiqamiz:


1. Ishlab chiqarish – texnologik innovatsion infratuzilma ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)ni resurslarni keltirish uchun za­­ru­riy shart-sharoitlarni yaratish uchun mo‘ljallangandir. Bu­lar­ga, bugungi kunda amal qilayotgan texnoparklar, innovatsion tex­no­lo­gik markazlar, ishlab chiqarish ob’ektlari, biznes va texnik inku­batorlar hamda innovatsion texnologik komplekslar sanoat park­lari va texnologik klasterlar hamda texnik innovatsion zona­lar­dan tashkil topadi.
2. Ekspert konsalting infratuzilmasi iqtisodiyotda soha va tar­moq uchun muhim bo‘lgan iqtisodiyotni uzluksiz rivojlanishini ta’­minlovchi professional maslahatlardan foydalanish imko­niya­t­ini beradi. Bular jumlasiga, texnologiyalarni uzatish markaz (ofis)­lari, ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasalari, yuridik mas­la­hat kompaniyalari, ixtisoslashtirilgan davlat organlari, byud­jet va byudjetdan tashqari, milliy, xorijiy qo‘shma fondlar. Bun­day ekspert konsalting infratuzilmasi barcha sohalar (tarmoq­lar)da mulk huquqini, o‘quv tizimini, boshqaruv sohasini innovatsion amalga oshirishga shart-sharoit yaratadi, ayniqsa, oliy o‘quv yurt­­larida ehtiyoj asosida innovatsion
vazifalarni amalga oshiradigan yangiliklarni yarata oladigan ka­dr­larni tayyorlash bo‘yicha maslahatlarni amalga oshirish imko­niya­ti­ni yaratadi.
3. Moliyaviy innovatsion infratuzilmada turli yirik va kichik hajmdagi sub’ektlarga moliyaviy resurslarni ta’­min­lash­ning yangi imkoniyatlarini yaratib beradi. Bunday sub’ektlar jum­l­a­siga davlat va nodavlat moliyalashtirish fondlari, venchur fond­lari, biznes – angel fondlari hamda xalqaro loyihalarni ki­ri­t.
4. Kadrlar tayyorlash innovatsion infratuzilmasi innovatsion faoliyat sohasining barcha yo‘nalishlari uchun yuqori malakali innovatsion g‘oyalarni yarata oladigan ilmiy tadqiqot, tajriba-kons­t­ruk­torlik ishlarini hamda mulkdorlarning huquqlarini ish mumkin.
himoya qila oladigan malakali soha mutaxassislarni tayyor­lashni amalga oshiradi. Bunday infratuzilma sub’ektlariga oliy o‘quv yurt­lari, ilmiy tadqiqot institutlari, tajriba –kons­truk­tor­lik tashki­lotlari, marketing kompaniyalari, moliya-kredit muas­­sasa­lari, shuningdek innovatsiya faoliyat sohasi bo‘yicha maxsus o‘quv­ni tash­kil etuvchi tashkilotlar va boshqa ayrim davlat boshqa­ruvi­dagi shu yo‘nalishda mutaxassis tayyorlovchi organlardan tash­kil topadi.
5. Axborot ta’minoti infratuzilmasi jumlasiga innovatsiya sohasi uchun ma’lumotlarni shu sohani qiziqtiruvchi ishti­rok­chi­lar­ga o‘z vaqtida va malakali yetkazib beruvchi turli tashkilot (set)­lar faoliyatidan iboratdir. Mazkur sub’ektlar quyi­dagi­lar­dan iborat, ilmiy - texnik informatsiyalar-ning davlat markaz­lari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalar, markazlar, dav­lat va hududiy axborot tarmoqlari, ilmiy-amaliy, joriy nash­ri­­yotlar, davlat va xususiy innovatsiyaga yo‘naltirilgan inter­net saytlari resurslari va boshqalardan iborat.
6. Tovarlar-resurslar ta’minoti innovatsion infra­tuzil­ma­si jahon bozorida innovatsion mahsulotlarni harakatini ta’min­lay­digan hamda uni yaratuvchilar uchun barcha imkoniyatlarni taklif etuv­chi mas’ullar hisoblanadi. Bunday innovatsion infratuzilma ko‘pin­cha muammolarni bozorga jamoa asosida chiqish tuzilmasini yara­tish jihatlari bilan xarakterlanadi. Bunday infratuzilma sub­‘ektlari quyidagilardan iborat:
  • savdo – sanoat palatalari;


  • xalqaro va tarmoq savdo birlashmalari;


  • ixtisoslashgan mahsulotlarni yetkazib beruvchilar va bosh­qalardan iborat.





Download 2.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling