Mavzu: Oʻzbekiston respublikasi talim tizimidagi innovatsiyalarning mohiyati va turlari. Kirish asosiy qism


Download 52.75 Kb.
bet1/5
Sana13.01.2023
Hajmi52.75 Kb.
#1090195
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Inoyatova Mohinur Mustaqil ishi


MAVZU: OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TALIM TIZIMIDAGI INNOVATSIYALARNING MOHIYATI VA TURLARI.

KIRISH

ASOSIY QISM
1.Pedagogika innovatsiya tushunchasi
2.Ta’lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning mazmuni va mohiyati.
3. Innovatsion faoliyatning muhim komponentlari.
4.Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati

XULOSA

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bu esa o‘z navbatida talabalarning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi. Oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan interfaol ta’lim olishlariga ko‘mak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonida ma’lum o‘zgarishlarga, ta’lim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab bo‘ladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon bo‘ladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va tex-nologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qo‘llanilishi o‘qituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. O‘qituvchilarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, ular boshqa-ruvchi, muloqot qiluvchi, yo‘naltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bo‘lib, uning o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. oldingi davrlarda o‘qituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, siyosiy va ama-liy bilimlar berish ham talab qilinadi.



Download 52.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling