Innovatsion pedagogikaning tushunchalari
Hozirgi
taraqqiyotimizning
talablari
asosida
ta‟lim
standartlari
takomillashtirilib, dasturlar modernizatsiya qilinib, ta‟lim
muassasalariga
yetkazilib berilmoqda. Ta‟lim muassasalarining moddiy bazalari jadallik bilan
mustahkamlanmoqda.
Yangi
turdagi kasb-hunar kollejlari, universitetlar va institutlar qoshida
akademik
litseylar, maktablarni qurish,
rekonstruksiya qilish, joriy va kapital
ta‟mirlash, yangi
zamonaviy asbob-uskunalari, o„quv qurollari,
texnika vositalari
va kompyuterlashtirish ishlari aniq davlat rejalari asosida amalga oshirilmoqda.
Innovatikaning asosiy tushunchalari
Yangilik: g„oya, aniq bir shaxs uchun yangilik, vosita (yangi metod).
Innovatsiya:
1) yangilanish, o„zgarish;
2) biror-bir
yangilikni kiritish;
3) yangilikni o„zlashtirish jarayoni.
Innovatsiya (inglizcha Innovation - yangilik kiritish) – tizim ichki tuzilishini
o„zgartirish, amaliyot va nazariyaning muhim qismi.
Innovatsion jarayonning
mazmuniy tomonini o„z ichiga oladi (ilmiy g„oyalar va ularning texnologiyalarini
amaliyotga kiritish).
Pedagogik yangilik– pedagogik faoliyatda ilgari ta‟lim jarayonida noma‟lum
bo„lgan o„zgarishlarni kiritish orqali ta‟lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini
boyitish va uni rivojlantiruvchi vositasidir.
Innovatika – yangilikni yaratilish qonuniyatlarini o„zlashtirishni va targ„ib-
targ„ibotini o„rganadigan fan.