Innovatsion iqtisodiyot rivojlanishining xalqaro modellari va tajribalari
Rivojlangan mamlakatlar iktisodiyotini innovatsion rivojlantirish tajribasi
Download 245.92 Kb.
|
2 5301259145402387441
Rivojlangan mamlakatlar iktisodiyotini innovatsion rivojlantirish tajribasi
Ushbu tadqiqotning ob`ekti bulib jaxondagi eng rivojlangan davlatlar tanlab olindi: AQSH, YAponiya, Germaniya, Angliya, Frantsiya. Tadqiqot predmeti: innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi davlat organlari, moliyalashtirish, kredit va solik tizimidagi imtiyozlar, tashki iktisodiy faoliyat; innovatsion faoliyatning ilmiy - metodik va axborot ta`minotini qo`llab quvvatlashning shakllari; kooperatsiya va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini rag’batlantirish. Jahon tajribasida innovatsion faoliyatni rag’batlantishda soliq imtiyozlarining quyidagi turlaridan foydalaniladi. Innovatsion va ilmiy tadqiqot soliq kreditlarini taqdim etish, ya`ni foydadan innovatsion maksadlarga ajratilgan mablag’larga foyda solig’i bo`yicha imtiyozlar berish. Innovatsion xarajatlar ko`payganda soliqlarni kamaytirish; Innovatsion faoliyat bo`yicha olingan foyda solig’idan ozod qilish; Yuridik va jismoniy shaxslar innovatsion korxonalarning aktsiyalarini sotib olishlari natijasida olinadigan dividentlari imtiyozli soliqlarga tortish; Loyihalarning ustivor yo`nalishlarda bajarilayotganligini hisobga olib imtiyozlar berish; Intellektual mulkning natijalari bo`lmish patent, litsenziya, nou-xau hisobiga olingan foydani imtiyozli soliklarga tortish; Mashina va dastgohlar ITI, oliy o`quv yurtlari va boshqa innovatsion korxonalarga berilganda foydaning soliqqa tortiladigan qismini ularning qiymatiga mos holda kamaytirish; Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-innovatsion rivojlanishning uchta modelini ajratish mumkin. Fanda etakchilikka intilayotgan mamlakatlar, ilmiy-ishlab chiqarish bosqichlarining barcha bo`g’inlarini qamrab olgan yirik masshtabli maqsadli loyihalar amalga oshiriladi va bu erda mudofaa sektorining ilmiyinnovatsion ulushi juda katta. (AQSH, Angliya, Frantsiya) Yangiliklarni kengaytirishga, qulay innovatsion muhit yaratishga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ratsionallashtirishga intilayotgan mamlakatlar Germaniya, SHvetsiya, SHveytsariya. Innovatsion infrastrukturalarni rivojlantirish yo`li bilan yangiliklarni rag’batlantiruvchi, jahon ilmiy texnika yutuqlariga moslashuvini ta`minlovchi, fan va texnologiya sohalarining barcha sohalarini muvofiqlashtiruvchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya).
Download 245.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling