«Innovatsion menejment» fanidan


-rasm. Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadi


Download 137.73 Kb.
bet5/9
Sana27.01.2023
Hajmi137.73 Kb.
#1132407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Innovatsion menejment» fanidan

2-rasm. Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadi
Keyingisi bozor munosabatlarini rivojlanishida tashqi muhitdagi jarayonlar va o‘zgarishlar g‘oyatda dolzarb bo‘ladi. Chunki tashqi muhitdagi jarayonlar va o‘zgarishlar firmaga hayotiy muhim ta’sir ko‘rsatadi. (3-rasm)



Tashqi muhit bilan bog‘liq asosiy omillar





iqtisodiyot

siyosat

bozor

raqobat

texnologiya


3-rasm. Tashqi muhit bilan bog‘liq asosiy omillar
Shuning uchun asosiy raqiblarni belgilash va ularning bozordagi o‘rinlari (bozordagi ulushi, sotishlar hajmlari maqsadlari va h.k)ni aniqlash zarur, raqiblarning kuchli va kuchsiz tomonlarini sinchiklab o‘rganish va ularning natijalarini shaxsiy ko‘rsatkichlar bilan solishtirish raqobat kurashi strategiyasini yaxshiroq o‘ylab ko‘rishga imkon beradi.
Ichki muhitning tahlili firma faoliyatidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Strategiya nazariy va empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqotlarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Tashkilotlar, ularning asosiy qarorlarni qabul qiluvchi rahbarlari o‘zlarini yangiliklardan foydalanish strategiyasi bilan qanchalik bog‘langanlari bilan farqlanishlari mumkin. Agar yuqori rahbariyat yangilik kiritishni amalga oshirishga harakatlarni qo‘llab quvvatlasa, unda uni tashkilotlarda tadbiq etishga qabul qilinishi ehtimoli oshadi. Korxonaning maqsadiga muvofiq strategiya shakllantiriladi.
Strategik innovatsion rejalashtirish bozor turidagi iqtisodiyot sharoitida korxonadagi rejalashtirishning umumiy tizimida tizimcha bo‘ladi. Korxonadagi strategik innovatsion rejalashtirishning obyekti innovatsion faoliyatdan iborat, uni ko‘ra chiqa turib, quyidagilarni aytish mumkin:

  • hozirgi sharoitlarda korxonada innovatsion faoliyat strategiyasi (innovatsion strategiya) ni korxonani rivojlanishining asosiy maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqqan holda, resursli ta’minlanish va xatar omilini hisobga olish, tashqi muhitning holati va shaxsiy innovatsion imkoniyatlarini oldindan bashoratlash bilan mustaqil ishlab chiqish zarur;

  • iloji boricha ko‘proq foyda olish maqsadida yangi raqobatbardosh mahsulotni yaratish va uni texnika va texnologiyalarning zamonaviy darajasida ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy–texnik siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish innovatsion faoliyatning asosiy mazmuni bo‘ladi;

  • innovatsion strategiyani amalga oshirishda ITTKIning strategik ahamiyati oshadi va shuning bilan bir vaqtda ularni amalga oshirishda xatar darajasi ko‘payadi;

  • innovatsion faoliyat korxonadagi faoliyatning qolgan barcha turlari bilan va hammadan avval , ishlab chiqarish va marketing bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Korxonaning umumiy strategiyasi va ilmiy–texnik taraqqiyot sohasidagi strategiya o‘rtasidagi aloqa, hammadan avval, yangi mahsulotni tadbiq etish va ishlab chiqarish jarayonidagi o‘zgarishlarda amalga oshiriladi. Ilmiy–texnik yangiliklar sohasidagi strategiya korxonadagi, uning faoliyat muammolarining butun majmuasi bilan uzluksiz bog‘langan qayta ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanishi strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.
Innovatsion strategiya korxona strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy–texnik salohiyati, ilmiy–texnik vazifalar portfeli va vazifalarning o‘zlarini bir birlari bilan bog‘lovchi har xil bog‘liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayonining natijasi bo‘ladi.
Firmaning bozordagi yangilik kiritishlar strategiyasi hujumlar va mudofaasi xarakterga ega. Kompaniya odatda o‘zining bozor tomonidan muvofiqlashtirish bilan ta’riflanuvchi innovatsion strategiyalar majmuasini yaratadi. Bunday majmua o‘z ichiga ham xatarli (hujumkor) va ham xavfsiz (mudofaali) strategiyani oladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz amaliyotida yuqori ilmiy – texnik salohiyati va qanoatli vujudga kelgan ishlab chiqarish bazasiga ega yirik tovar ishlab chiqaruvchilar oldida innovatsion strategiyaning u yoki bu turini tanlash muammosi keskin turibdi. bunda muammo ham ichki bozordagi kuchli raqiblar uchun va faoliyatning o‘z sohalaridagi yakka hokimlar uchun ham bir xil darajada dolzarbdir, chunki yakka hokimlik abadiy bo‘lmaydi. Ammo bugun bizning mamlakatimiz sharoitlarida hujumkor innovatsion strategiyani keng tarqalishi haqida gapirishga hali erta.
Amaliy tajribani obyektiv mavjud bo‘lgan yetishmasligi ko‘pgina tovar ishlab chiqaruvchilar yashab qolish chegarasida muvozanatni saqlab qolayotgan vaqtdagi sharoitda nostandart qarorlar qabul qilishning xatari va ehtimol bo‘lgan oqibatlaridan qo‘rqish, ko‘pgina korxonalar rivojlanishning faol innovatsion strategiyasini qo‘llashga jazm qilolmasliklariga olib keladi. Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlar moslashuvchi strategiyani afzal ko‘radilar.



Download 137.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling