Mavzu: Oʻzbekiston respublikasi talim tizimidagi innovatsiyalarning mohiyati va turlari. Kirish asosiy qism


Innovatsion faoliyatning muhim komponentlari


Download 52.75 Kb.
bet4/5
Sana13.01.2023
Hajmi52.75 Kb.
#1090195
1   2   3   4   5
Bog'liq
Inoyatova Mohinur Mustaqil ishi

3.Innovatsion faoliyatning muhim komponentlari
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish – innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. ‘Innovatsion pedagogika’ termini va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar O‘arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bo‘ldi. Yangilik kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turo‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu 12 innovator faoliyatidir. Tadqiqotchilar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro ta’siri mikrosathi.
Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi.
Ikkinchi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashdir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi o‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi. 6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi. Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab chiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada ‘yangi’ tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub’ektiv yangilikka qiziqish uyo‘otadi. Xususiy yangilik joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko‘zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum unsurlarning yio‘indisi shartli yangilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum ob’ekt uchun ob’ektning o‘zi yangi bo‘lishi bilan belgilanadi. Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi: − pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni; − nihoyat amalga oshish qonuni; − qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni; − pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni. Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to‘o‘risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo‘linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi. Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo‘lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi. Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o‘tish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklarning amalga oshish yo‘liga to‘siq bo‘lishga majbur bo‘ladi. Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ikki tipini farqlaydilar:
1. Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o‘tadi, ya’ni innovatsion jarayonda unga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart sharoitlari tizimi, usullari va yo‘llariga ongli munosabat bo‘lmaydi.
2. Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir. Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
− madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;
− shaxsiy faoliyat jihatidan (ta’limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
− ko‘p sub’ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
− individual-ijodiy (o‘qituvchi va talabalarning o‘zaro munosabatlari) yondashuv. O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
− kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
− me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
− kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
− dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo‘lish;
− o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish. Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan o‘lchanadi:
• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bo‘ladi;
• ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
• pedagogik yangilikni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati harakteri o‘zgarishi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samardorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi Yangilik pedagogik yangilik me’yori sifatida o‘zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo‘llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko‘ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub’ektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik me’yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi. Natijalilik, pedagogik yangilik o‘z mohiyatiga ko‘ra ommaviy tajribalar mulki bo‘lib qolishi lozim.
Pedagogik yangilik dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so‘ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. V.A.Slastenin o‘tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:
• mo‘ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
• kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o‘zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklarni aniqlash;
• yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
• yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
• yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
− yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
− yangicha harakat qila olishga o‘rgatish. Oliy maktab o‘qituvchisining innovatsion faoliyati oliy maktab pedagogikasining bosh muammolaridan biridir.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim komponentlaridan biri yuksak professionalizm – akmeologiya, yunoncha eng oliy nuqta, eng gullagan davr, yuksak professionalizm ma’nolarini beradi. Kasbiy intelletual yetuklik va mahoratni bildiradi. Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:
• iste’dod nishonalari;
• uquvlilik;
• qobiliyat;
• iste’dod;
• oila tarbiyasi sharoiti;
• o‘quv yurti;
• o‘z xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
• ijodiy individuallik;
• o‘zining o‘sish va takomillashish jarayoni;
• o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi. O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
• intellektual - ijodiy tashabbus;
• bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
• ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv, vujudan yaratuvchilikka kurashchanlik qobiliyati;
• axborotlarga tashnalik, muammolardagi g‘ayri odatiylikka va yangilikka bo‘lgan histuyo‘u, professionalizm, bilishga bo‘lgan chanqoqlik. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim komponentlaridan biri kreativlikdir. 16 Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishning zaruriyati Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita boo‘liq. Bu jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya, V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Oxirgi o‘n yillikda pedagogik innovatikani nazariy asoslari ishlab chiqilyapti. Ayniqsa, K.Anglovskiy M.V. Klarin, V.Ya.Lyaudis, M.N.Potaщnik, S.D.Polyakov, T.I.Shamova, O.T.Xomeriki, N.R.Yusupbekova, V.A.Slastenin va b.q.larning ishlarida pedagogik professionalizmni rivojlantirishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash va oliy ta’limda o‘qitish jarayonida bo‘lg‘usi o‘qituvchining innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning bahs mavzusi bo‘lib qolmoqda.
Shaxsiy yo‘nalishli ta’lim konsepsiyasi madaniy-tarixiy va faoliyatli yondashuvga asoslanadi (L.S.Vыgotskiy, A.A.Leontev, D.B.Elkonin, E.V.Ilenko, V.V.Davыdov, G.P.Shedrovitskiy, A.G.Asmolov) va bugungi kunda umummetodologik jihatdan V.V.Serikov, V.G.Sukerman, V.P.Zinchenko, L.N.Kulikovlarning ishlari alohida ahamiyatga molik. Tashkiliy-boshqaruv darajasida ushbu muammo bilan M.N.Kostikov, V.A.Boltovlar shuo‘ullangan. Ushbu konsepsiyaning yetakchi g‘oyalaridan biri pedagogik ta’limda predmetli tayyorlashning roli va o‘rnini anglab yetish, predmetlarni o‘zlashtirish bilan asosiy e’tibor o‘quvchilarni rivojlantirish vositasi sifatida predmetni o‘qitishga asosiy maqsad qaratiladi. Ushbu konsepsiyaning boshqa bir o‘oyasi o‘quv shakllarini konstruksiyalash bilan boo‘liq bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni yagona jarayon sifatida qaraladi, (xususiy o‘quv faoliyati) unda materialni anglab yetish va tadqiqot ishi birgalikda bo‘lg‘usi pedagogning shaxsiy pedagogik pozitsiyasi bo‘lib shakllanadi. Mazkur yondashuvda asosiy talablar quyidagi izchillikda: shaxs o‘zi uchun va boshqalar uchun ham asosiy boylik bo‘lib, bunda ta’lim-oliy ta’limdagi yaxlit pedagogik jarayon sifatida yo‘naltirilgan shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan jarayondir.
Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar emas, balki shaxs o‘sishiga qobiliyat, empatik o‘zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka qaratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu konsepsiyaning keyingi o‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan boo‘liq: talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi “maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan shuo‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik qilmoo‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga oshirish bilan shuo‘ullanishlari kerak. Pedagogik ta’lim amalga oshirishining tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular: kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular o‘zlarining jilo‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan bevosita boo‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas.
Qabul qilingan 1998yildagi DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash imkoniyatlarini chagaralaydi. Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi asosida oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘ asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va 18 pedagogika kollejlarida talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu masalada G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho berildi va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi. Oliy pedagogik ta’limni ko‘p bosqichli mazmuni bizning sharoitimizda ikki darajali model:
- umumiy (bazaviy-bakalaviriat va to‘liq (magistratura) ko‘rinishida amalga oshirilib, har biri o‘ziga avtonom hisoblanadi;
- yaxlit tizim ko‘rinishiga ega;
- bozor iqtisodiyoti talablariga to‘la javob beradi;
- ta’limni ko‘pgina yo‘llari orqali egallash imkonini beradi;
- o‘qiyotganlarni akademik va kasbiy yo‘naltirishga rag‘batlantiradi;
- o‘z-o‘zini anglash, uning qimmatli yo‘nalishlarini va hayot tarzini belgilash asosida shaxs rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi. O‘qitish asosiga ta’limiy-kasbiy dasturlar qo‘yilgan bo‘lib, ular beshta blok-model prinsipidan tashkil topgan: ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar fanlar, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar, umumkasbiy fanlar, ixtisoslik fanlari hamda qo‘shimcha fanlar tizimidan iborat. Texnologik jihatidan kasbiy ta’limning mazmuni, metodlari va metodikasini tanlashga madaniy yondashuv bilan bevosita bog‘liq.
Ushbu dasturlarni ishlab chiqilishida har bir blokning vazifasi, bloklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tashkiliy, didaktik-texnologik ishlar va malakali mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilgani ko‘zga tashlanadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, fakultetlarda oliy ta’limdagi ko‘p bosqichli tizim (OTKT) asosida ishlash va an’anaviy tizim bilan ishlash qiyosiy taqqoslab ko‘rilganda, talabalar (OTKT) yangicha ta’lim tizimida ongli, ijodiy ishlashga ko‘proq e’tibor qaratgani, talabalarda ta’lim motivatsiyasi darajasi yuqori ekanligi ko‘zga tashlanadi.
Oliy ta’limni fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish amalga oshiriladi. Umuman olganda oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib, reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar tomonidan talabalar faoliyatini 19 boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi kuzatiladi.


Download 52.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling