Innovatsion jarayonning bosqichlari Innovatsion jarayonning
Download 149.33 Kb. Pdf ko'rish
|
Innovatsion jarayonlarning modellari - Vikipediya
Kompaniya chegarasi:
Asosiy texnologik yutuqlar Ilmiy-tadqiqot va innovatsionlarning o'sishi Yangi mahsulotlar Foyda va sotish xajmining o’sishi. Ushbu paradigmaning asosi shundaki, barcha jarayonlar faqatgina ichki qarorlarga tayanib, kompaniya ichida sodir bo‘lishidir. Ushbu paradigma XX asrda ancha ishonchli ishladi. Keyingi yillarda yopiq innovatsiyalarning asosiy qoidalarini buzishni boshlagan omillar ham paydo bo‘ldi. Buning sababi 2000- yillarning boshidan boshlab kuzatilishi mumkin bo‘lgan quyidagi tendensiyalardir: 1) sanoat jamiyatidan bilimlarni ishlab chiqaradigan jamiyatga o‘tish, unda bilimlarni ishlab chiqaradigan jamiyat institutlari, xususan universitetlar, yangilik va taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi; 2) ishlab chiqarishni tashkil qilishning keng ko‘lamli shakllaridan ba’zan barqarorroq va doimiy rivojlanishga tayyor bo‘lgan kichik firmalarga o‘tish; 3) bir vaqtning o‘zida ham nazariy, ham amaliy bo‘lgan biotexnologiya, kompyuter va nanotexnologiya kabi sohalarda ko‘p parametrli bilimlarning paydo bo‘lishi bir vaqtning o‘zida ko‘plab mutaxassis larni jalb qilish zarurligini keltirib chiqaradi; 4) bilimlar va ma’lumotlarning zaxiralari alohida kompaniya tomonidan to‘plangan ko‘plab patentlangan ishlanmalardan mehnat jihatidan, moliyaviy, moddiy va vaqt resurslari yetishmasligi sababli har doim ham to‘liq foydalana olmaydi. Ushbu kompaniya balki, butun jamiyat tomonidan g‘oyalarni yo‘qotish xavfi mavjud; 5) intellektual mulk uchun ochiq bozor ni faol rivojlantirishi; 6) yangi ish joyiga avvalgi ish joyida olingan bilim va g‘oyalarning katta hajmini olib keladigan tajribali hamda professional o‘qitilgan harakatchan kadrlarning tobora ortib borayotganligi; 7) tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bosqichiga o‘tkazadigan yangi firmalar (boshlang‘ich kompaniyalar)ni yaratishda xususiy venchur kapitalining o‘sib borayotgan roli bu sohada uzoq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelayotgan 46 kompaniyalarning yangi g‘oyalarini tez-tez ishlatib turadi. Bu esa kompaniyaning tashqi yopiq chegaralarini buzadi; 8) ko‘pgina mahsulotlar va xizmatlarning bozorda har doim qisqarishi sababli qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga keladi, shu sababli individual texnologiya muddati qisqaradi. [4] Ushbu omillar bir vaqtning o‘zida ishlayotgan vaziyatlarda yopiq innovatsion model endi ishlamaydi. Asosiy texnologiyalarni, marketing tadqiqotlarini va ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda rivojlantirish uchun strategik sheriklik aloqalarini yaratish zarur, bu ochiq innovatsiya modeliga o‘tishni anglatadi. “Ochiq innovatsiya” atamasi Genri Chesbroning “Ochiq innovatsiya” kitobida ilk bor qo‘llanilgan. Mazkur tushuncha texnologiyalarni yaratish va ulardan foydalanishning yangi usulidir (2003). Ochiq innovatsiyalar ichki innovatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun maqsadli bilim oqimlaridan foydalanishni hamda innovatsiyalardan samarali foydalanish uchun bozorlarni kengaytirishni o‘z ichiga oladi. Ochiq innovatsiyalar nazariyasi ilmiy- tadqiqot jarayonini ochiq tizim sifatida belgilaydi. Kompaniya nafaqat o‘zining ichki rivojlanishi orqali, balki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yangi g‘oyalarni jalb qilishi va yangi mahsulot bilan bozorga kirishi mumkin. Ochiq innovatsion model qo‘shimcha g‘oyani olish uchun ichki g‘oyalarni bozorga tashqi kanallar orqali olib kirish mumkin, ya’ni kompaniyalarning amaldagi biznes turlari bilan cheklanmasligi mumkin degan taxminga asoslanadi. G‘oyalar Download 149.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling