Innovatsion menejmentning funksiyalari va usullari


Yangiliklarning sifat ko‘rsatkichlari


Download 294.21 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi294.21 Kb.
#1333009
1   2   3   4
Bog'liq
2 5282847037216271136

Yangiliklarning sifat ko‘rsatkichlari
Buyumlarning har qanday parametrlari va xususiyatlari innovastiyalarning sifat ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Yangilik kiritishning texnik darajasi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun ko‘rsatkichlar, xususiyatlar, ularni o‘lchash usuli, ishlab chiqarish va foydalanish bosqichlari bo‘yicha bo‘linadi.
Ta’riflarning to‘liq bo‘lishi uchun tabiiy yoki qiymatli aks ettirishdagi xususiyatlarning ham mutlaq,
ham nisbiy ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi. Shu bilan birga nisbiy ko‘rsatkichlar – odatda eskining mutlaq
ko‘rsatkichlarining yangi yoki yaxshilangan namunaga nisbati hamda moddiy iste’mol qilinishi, mehnat
iste’mol qilinishi, quvvatning o‘lchov birligiga tannarx, unumdorlikning solishtirma va xarajat
ko‘rsatkichlaridir. Bu parametrlar yangilikning texnik darajasi va sifatini baholashning asosidir.
Agar yangiliklarning yakka (xususiy) ko‘rsatkichlari faqat uning xususiyatlaridan biriga tegishli bo‘lsa,
majmuaviy ko‘rsatkichlar eng muhim ta’riflar ketma-ketligini yetarlicha to‘liq aks ettiradi. Bunday mahsulot
uchun uning texnik va texnologik takomilligi yangilikning texnik darajasini eski mahsulotning asosiy
xususiyatlari bilan qiyoslash orqali belgilanadi. Asos sifatida standartlashtirib ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
Tatbiq etilayotgan yangilikning texnik darajasini baholash integral yoki o‘rtacha o‘lchangan ko‘rsatkich
asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda asosiy umumlashtiruvchi ko‘rsatkich buyumning belgilanishi va
iste’mol bilan bog‘liq
Tatbiq etilayotgan mahsulot sifatining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichini hisoblash uchun, odatda, ekspert
baholari qo‘llaniladi, chunki mavjud axborotlar miqdoriy moddiy usullarni qo‘llash uchun etarli bo‘lmaydi.
Ranjirovkalashdan oldin keluvchi agregastiyalangan baholash usuli yetarlicha tez-tez qo‘llaniladi.
Yangilik kiritishning integral ko‘rsatkichlarini belgilashga eng yaxshi yondoshuv asosiy ko‘rsatkichlarni ishlab
chiqarish – foydalanish va tashkiliy iqtisodiy omillarga vazifaviy bog‘liqligi ko‘rinishidagi matematik
modellarni ishlab chiqishdan iboratdir. Yangi mahsulotning talab etiladigan texnik darajasiga erishish uchun
zarur investistiyalar hajmi ham yetakchi rol o‘ynaydi.

Download 294.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling