«Innovatsion menejment» fanidan


Korporativ boshqaruvda korxonaning innovatsion strategiyalarini shakllantirish


Download 137.73 Kb.
bet4/9
Sana27.01.2023
Hajmi137.73 Kb.
#1132407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Innovatsion menejment» fanidan

1.2. Korporativ boshqaruvda korxonaning innovatsion strategiyalarini shakllantirish

Innovatsion strategiya, korxonaning strategiyasi, iqtisodiy holati, ilmiy–texnik salohiyati, ilmiy–texnik vazifalar portfeli va bu vazifalarning o‘zlarining bir birlari bilan bog‘lovchi har xil bog‘liqliklarni baholash va tahlil qilishning uzluksiz jarayoni natijasidan iborat bo‘ladi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbarga yaxshi mahsulotga ega bo‘lish etarli emas, u raqiblardan orqada qolmaslik uchun yangi texnologiyalarni paydo bo‘lishi orqasidan e’tibor bilan kuzatishi va ularni o‘z firmasiga tadbiq etishni rejalashtirish kerak. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator strategik vositalar mavjud.
Strategiyani qarorlar qabul qilish jarayoni sifatida belgilash mumkin. Uni tanlash rejalarni ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion faoliyatning boshqa shakllarini o‘tkazishni belgilab beradi.
Strategik rejalashtirish quyidagi ikkita asosiy maqsadni ko‘zlaydi:
1. Resurslarni samarali taqsimlash va foydalanish. Bu ichki strategiya deb ataluvchidir.. Sarmoyalar, texnologiyalar, odamlar kabi cheklangan resurslardan foydalanish rejalashtiriladi. Bundan tashqari yangi sohalardagi korxonalarni xarid qilish, istiqbolsiz sohalardan chiqish, korxonalarning samarali “portfeli” investitsion takliflar majmuasini shakllantirish amalga oshiriladi.
2. Tashqi muhitga moslashish. Quyidagi vazifa qo‘yiladi: tashqi omillar (iqtisodiy o‘zgarishlar, siyosiy omillar, demografik vaziyatlar va boshqalar) ni o‘zgarishiga samarali moslashishni ta’minlash.
Strategiyani ishlab chiqish tashkilotning umumiy maqsadini shakllantirishdan boshlanadi. Maqsadni qo‘yilishi firmaning tashqi muhit, bozor, iste’molchi bilan aloqalarida muhim rol o‘ynaydi. Quyidagi rasmda strategiyani ishlab chiqishda tashkilotning umumiy maqsadi aks ettirilgan. (2-rasm)

TASHKILOTNING UMUMIY MAQSADI





firma faoliyatining asosiy yo‘nalishi



tashqi muhitdagi ishchi tamoyillar (savdo iste’molchiga munosabat, ishga doir aloqalarni olib borish tamoyillari)

“sifatni umumiy boshqarilishi” ni qamrab olish



tashkilotning madaniyati, uning an’analari, ishchi muhit



Download 137.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling