Innovatsion tarbiya texnologiyalarining tarbiyalanuvchilarning axloqiy fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati
Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi tayyorlanadi
Download 78.06 Kb.
|
INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARI
Dastur asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi tayyorlanadi:
1. O‘quvchi olamining hayotiy yo‘nalishlarini diqqat bilan o‘rganish. 2. Xarakteri va xulqidagi og‘ishganlik sabablarini o‘rganish. 3. Ijobiy yo‘nalishga, o‘zgarishga ta’sir etuvchi hayotiy ko‘rinishlarni tanlash. 4. Muloqotni o‘smirning «psixologik hudud»idan izlash. 5. O‘quvchilar xulqida namoyon bo‘ladigan har xil o‘zgarishlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatish. Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish o‘quvchilar xulqida, ularning o‘qish va mehnatga munosabatlaridagi o‘zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o‘tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan o‘quvchilar soni bilan belgilab bo‘lmaydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi. Tarbiyachi-o‘qituvchi o‘quvchilarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilarni keng ko‘lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishiga e’tibor berish bilan birga, har bir o‘quvchiniig xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o‘ylab ko‘rish, qiziqarliroq, soddaliroq yo‘llarini topishing mumkin deb umidvor qilish o‘rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o‘zini va o‘zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash uni bilim olishiga mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantira borishi lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlini peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakillana boradi. Tarbiya har bir insonning xayotda yashashi jarayonida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarini ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni. Tarbiyaviy ishlarga yangicha munosabat mustaqillik ma’naviyati negizi asosida hukumat qarorlarida, xalq ta’lim tizimidan islohotlarda olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda. O‘zbekistonning uzluksiz ta’lim tizimidagi barcha o‘quv muassasalari yosh avlodga milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, ma’naviyatni milliy merosimiz bilan birgalikda, yosh vatanparvarlarni tarbiyalashda yangicha ish uslublari asosida ijodiy yondoshmoqdalar. Innovaion tarbiya texnologiyalar asosida barkamol shaxsini tarbiyalashda yana bir omil ya’ni jamoaning roli ham katta hisoblanadi. Chunki jamoa har qanday bola tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga soladi va tarbiya texnologiyalari asosida tarbiya jarayonini tashkil etishda jamoaviy harakatning ahamiyati katta. Guruh jamoasini oladagan bo‘lsak, agar shu guruhda yomon hulqli, tarbiyasi jihatdan yomon bo‘lsa, shu guruh jamoasiga uni asta sekinlik bilan o‘z ta’sirini albatta o‘tkazadi. Ma’naviy tadbirlar yoki sayyohatlar tashkil etilganda jamoaning jipsligi ahamiyati juda katta. YA’ni jamoada har xil bolalar bo‘lib, ular bir biriga qarab ham o‘zlarini tarbiyalaydilar. Bu xislatlar esa ularning barkamol shaxs bo‘lib shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Guruxdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo barkamol shaxsni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashning eng zamonaviy va qulay yo‘nalishlarini topib joriy etishga bog‘liq. Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor barkamol shaxsga qaratilishi, tarbiya jarayoniga innovatsion tarbiya texnologiyalarni joriy etish, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan holda uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan himoya qilish. Pedagogika kollejlaridagi innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning bosh maqsadi - yosh avlodni ma’naviy- ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analarga, urf- odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedogogik shakl va vositalarini ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Pedagogika kollejlaridagi innovatsion tarbiya texnologiyalari asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda treninglardan foydalanish alohida ahmiyatga ega. Bugungi kunda pedagogika kolleji o‘quvchilarining ta’lim jarayonidagi faollligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari ishlab chiqilgan: muammoli o‘qitish, ish faoliyatini ifodalovchi turli rolli o‘yinlar, treninglar, bahs munozaralarni tashkil qilish va hokazolardir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish jarayonida esa tarbiyaviy treninglarning o‘rni beqiyosdir. Sababi trening o‘tkazish jarayonida o‘quvchilarning nutqi o‘sadi, tafakkuri rivojlanadi, muloqatga tez kirisha oladigan bo‘ladi. Shu sababli trening verbal va noverbal ko‘rinishda tashkil etish mumkin. Treningni noverbal (so‘zsiz, mimika, pantomimika, qarash va hakozolar) ko‘rinishda tashkil qilgan tarbiyachi gapirayotganida har bir qatnashuvchini ko‘z ostida tutishi, hammaga bir xil e’tibor berishi va guruhdagi ba’zi odamlarga xayrixoh bo‘lib qolmasligi lozim. Xonada guruhning diqqatini buzmasdan harakat qilishi (tez-tez va maqsadsiz yurishlardan qochishi, shuningdek, guruhga o‘zi ko‘rinmaydigan joydan turib gapirishi) kerak bo‘ladi. Qatnashuvchilarning bosh qimirlatishi, tabassumi va xatti-harakatlari nimanidir aytmoqchi ekanligiga, xohishi borligiga e’tibor berishi kerak bo‘ladi. Treningni verbal ko‘rinishda tashkil etilsa, guruh rahbari savollarni shunday tuzishi kerakki, asosan qatnashuvchilar gapirsin. Bunda tarbiyachiga ochiq savollar yordam beradi: “Siz bu haqda nima deysiz? ”, “Nimaga?”, “Qanday...?”, “Agar…” va hokazolar. Agar qatnashuvchi “Ha”, “Yo‘q” deb javob bersa, “Nimaga shunday gapirayapsiz?” deb so‘rash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari boshqa qatnashuvchilardan ham so‘rash kerak tasdiqlangan fikrlarga qo‘shiladimi? Guruh rahbari trening o‘tkazish jarayonida o‘z ovozining ohangiga e’tibor berishi, sekin va aniq gapirishi kerak bo‘ladi, qatnashuvchilarni ko‘proq gapirishga undash kerak. Tarbiyachi o‘zining va qatnashuvchilarning so‘zga chiqishi vaqtini hisoblashi lozim bo‘ladi. Hamma savollarga faqat o‘zi javob bermasligi, qatnashuvchilar bir-birlarining savollariga javob berishi mumkinligini unutmasligi lozim. Bahs natijalarini xulosa qilishda har bir mashg‘ulot qatnashchisining muhokama qilinayotgan muammoni mohiyatini to‘g‘ri tushunayotganini aniqlab, keyin umumiy xulosa chiqarish kerak. Agar tarbiyachining shaxsiy tajribasi mazkur bahsga mos kelsa, qatnashuvchilar fikrlarini mustahkamlab, “Bu menga o‘tgan yilgi voqeani eslatadi” – deyishi mumkin. Download 78.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling