«Innovatsion menejment» fanidan


Download 137.73 Kb.
bet1/9
Sana27.01.2023
Hajmi137.73 Kb.
#1132407
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Innovatsion menejment» fanidan


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


«MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI» fakulteti


«SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI» kafedrasi




«Innovatsion menejment» fanidan
Sanoat korxonalarida innovatsion strategiyalarni shakllantirish va tanlash” mavzusidagi
KURS ISHI


Ilmiy rahbar: Urmanova D. T.
Bajardi: “Muhandislik texnologiyalari” fakulteti
5231900 - korporativ boshqaruv yo‘nalishi
bo‘yicha 4-kurs 108-19(KB) guruh talabasi
Xasanova Iroda
TOSHKENT-2022


Mavzu: Sanoat korxonalarida innovatsion strategiyalarni shakllantirish va tanlash
Mundarija


Kirish……………………………………………………………………………...3


Asosiy qism:
1. Korporativ boshqaruvda innovatsion strategiyalarning mohiyati va turlari…….5
2. Korporativ boshqaruvda korxonaning innovatsion strategiyalarini shakllantirish...........................................................................................................14
3. Sanoat korxonalarida innovatsion strategiyalarni shakllantirish va tanlash yo’llari…………………………………………………………………………….18


Xulosa………………………………………………………………………….....25


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….27

Mavzu: Sanoat korxonalarida innovatsion strategiyalarni shakllantirish va tanlash




Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Dinamik iqtisodiy o‘sish bozor tizimida korxona raqobatbardoshligining muhim omili sanaladi. Bozor iqtisodiyotini takomillashtirish jarayonida ishlab chiqarishni yangi texnikaviy asosda rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarning natijalarini ishlab chiqarishda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha innovatsion faoliyatni faollashtirish, yangi texnologik jarayonlarni yaratish va moddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishning barcha tarmoqlarini zamonaviy fan - texnika asosida qayta qurishga ustuvor e‘tibor qaratilishi lozim.
Bugungi kunda butun dunyoda innovatsiyalar - bu injiqlik emas, balki yashab ketish, raqobatbardoshlikni saqlash va yanada gullab - yashnash zaruratidir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iste‘molchi uchun kurashda o‘zining faoliyatini ustun ravishda innovatsion yondashuv asosida qurayotgan hamda yangi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni o‘zining bosh strategik maqsadi qilib qo‘yganlar g‘olib bo‘lar ekan. Bu tashqi va ichki bozorning korxonaga bosim o‘tkazishi bilan bog‘liq.
Iste‘molchilarning xatti - harakatlari o‘zgarmoqda, ular tobora talabchan va didli bo‘lib bormoqda, bozorga ko‘plab o‘xshash yoki bir xil tovar va xizmatlar taqdim etilgan vaziyatda esa sifat yoki baho jihatidaan hatto kichikroq ustunlik ham hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Buning ustiga bozordagi vaziyat tezkorlik bilan o‘zgarmoqda. Zamon bilan baravar qadam tashlashni istagan korxonalar xodimlarni boshqarish uslublarini, sheriklar va mijozlar bilan o‘zaro ta‘sirlashuv usullarini doimiy ravishda takomillashtirib turishlari, raqobatchilarning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishi, bozorda u yoki bu qadamni o‘z vaqtida amalga oshirishi va yangi texnologiyalarni joriy qilishi lozim. O‘z mohiyatiga ko‘ra korxonaning hayoti - tinimsiz o‘zgarishlar ketma - ketligidir. To‘xtab qolish - degradatsiya demakdir, degradatsiya esa bu-halokatdir.
Korxonadagi strategik innovatsion rejalashtirishning obyekti innovatsion faoliyatdan iborat bo‘ladi, uni ko‘rib chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:
- hozirgi sharoitlarda korxonadagi innovatsion faoliyat strategiyasi innovatsion strategiyalarni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Resursli ta‘minlash va xatar omilini hisobga olish, Tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarni oldindan bashoratlash va mustaqil ishlab chiqishning obyektiv zaruriyati pishib etilgan;
- ehtimol bo‘lgan katta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy - texnik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘lib qolgan;
- innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKI ning strategik ahamiyati o‘sadi, va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishdagi xatar darajasi oshadi;
- innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari va hammadan avval, ishlab chiqarish va marketing bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Download 137.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling