«Innovatsion menejment» fanidan


ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING


Download 137.73 Kb.
bet3/9
Sana27.01.2023
Hajmi137.73 Kb.
#1132407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«Innovatsion menejment» fanidan

ISHLAB CHIQARISH KORXONASINING
ASOSIY MAQSADLARI





ishlab chiqarishning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va xo‘jalik faoliyatining jamiyat uchun salbiy bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish

faol tashqi iqtisodiy jarayonlarni olib borish

ilmiy–texnik salohiyatdan foydalanishning samaradorligini oshirish

berilgan turdagi va belgilangan muddatlarda yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish


1-rasm. Ishlab chiqarish korxonasining asosiy maqsadlari

Tushunarliki, bularning barchasi innovatsion strategiyaga kiritilishi kerak. Bunda aytib o‘tilgan maqsadlardan birinchisi mahsulotlar va ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va yangi mahsulotlar va jarayonlarni o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu, kamida, asosiy faoliyatning moliyaviy natijalarini pasaytirmaslik va buning uchun biznesning tashqi muhiti o‘zgargan holda korxonaning bozordagi o‘rnini saqlab qolishga imkon beradi. Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarning ikkinchisi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirilishiga asoslanadi. Bunga ishlab chiqarish va vazifaviy tuzilmalarni takomillashtirib, resurslar (xodimlar, axborot, moliya, moddiy)dan foydalanishning samaradorligini oshirib, ishlab chiqarish – texnik va muxandislik bazasini ratsional ravishda asoslab, erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatda muvaffaqiyatlarni jiddiy mo‘ljallash (uchinchi maqsadga erishish) ham jahon bozoridagi raqobatbardoshlikning istiqbollarini ta’minlovchi tegishli boshlanishni ko‘zda tutadi.


Quyidagi ekologik xarakterdagi muammolarga yechim qidirish kerak:

  • chiqindisiz texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash;

  • ham iste’molchi va ham ishlab chiqaruvchilar uchun ekologik xavfsiz mahsulotni ishlab chiqarish;

  • talab qilingan holda tabiatni muhofaza qiluvchi inshoatlarni qurishdan.

Korxona asosiy faoliyatining barcha ko‘rsatib o‘tilgan jihatlari u yoki bu darajada innovatsion jarayon doirasida bo‘ladi. Bu ularni innovatsion startegiyani ishlab chiqishga qaratilgan menejmentning o‘ziga xos obyektlari sifatida ko‘rib chiqishni maqsadga muvofiqligini asoslab beradi.
Innovatsion strategiya xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi boshqaruv qarorlari orqali amalga oshiriladi.
Tovar ishlab chiqaruvchilar innovatsion strategiyasining asosiy qoidalari dasturda gavdalanadilar, unda uni amalga oshirishning muddatlar, resurslar, ijrochilar bo‘yicha o‘zaro bog‘langan maqsadlar, vazifalar va bosqichlar shakllantiriladilar, dasturga ishlab chiqilayotgan obyektni yuritishning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi aniq tadbirlarning ro‘yxati ilova qilinadi. Ammo, keyinchilardan qat’iy nazar, hamma vaqt innovatsion dasturni amalga oshirilishini borishida hal qilinadigan umumiy tartibdagi bir qator boshqaruv vazifalari mavjud. Xususan, korxonaning yuqori rahbariyatiga quyidagilar zarur: yangi mahsulotlarni sotishda daromadlarni ko‘paytirishning aniq maqsadlarini qo‘yishga e’tiborni jamlash, innovatsion jarayonni jadallashtirish bo‘yicha tadbirlar majmuasini ishlab chiqish, ITTKI sohasiga investitsiyalar kiritish hajmlarini o‘sishini ta’minlash, hamda xodimlarning barcha kategoriyalari uchun samarali undovchi sababli mexanizmlarni yaratish va qo‘llab quvvatlash. Faqat ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni kompleks hal qilishdagina dastur, demak, umuman korxonaning innovatson strategiyasini ham muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin.
Mikro va makrosohaning aniq sharoitlariga ko‘ra korxona innovatsion strategiyaning ikkita asosiy turlari: passiv xarakterga ega moslashuvchi, yoki hujumkor, faoldan birini tanlashi mumkin. Barqaror turli-pulli munosababtlar sharoitida moslashuvchi startegiya kamroq samaralidir. Bu erda, innovatsiya, qoidaga ko‘ra, mahsulotning raqobatbardoshligini oshishi, bozordagi o‘rinlarni kengayishi va mustahkamlanishi, mahsulotlarni qo‘llashning yangi sohalarini o‘zlashtirishning dastlabki bazasi, boshqacha qilib aytganda bizning yangi turdagi, ya’ni hujumkor strategiyasining mohiyatini tashkil qiluvchi faol vositasi bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz amaliyotida yuqori ilmiy–texnik salohiyati va qanoatli vujudga kelgan ishlab chiqarish bazasiga ega yirik tovar ishlab chiqaruvchilar oldida innovatsion strategiyaning u yoki bu turini tanlash muammosi kskin turibdi. bunda muammo ham ichki boxordagi kuchli raqiblar uchun va faoliyatning o‘z sohalaridagi yakka hokimlar uchun ham bir xil darajada dolzarbdir, chunki yakka hokimlik abadiy bo‘lmaydi. Ammo bugun bizning mamlakatimiz sharoitlarida hujumkor innovatsion strategiyani keng tarqalishi haqida gapirishga hali erta.
Amaliy tajribani obyektiv mavjud bo‘lgan etishmasligi ko‘pgina tovar ishlab chiqaruvchilar yashab qolish chegarasida muvozanatni saqlab qolayotgan vaqtdagi sharoitda nostandart qarorlar qabul qilishning xatari va ehtimol bo‘lgan oqibatlaridan qo‘rqish, ko‘pgina korxonalar rivojlanishning faol innovatsion strategiyasini qo‘llashga jazm qilolmasliklariga olib keladi. Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlar moslashuvchi strategiyani afzal ko‘radilar.

Download 137.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling