«Innovatsion menejment» fanidan


Sanoat korxonalarida innovatsion strategiyalarni shakllantirish va tanlash yo’llari


Download 137.73 Kb.
bet6/9
Sana27.01.2023
Hajmi137.73 Kb.
#1132407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Innovatsion menejment» fanidan

3. Sanoat korxonalarida innovatsion strategiyalarni shakllantirish va tanlash yo’llari

Konseptual yondashuv yetakchi yondashuvni, boshlanishiga mo’ljallashni va ma’lum ustuvorliklarga innovatsion jarayonlarni amalga oshirishni anglatadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaraliligini oshirishda innovatsiyalar, ilmiy-texnik yutuqlar natijalarining o’rni va ahamiyati hammaga ma‘lum. Ijtimoiy ishlab chiqarishning samaraliligining 70%dan ortig’i texnik omillar – mahsulot, texnologik yangiliklar va boshqalar hisobiga ta‘minlanadi.1


Innovatsiyalarni tatbiq qiladigan korxonalar oldida innovatsion jarayonlarni oldindan aniqlab beruvchi bir qator masalalar yuzaga keladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- korxonada (ilmiy tadqiqotlar bo’linmalari va ishlab chiqaruvchilari tomondan) innovatsion jarayonning hamma vazifalari va bosqichlari hal etilishi hamda bajarilishi mumkinmi?
- innovatsion ishlarning qaysi ulushi boshqa tashkilotlar romonidan bajarilishi mumkin?
- belgilangan maqsadga litsensiyalar sotib olish, nou-xau orqali bajarish yanada samaraliroq bo’lmaydimi?
- innovatsion ishlarga xarajatlar ishlab chiqarish yoki marketingga bo’lgan umumiy sarf-xarajatlarga nisbatan yanada yuqori samarani ta‘minlaydimi?
- ishlab chiqarish va marketingga ketgan sarf-xarajatlar agar korxona (tashkilot)ning qisqa muddatli rejasida samarali bo’lsa, uzoq istiqbolli rejasida ham uning ishining samarali bo’lishini kafolatlaydimi?
Agar yangiliklar kiritish (innovatsiyalar)ning turlari ko’pligini hisobga olsak, bu savollarga javoblar yanada murakkablashib ketadi. Bu masalalarni kompleks ko’rib chiqqanimizda yoki ularning har qanday ko’rinishida ma‘lum bir ustuvorliklarga asoslangan aniq konsepsiya bo’lishi kerak. Bugungi kunga qadar Rossiyada innovatsiyalarni boshqarishning barcha darajalari (federal, hududiy, tarmoq, institutsional)da innovatsiyalarning mahsulotga yo’nalganligi ustunlik qilgan, ya‘ni yangi narsani ishlab chiqarishni mo’ljallash.



Amaliy tadqiqotlar va tajriba-sinov ishlari

Yangilik - mahsulot

Konstruktorlik va texnologik ishlanmalar

O’zlashtirish va ishlab chiqarish

Ilmiy bilimlar (fundamental va izlanish)

Resurslar (moddiy, moliyaviy, energetik, texnik va b.lar)
Kirish Chiqish



Download 137.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling