Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari
Download 245.92 Kb.
|
2 5301259145402387441
Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari Reja
Kirish Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va o’ziga xos xususiyatlari Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar Rivojlangan mamlakatlar iktisodiyotini innovatsion rivojlantirish tajribasi 2019 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati Kirish Mamlakatimizda 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlanishi ham chuqur ma’no kasb etadi. Sababi investitsiyalarni jalb etmasdan turib, iqtisodiyotda mavjud bo’lgan kapital ehtiyojini qondirib bo’lmaydi. SHunday ekan, investitsion faoliyatni samarali ishlashi uchun qulay muhitni yaratish, uning murakkablik jihatlarini yumshatishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish dolzarblik kasb etadi. Hozirgi sharoitda barqaror va samarali faoliyat olib boradigan iqtisodiy jarayonlarni ta’minlash zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar modelini o’zida aks ettiradi. Jumladan, iqtisodiy o’sishning moliyaviy omillari qatorida asosiy ko’rsatkich sifatida investitsion faoliyatni qayd etishimiz mumkin. Zamonaviy sharoitda esa, investitsion potentsial inobatga olingan holda investitsion jozibadorlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Mamlakatimizda o’tkazilayotgan demokratik bozor islohotlarining va O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasining diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor vazifalardan biri – milliy iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sanaladi. Jumladan,“..milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko’paytirish, yuqori texnologiyali sanoat va qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, har bir hududning sanoat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish1” deb ta’kidlangan. Albatta, yuqoridagi islohotlarning barchasining zamirida davlat va nodavlat sektor korxonalarining barqaror sur’atlarda innovatsion salohiyatini ro’yobga chiqarib kelayotganligi yotadi. SHu sababli, bugungi globallashuv va milliy iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda innovatsion salohiyat, uni shakllanishi va rivojlanishini baholash, boshqarishning nazariy-uslubiy masalalarini kompleks tadqiq qilish, sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish va boshqarish omillari va o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, respublikada sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, innovatsion salohiyatni baholash usullarini qiyosiy o’rganish va sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmlarining zamonaviy holati va tendentsiyalarini aniqlash o’z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Download 245.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling