Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari


Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi tarkibiy qismlar6


Download 245.92 Kb.
bet7/18
Sana08.01.2022
Hajmi245.92 Kb.
#247018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
2 5301259145402387441

Innovatsion faoliyatni rivojlanishiga ta’sir etuvchi tarkibiy qismlar6

Tarkibiy qismlar



Mazmuni



Xodimlar salohiyati

Ishchilar tarkibi, ishchilarning malaka darajasi, xodimlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi

Moliyaviy iqtisodiy salohiyat

Moliyaviy barqarorlik, likvidlilik, foydalilik, korxona rentabelligi, bozordagi mavqeyi, innovatsiyalarning foydaliligi, asosiy kapital, ITTKIga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari

Ishlab chiqarish texnologik salohiyati

Ishlab chiqarish fondlarining holati va texnologik darajasi, ishlab chiqarishning zamonaviy innovatsion va axborot texnologiyalari, ilg’or uskunalar, materiallar, laboratoriya va ofis jihozlari

Ilmiy-texnik salohiyat

ITTKIlarni o’tkazish, ITTKIlar natijalarini tijoratlashtirish darajasi, yangi ilmtalab ishlanmalarni ishlab chiqish tajribasi, intellektual mulk obyektlari (ro’yxatga olingan va joriy qilish bosqichigacha olib borilgan).

Tashkiliy boshqaruv salohiyati

Tashkiliy tuzilma, innovatsion infratuzilma, innovatsion menejmentning samaradorligi, innovatsiyalarni boshqarishning marketing strategiyalari, innovatsiyalarni moliyalashtirishni tashkil qilish, intellektual mulk bo’yicha qonunchilik darajasi intellektual mulkni boshqarish

Innovatsion faollik omillari

Korxonaning mulk shakli o’lchamlari, tarmoq mansubligi, korxona xodimlarining innovatsion faoliyatini amalga oshirishga tayyorligi va qobiliyati

Innovatsion faoliyatni samaradorligini oshiruvchi va uni tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko’rinadiki, innovatsion salohiyat xodimlar, moliyaviyiqtisodiy, ishlab chiqarishning texnologik, ilmiytexnik, tashkiliy boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari – bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi.

Innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi tashkiliy innovatsiyalar – bu biznesni yuritishda, ish o’rinlarini yoki tashqi aloqalarni tashkil etishda yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar boshqaruv va transaksion xarajatlarni qisqartirish, korxona tomonidan ishchilarning ish o’rinlari (ish vaqtlari) bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnat samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo’lmagan aktivlarga yo’l topish yoki yetkazib berish narxini kamaytirish yo’li bilan korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Umuman olganda innovatsiyalarni turlarga ajratganda turli olimlarni yondashuvi xilma xildir. Masalan, Valras va Bomollar innovatsiyalarni turlarga ajratishda mikroiqtisodiy tomondan yondashib, har bir turdagi innovatsiyani model ko’rinishidagi hisob kitobini olib borishgan. Ularga ko’ra, innovatsiyalarning mahsulot turini kengaytirishdagi ahamiyati asosiy e’tibor markazi bo’lgan. Romerning fikricha esa innovatsiyalarni turlarga ajratishda biznesga kirib kelish imkoniyatini bera olish va qilingan xarajatlarini hech qiyinchiliksiz qoplay olish asosiy me’zon sifatida keltirilgan.

Biznesni yuritishdagi innovatsiyalar tadbirkorlik faoliyatining yangi tashkiliy usullarini ishlab chiqishni bildiradi va ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:



  • bilimlarni boshqarishning korporativ usullarini joriy etish;

  • xodimlarning saviyasini oshirishga va ko’chib yurishini kamaytirishga mo’ljallangan o’qitish tizimini yo’lga qo’yish;

  • ishlab chiqarish va yetkazib berishni to’liq boshqarish, jumladan yetkazib berish zanjirini, ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni, shuningdek sifatni boshqarish tizimini joriy etish.

Innovatsion faoliyatda ish o’rinlarini tashkil etish bo’yicha innovatsiyalar – bu korxonaning alohida faoliyat turi doirasida yoki turli faoliyatlari (tarkibiy bo’linmalari) o’rtasida ishlarning bajarilishi bo’yicha xodimlar orasida javobgarlik va vakolatlarni taqsimlashning yangi usullarini yo’lga qo’yishdir. Shuningdek, faoliyat tarkibini belgilash, ya’ni faoliyatning turli yo’nalishlarini integratsiyalashtirish bo’yicha yangi konsepsiyalarini joriy etishdir.

Korxona innovatsion salohiyatining tarkibiy qismlari innovatsion salohiyatni o’rganish asosida biz innovatsion salohiyatni aniqlashda quyidagi asosiy yondashuvlarni qayd etishimiz mumkin:



  • innovatsion faoliyatni amalga oshirishga jalb qilinishi mumkin bo’lgan resurslar majmui sifatida;

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirish imkoniyati sifatida;

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirishga tayyorgarlik sifatida;

  • innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati sifatida.

Fikrimizcha, quyidagi yondashuvlar o’zaro ta’sir kuchiga ega, innovatsion faoliyatga, qobiliyatga ega bo’lish bir qator imkoniyatlarning mavjudligi bo’lsa, o’z navbatida bu innovatsion salohiyatni amalga oshirishga imkoniyat va zarur bo’lgan tayyorgarlik darajasini ta’minlovchi muhim shartlardan biri hisoblanadi (3-jadval).

3-jadval



Download 245.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling