Innovatsiya tushunchasining mazmuni
Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 21.92 Kb.
|
Innovatsiya tushunchasining mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turini hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga egadir”. Innovatsiya va novatsiyalar masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalar
Novatsiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi paytda jamiyatni boshqarish sohalarida yangi g‘oyalar va ilmiy bilimlardan foydalanish, axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish, innovatsion faoliyatni ta’minlash maqsadida kadrlarni o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yangi yoki takomillashtirilgan texnika, texnologiya namunalarini yaratish maqsadida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, innovatsiya faoliyati natijalarini reklama va targ‘ib qilish, innovatsion bilimlarni ommalashtirish kabi innovatsiyaning asosiy faoliyat turlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston o‘zining ulkan potentsialini ishga solib, eng yangi innovatsion va informatsion texnologiyalarga asoslangan ilg‘or ijtimoiy tuzulmalarni yaratish orqali huquqiy demokratik davlat, fuqarolar jamiyatini qurishga kirishdi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek “O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turini hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga egadir”. Innovatsiya va novatsiyalar masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalar Mamlakatimiz uchun maqbul bo‘lgan innovatsion yuksalish modeli, uning kontseptual asoslari va hayotga tadbiq qilish strategiyasining bosh tamoyilini yangilanish sari buyuk sakrashlar, sohada inqilobiy to‘ntarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan bosqichma-bosqich harakat qilish g‘oyasi tashkil qiladi. Jahonning taraqqiy etgan davlatlari tajribasi har qanday iqtisodiy tanglikni, avvalo, ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalarni keng qo'llash orqali bartaraf qilish hamda rivojlanishga erishishni ko'rsatmoqda. Ilm-fan va innovatsion ishlanmalar – rivojlanayotgan har bir davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim omilga aylanganligi bejizga emas. Zero, AQSH, YAponiya, Germaniya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar iqtisodiyotidagi rivojlanishlar buning yaqqol isbotidir. Muhimi shundaki, iqtisodiy va ijtimoiy yuksalishning asosiy omillari bo'lgan bu jarayonlar tobora takomillashib boryapti. Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida O'zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishdek yuksak maqsad yo'lida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlaktimizda milliy iqtisodiyotimizni innovatsion usulda taraqqiy ettirish eng dolzarb vazifaga aylandi. SHiddat bilan o'zgarayotgan zamon ilm-fan va innovatsiyani yangi bosqichga ko'tarishni talab qilmoqda. Bugun qaysi sohada bo'lmasin, eng ilg'or innovatsion g'oyalarni boshqalardan ko'ra tezroq joriy qilganlar muvaffaqiyatlarga erishayotganligi ayni haqiqatdir. . Xulosa Bir bosqichni tugatib, zarur shart-sharoitlar yaratib bo‘lgandan keyingina yangi bosqichga o‘tish kerak. Bunda har bir bosqichning o‘z ustuvoriklari shakllanadi. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo‘lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog‘liq. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling