Innovatsion menejmentning usullari va vazifalari
Farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish
Download 83 Kb.
|
Innovatsion menejmentning usullari va vazifalari.
Farmoyish berish yo’li bilan ta’sir ko’rsatish barcha boshqarish bo’limlari va organlarining (uyg’un) ishlashini joriy ta’minlab turishdan iborat.
Bu shaklda boshqarish buyruq va farmoyishlar vositasida olib boriladi. Buyruq – rahbarning qo’l ostidagilarga muayyan topshiriqni bajarish uchun bergan yozma yoki og’zaki talabi. Farmoyish – qo’l ostidagilarga ayrim ishlab chiqarish yoki xo’jalik masalalarini hal etish bo’yicha berilgan talab. Farmoyish funksional rahbarlar tomonidan ularga o’z kompetensiyasi doirasida berilgan huquqlar asosida chiqariladi (asosan farmoyishlarni direktor o’rinbosarlari, bo’lim boshliqlari ishlab chiqadi). Ko’rsatma – og’zaki shaklda beriladi. Bunday shakldan barcha rahbarlar foydalanadi. (asosan bunday ko’rsatmalarni quyi rahbarlar, brigadirlar, ustalar qo’llaydi) Farmon va qarorlar - buyruq va farmoyishlarga aynan o’xshashdir. (Faqat farqi shundaki, buyruq va farmoyishlar korxona direktori va uning o’rinbosari tomonidan, farmon va qarorlar esa hukumat darajasida chiqariladi). Bu manfaatlarni uyg’un sur’atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishni, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi. Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya’ni: * korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish; * xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq imtiyozlarini berish; * korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish; * moliya-krdit munosabatlarini takomillashtirish; * bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e’tibor beriladi. Download 83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling