Innovatsion iqtisodiyotni samarali boshqarish va uni moliyalashtirish


Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi


Download 227.24 Kb.
bet5/8
Sana02.12.2023
Hajmi227.24 Kb.
#1780847
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyotni 23fayllar.org

3. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi

Innovatsion faoliyatning samaradorligi uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy tomonidan qo’llab-quvvatlash jarayonlariga ko’proq bog’liq bo’ladi. Yaratilgan yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar mamlakat iqtisodiyotining rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. Bunda innovatsion faoliyatda loyihalarni moliyalashtirishning turli-tuman usullari va vositalarini amaliyotga tadbiq etish zarur. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion loyihalar faoliyati uchun moliyaviy resurslar davlat va xususiy sektorlar tomonidan yo’naltiriladi. G’arbiy Evropaning ko’pgina mamlakatlarida innovatsion loyihalar uchun moliyaviy resurslarni davlat va xususiy kapital o’rtasida teng taqsimlanishga harakat qilinadi. Bu esa o’z navbatida fundamental tadqiqotlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi, patentlar va litsenziyalar hamda boshqalar bilan belgilanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltirilgan xarajatlar YAIMning 3% yaqinini tashkil qiladi. Innovatsiya loyihasining asosiy maqsadlaridan biri korxona yuqori sifatga ega bo’lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat. ―Innovatsion loyiha‖ tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi mumkin:


·
innovatsion maqsadlarga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar yig’indisi sifatida;
·
innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni sifatida;
·
ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi sifatida.

Ushbu uch jihatlar innovatsion loyihaning innovatsion faoliyatini tashkil qilish va maqsadli boshqarish shakllari sifatidagi ahamiyatini ko’rsatadi. Shunday qilib, innovatsion loyiha – bu resurslar, muddatlar va ijrochilar bo’yicha o’zaro bir-birini asoslaydigan hamda o’zaro bir-biriga bog’liq bo’lgan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarida muayyan maqsadlar (vazifalar)ga erishishga qaratilgan jarayonlarning murakkab tizimidir. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ularni moliyaviy asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o’ziga xos xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash lozim:


a.
investitsion loyihalar, masalan, yangi sanoat ob‘ektlari qurilishiga (energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo’yilmalar;
b.
ilmiy-texnik (innovatsion) – ilg’or texnologiyalar, yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar.

Ushbu ikki xil loyiha o’rtasida muhim farqlar mavjud bo’lib bular quyidagilar hisoblanadi:


sanoat ob‘ektlariga kapital qo’yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborotlarni mavjudligi;
innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega bo’lib moliyaviy yo’qotishlar sababli to’xtatilib qo’yilishi mumkin; ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga qaraganda ko’proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo’yicha fikrlarini korrelyasiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi; innovatsion loyihalar ko’p mezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo’yicha ham farqlanadi.
―Loyiha‖ tushunchasi bilan bir qatorda, ―innovatsion dastur‖ degan tushuncha ham mavjud. Bu tushunchalar o’zaro chambarchas bog’langan. Dastur - bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa (dasturni shakllantirish)
·
loyihalar hayot sikli bosqichlaridan biri bo’lsa-da, ularning xususiyatlari anchagina farqlanadi, dastur qo’shimcha qator yangi xususiyatlarni orttiradi.

Iqtisodiyotda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mustaqil korxonalar, sanoat kompaniyalari, kichik sanoat zonalari, kichik innovatsion markazlar, innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va boshqa moliyalashtirish sub‘ektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni rivojlanishida bevosita ishtirok etadilar. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari moliyalashtirish manbalarining ko’pligi, tizimning alohida elementlarining egiluvchanligi, innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o’sishni ta‘minlashi lozim. Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarur bo’lib, davlatning innovatsion, ilmiy-texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va tadbirkorlarni faol investitsion rivojlantirishga o’tishga tayyorligi hisoblanadi.


Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi mulkchilik turi, markazlashtirilganlik darajasi, mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish shakllari bilan farqlanuvchi shakllar va manbalarning o’zaro hamkorligiga bog’liq bo’ladi. Mulkchilik turlariga ko’ra innovatsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari quyidagilarga bo’linadi (2-rasm):
·
davlat investitsion resurslari (byudjet mablag’lari, byudjetdan tashqari fondlar, davlat tomonidan qarz olish, aksiyalar paketlari, davlat tasarrufidagi mulk);
·
tijorat va notijorat xarakteriga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar hamda jismoniy shakllarining investitsion moliyaviy resurslari.

davlat investitsion resurslari (byudjet mablagʻlari, byudjetdan tashqari fondlar, davlat tomonidan qarz olish, aksiyalar paketlari, davlat tasarrufidagi mulk va boshqalar) tijorat va notijorat xarakteriga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda jismoniy shakllarining investitsion moliyaviy resurslari




Download 227.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling