Innovatsion menejment yaxshilashda imkoniyatlari


Download 26.21 Kb.
bet1/4
Sana16.08.2023
Hajmi26.21 Kb.
#1667598
  1   2   3   4
Bog'liq
Innovatsion menejment yaxshilashda imkoniyatlari


INNOVATSION MENEJMENT YAXSHILASHDA IMKONIYATLARI


Reja:
1. Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari;


2. Innovatsiya jarayoni va uni samarali tashkil etish;
3. Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish.
4.Xulosa

1. Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari
Innovatsiyalar va innovatsion boshqaruvga nisbatan oshirilgan e’tibor hozirgi jamiyatning hayotining o‘zi tomonidan talab qilinadi, axir innovatsion jarayonlarni yangi mahsulotlar va yangi texnikada ro‘yobga chiqishi uning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘ladi.
Innovatsion jarayon innovatsion o‘zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo‘ladi va yagona bir butunni tashkil qiluvchi o‘zaro bog‘-langan pallalardan tashkil topgan. Bu jarayonning natijasida amalga oshirilgan o‘zgarish innovatsiya paydo bo‘ladi. Innovatsion jarayonni amalga oshirish uchun diffuziya – yangi sharoitlar va qo‘llash joylarda bir marta o‘zlashtirib va foydalanib bo‘lingan innovatsiyalarni vaqtda tarqatish juda katta ahamiyatga ega. Innovatsion jarayon davraviy xarakerga ega, buni iqtisodiyotni tashkil qilish va boshqarishning ixcham tizimlarini ishlab chiqishda hisobga olish zarur.
Jahon iqtisodiy adabiyotlarida “innovatsiya” salohiyatli ilmiy–texnik taraqqiyot (ITT)ni haqiqiy, yangi mahsulotlar va texnologiyalarda ro‘yobga chiqadiganga aylanishi sifatida talqin qilinadi. Bizning mamlakatimizda yangilik kiritishlar muammolari ko‘p yillar davomida ITTning iqtisodiy tadqiqotlari doirasida ishlab chiqilgan.
“Innovatsiya” atamasidan O‘zbekistonning o‘tish iqtisodiyotida ham mustaqil va ham bir qator o‘xshash tushunchalar: “Innovatsion faoliyat”, “innovatsion jarayon”, “innovatsion qaror” va h.k. belgilash uchun foydalanilgan.
Har xil olimlar, ayniqsa xorijlilar (N. Monchev, I. Perlaki, V.D. Xartman, E. Mensfild, R. Foster, B. Tviss, Y. SHumpeter, E. Rodjers va boshqalar) bu tushunchani o‘zlarining tadqiqotlari ob’ekti va predmetiga ko‘ra har xil talqin qiladilar, ammo innovatsiyalarning bu har xil ta’riflarining tahlili shunday xulosaga olib keladiki, o‘zgarishlar innovatsiyalarning o‘ziga xos mazmunini tashkil qiladilar, o‘zgarishlar vazifasi esa innovatsion faoliyatning asosiy vazifasi bo‘ladi.
Avstriyali olim Y. SHumpeter tomonidan beshta tipik o‘zgarishlar ajratilgan:
1) yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni yangi ta’minotidan foydalanish;
2) yangi xususiyatlarga ega ma’lumotlarni tadbiq etish;
3) yangi xom ashyodan foydalanish;
4) ishlab chiqarish va uning moddiy–texnik ta’minotini tashkil qilishdagi o‘zgarishlar;
5) yangi sotish bozorlarini paydo bo‘lishi.
Bu qoidalar Y. SHumpeter tomonidan 1911 yildayoq shakllantirilgan. Keyinroq, 30–yillarda u innovatsiya tushunchasini, uni iste’mol tovarlarining yangi turlari yangi ishlab chiqarish va texnik vositalar, bozorlar tashkil shakllarini sanoatga tadbiq etish va ularda foydalanish maqsadidagi o‘zgarish sifatida talqin etgan holda kiritgan. Ba’zida innovatsiyaga jarayonli tizim sifatida qaraladi, shuning bilan yangilik kiritishni vaqtda rivojlanishi va yaqqol aks ettirilgan bosqichliligi tan olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarda innovatsiyalarni bayon qilish metodologiyasi xalqaro standartlarga asoslanadi. Fan va innovatsiyalar haqidagi axborotlarni to‘plash, ishlab chiqish va tahlil qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) doirasida fan va texnika ko‘rsatkichlari bo‘yicha milliy ekspertlar guruhi tashkil qilingan, Fraskati qo‘llanmasi (“Tadqiqotlar va tajriba ishlanmalarini tekshirishlar uchun taklif qilinayotgan standartli amaliyot”) ishlab chiqilgan. Hujjat bunday nomni tavsiyalarning birinchi versiyasi 1963 yilda italyan shahri Fraskatida qabul qilinganligi munosabati bilan olgan.
Fraskati qo‘llanmasidagi qoidalarga davriy ravishda aniqliklar kiritiladi, bu milliy va xalqaro darajalardagi ilmiy – texnik siyosat strategiyasi, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarni tashkil qilishdagi o‘zgarishlar bilan asoslanadi. Fraskati qo‘llanmasi (1993 y)ning oxirgi tahrirlaridan biridan ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar (ITTKI), ularning tarkibi va chegaralari, hamda tadqiqotlar va ishlanmalar bilan band bo‘lgan xodimlar sonini o‘lchash uslubiyotiga tegishli asosiy tushunchalar mavjud. Texnologik innovatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uslubiyoti 1992 yilda Oslo shahri (Norvegiya)da qabul qilingan tavsiyalarga asoslanadi. U “Oslo qo‘llanmasi” nomini olgan.
Xalqaro standarlarga muvofiq innovatsiya bozorga tadbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoxud ijtimoiy xizmatlarga yangicha yondashish ko‘rinishida ro‘yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi.
Innovatsion boshqaruv g‘oyatda murakkabdir. Innovatsion jarayonlarning rivojlanishi qonuniyatlarini tahlil qilish uchun innvoatsion menejerlar bo‘lgan mutaxassislar zarur, ular yangilik kiritishlarning har xil tashkiliy–iqtisodiy jihatlari bilan shug‘ullanadilar. Ularning innovatsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifasi – innovatsion jarayonni ilgari surish, ehtimol bo‘lgan to‘siqlarni bashorat qilish va ularni bartaraf qilish yo‘llarini belgilashdir.
Innovatsion menejerlar ijodiy jamoalarni tashkil qila turib, yangiliklarni qidirib topish va tarqatish, ilmiy tadqiqotlar va ishlamalarga buyurtmalar portfelini shakllantirish bilan shug‘ullangan holda, har xil tashkiliy tuzilmalar (fanlar akademiyasi, OO‘YU, ilmiy jamiyatlar, tadqiqot tashkilotlari, konstruktorlik byurolari, injiniring kompaniyalari va boshqalar)da harakat qilishlari mumkin. Ular ilmiy jamoalarni boshqaradilar, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradilar. Bularni barchasi innovatsion boshqaruvchilar malakasi oldiga yuqori talablarni qo‘yadi: ular ilmiy texnik va iqtisodiy – psixologik salohiyatga, ham an’anaviy menejer va ham tadqiqotchi olim sifatiga ega bo‘lishlari, yangilik kiritishlarning samaradorligini baholash va innovatsiyalarni boshqarishga qodir malakali iqtisodchi bo‘lishlari kerak.

Download 26.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling