Innovatsion menejmentning funksiyalari va usullari


Tubdan yangi loyihalarni tahlil qilish, fundamental va amaliy tadqiqotlarni bashoratlash uchun


Download 294.21 Kb.
bet4/4
Sana06.04.2023
Hajmi294.21 Kb.
#1333009
1   2   3   4
Bog'liq
2 5282847037216271136

Tubdan yangi loyihalarni tahlil qilish, fundamental va amaliy tadqiqotlarni bashoratlash uchun
maqsadlar daraxti yoki bashorat grafasi deb ataluvchi tuzilishga asoslangan usullardan foydalaniladi.
Bashoratli grafa usulining mohiyati hm innovastion muqobilni va ham innovastion ehtiyojni, shu
jumladan zarur resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholashni aks ettiruvchi maqsadlar daraxtini
yaratish va tahlil qilishdan iborat. Bunda iizchil taqdim etilayotgan vaziyatlar hodisalarning sodir etilish
ehtimoli yordamida baholanadi
Yangilik kiritish va taqdim etishni boshqarish
Ishlab chiqarish va mahsulotning qayd etilgan ishlab chiqarish omillari va determinastiyalangan turiga
mo‘ljallangan markazlashgan boshqaruv qaytarilmaydigan holda o‘tmishda qoldi. Iqtisodiyotni
barqarorlashtirish sharoitlarida har qanday firma o‘z innovastion strategiyasi va tashkiliy tuzilmasini mustaqil ravishda belgilaydi, qo‘llaniladigan texnologiyalar turini tanlaydi, zarur texnologik uskunalarni tanlab oladi va kerakli miqdor va sifatdagi moddiy va nomoddiy resurslarni oborotga jal etadi.
Firmaning yangilik kiritishdan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish alohida bosqichlardan
iborat g‘oyat murakkab tadbirlardan tashkil topadi, ular umuman yangilikning yashash davriga ta’sir ko‘rsatadi.
Loyihaviy yondashuv butun ilmiy ishlab chiqarish doirasini chiqishga asoslanadi, unda yangiliklarni ishlab chiqish, yaratish, tatbiq etish va tarqatishdan tortib mahsulotni foydalanishdan olib tashlashgacha bo‘lgan jarayon tushuniladi. Innovastiya bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish davra tushunchasi prinstipial texnik-texnologik tizimlar hamda tajribali namunalar almashuvi va uskunalarning mavjudlarini almashtirishga tegishlidir.
Yangiliklarni ishlab chiqishning kеyingi tadbirlari, g’oyalarni vujudga kеlishi ratsional xaraktеrga egaligiga qaramasdan, yangiliklarni individuallik va yaxlitlikning sintеzi sifatida tushungan holda, aql yеtmaydigan farosatni talab qiladi. Krеativ mеnеjеr yangiliklarni bundan kеyingi ishlab chiqilishi haqidagi qarorni qabul qilishda e'tiborni kеyingi amaliy tadqiqotlardagi sabab – oqibat aloqalari va ratsional – mantiqiy xaraktеrga jamlashi kеrak. Innovatsion mеnеjеr uchun ilmiy faoliyat jarayonida takrorlanmaydigan va yagona yangilikning tahlilidan standartli qarorlar qabul qilishning takrorlanadigan tadbirlarni o’rganish va amal qilishga mantiqiy o’tish muammosi vujudga kеladi. Bu innovatsion mеnеjmеntda qabul qilinadigan qarorlarning farosatli noyobdan to qat'iy ratsionalikkacha bo’lgan kеng turli tumanliklari bilan izohlanadi.
Ilmiy-texnik yangilikni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uni innovastion tovarga aylantirish uchun
texnologik qarorlar va talab qilinayotgan uskunalarni ishlab chiqarish jarayonlarining keyinchalik boshqarishga
ega tanlovini tahlil qilish zarur. Boshqaruvning asosida nafaqat vaqtning ushbu paytida, balki istiqbolda ham
eng yaxshi bo‘lgan texnologik echimlarni tanlash, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tadbirlarning
maqsadga qaratilgan tizimi yotadi.
Yangilik kiritish loyihasini amalga oshirish uchun texnologik echimni tanlash muqobillik asosida
amalga oshiriladi. Tanlash mezonlari g‘oyatda turli-tuman, ammo moliyaviy maqsadga muvofiqlik va
texnologik amalga oshirilishi hal etuvchi hisoblanadi. Buni odatda qabul qilinayotgan loyihaning rentabelligi,
uning texnologiya, uskunalar, asboblar, jihozlar, ijrochilarning sifati va soni jihatidan amalga oshirish
mumkinligi tushuniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
  • O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning Vazirlar Mahkamasining 2010 yilning 29 yanvaridagi mamlakatning 2009 yildagi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining yakunlari va 2010 yildagi iqtisodiy dasturining muhim ustuvorliklariga bag’ishlangan majlisidagi ma'ruzasi.
  • N.V. Rochkova “Markеtingovoе innovatsii” – M.: KNORUS, 2009
  • “Gosudarstvеnno – chastnoе partnеrstvo v nauchno innovatsionnoy sfеrе” G` Pod rеd. A.K. Kazantsеva, D.A. Rubvaltеra. – M.: INFRA – M, 2009.
  • “Innovatsionny tip razvitiya ekonomiki” Uchеbnik. G` Pod obhеy rеd. A.N. Folomеva. M.: RANS, 2008.
  • Muxamеdyarov A.M. “Innovatsionny mеnеdjmеnt” – M.: Infra – M, 2008.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Download 294.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling