Innovatsiya tushunchasining mazmuni


Novatsiya – (yangilikning sinonimi) – oldin hech qachon bo‘lmagan yangilikdir


Download 21.92 Kb.
bet2/5
Sana19.01.2023
Hajmi21.92 Kb.
#1101518
1   2   3   4   5
Bog'liq
Innovatsiya tushunchasining mazmuni

Novatsiya – (yangilikning sinonimi) – oldin hech qachon bo‘lmagan yangilikdir. Bu kashfiyot,ixtiro bo‘lib, u ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning yangi uslubidir. Novator – yangilik ochuvchi yoki qaysidir sohaga yangilik kirituvchi odamdir. Bu poydevorsiz innovatsiya jarayonini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu jarayon o‘zining tarixiy genezisi, rivojlanish fazasi, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik asoslariga egadir. Yangilik, kashfiyot, ixtiro, patent, yangi tovar belgisi, ratsionallik fakliflar, yangi texnologiya, ishlab chiqarishni boshqaruv, tashkiliy strukturalar innovatsiyaning belgilovchi omillaridir.
“Innovatsiya” tushunchasi dastlab yangi tovar turlarini ishlab chiqish, tadbiq etish va foydalanishda o‘zgarish qilish, umuman ishlab chiqarish texnologiyasida yangiliklar kiritish, bozor munosabatlarini takomillashtirish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan. Innovatsiya keng ma’noda yangi texnologiya va mahsulot turi, tashkiliy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni ishlab chiqish, moliyaviy, tijorat xarakterlarini yangilash, ulardan ko‘proq foyda beradigan darajada foydalanishni nazarda tutadi.
Innovatsiya har qanday inson faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Fanda innovatsiya turli shakllarda namoyon bo‘ladi. U empirik tarzda vujudga kelgan yangiliklarni ob’ekt sifatida tanlab, keyinchalik ularga ratsional talqin berib, nazariy bilimning shakliga aylantiradi. Qadimdan boshlab hozirgacha bilim jamiyatning rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etib keladi.
Innovatsion jamiyatlar quyidagilar bilan farq qiladi::
-fan va ta’limning yaxshi tashkil qilinganligi va moliyalashtirilganligi;
-tashkilotlar, odamlarning guruhi, shaxsning yuksak ijodiga mo‘ljal olinganligi;
-bilimning tarqalishining rivojlangan tuzulmasi.
Yozef Shumpeter 1911 yilda chop ettirgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” asarida iqtisodiyotda amalga oshadigan innovatsion jarayonlarning tavsifini beradi. Bular:

1. yangi texnika va texnologik operatsiyalardan foydalanish;


2. yangi xossalarga ega bo‘lgan maxsulotlarni joriy qilish;
3. yangi turdagi xom-ashyolardan foydalanish;
4. ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnik ta’minotini o‘zgartirish, yangilash;
5. yangi bozorlarning paydo bo‘lishi.
Y.Shumpeter xulosasiga binoan, daromadning asosiy manbai innovatsiyadir.
Innovatsion jarayon-fanlararo tadqiqot ob’ektidir. Masalan, linvistikada innovatsiya til tizimining morfologik qismida hosil bo‘ladigan hodisa ma’nosida izohlanadi. Yangi hodisa va yangilanishni ifoda etadigan “innovatsiya” atamasi bir qator fanlarda: madaniyatshunoslik, pedagogika, iqtisod, tilshunoslik, sotsiologiya, keyingi paytlarda esa falsafada qo‘llanilishi bois polisemantik ma’noga egadir.
Innovatsiya uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:
- Innovatsiya yangilikka ega bo‘lishi lozim;
- Innovatsiya bozor ehtiyojini qindirishi zarur;
- Innovatsiya innovatorlarga foyda keltirishi kerak;
- Innovatsiya tushunchasi bir necha tomondan qaralishi lozim.
Innovatsiya yangilik miqyosi jihatidan quyidagilarga bo‘linadi:
- dunyo miqyosidagi innovatsiya;
- mamlakat miqyosidagi innovatsiya;
- tarmoq miqyosidagi innovatsiya;
- firma miqyosidagi innovatsiya.
Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti amerikalik olim E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo‘lgan munosabati va boshqalarni ko‘rsatgan. A.I. Grigorin innovatsiya deganda, muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga, yangi, nisbatan turg‘un (unsur) elementlarini kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu jarayonga ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashda, hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda, alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri, ularning birlamchi, raqobati va natijada birining o‘rnini ikkinchisining egallashidir.
M.I. Potashnik innovatsiya jarayonning quyidagi tuzilmasini ko‘rsatadi:
-faoliyat tuzilmasi – motiv – maqsad – vazifa – mazmun – shakl - metodlar-metodik komponentlar yig‘indisi;
- sub’ektiv tuzilma - innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa ko‘rinishlari;
- mazmun tuzilmasi - o‘quv tarbiyaviy ishlar, boshqaruvda yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi va o‘zlashtirilishi;
- tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tadbiq etuvchi.
Olingan ma’lumotlar va faktlar asosida ob’ektning asosiy xossalarini nazariy talqinini berish, yangi ochilgan xossalar, doimiylik, funktsional qiymatlarni tushuntirish, ob’ektni bir butun tavsifi va nazariyasini ishlab chiqish bosqichi fanda kashfiyot yoki ixtiro bilan yakunlanadi.
Al-Xorazmiy bundan o‘n ikki asr ilgari olimlarning yaratgan asarlariga qarab, ularni uch tabaqaga bo‘lgan:

Download 21.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling