Innovatsiya-ziyo


“Nutq madaniyati” kursining boshqa fanlar bilan o‘zaro


Download 3.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/101
Sana19.11.2023
Hajmi3.84 Mb.
#1786423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
nutq madaniyati. raupova l

“Nutq madaniyati” kursining boshqa fanlar bilan o‘zaro 
munosabati. Madaniy nutq salohiyatiga erishish va ta’limda uni
14


ta’minlashga ko‘maklashish boshqa fanlar bilan aloqador ish ko‘rishni 
taqozo etadi. Zero, nutq madaniyati ihotalangan hodisa emasligi tayin.
Nutq madaniyati sohasi boshqa fanlarda ham bo’lgani kabi bir 
qator fanlar, fan sohalarming materiallari va yutuqlariga suyanadi.
“Nutq madaniyati” ta’Iimida falsafa, pedagogika, metodika, 
psixologiya, axborot texnologiyalari, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, 
mantiq, etika, estetika fanlari yutuqlariga tayanilsa, nutq madaniyatini 
egallashda ulardan falsafa, pedagogika, metodika, psixologiya, axborot 
texnologiyalari birinchi darajali fanlar doirasida turmaydi.
Sohaning boshqa fanlar bilan aloqasi ikki yo‘nalishda qaror topadi:
- nutq madaniyati ta’limi yo‘nalishi;
- nutq madaniyatini egallash yo‘nalishi.
Nutq madaniyati sohasi, birinchi navbatda, tilshunoslikning 
fonetika, morfologiya, 
leksikologiya, 
sintaksis, 
uslubshunoslik 
sohalari, 
adabiyotshunoslik 
fani 
bilan, 
ikkinchidan, 
esa 
mantiqshunoslik, psixologiya, falsafa, estetika va etika kabi ijtimoiy 
fanlar bilan uzviy aloqada.
Nutq madaniyati sohasi fan sifatida falsafa fani bilan aloqador. 
Chunki falsafa nutq madaniyati ta’limining ilmiy metodikasini, 
metodologik asoslarini belgilab beradi.
Nutq jarayoni, ya’ni gapirish, eshitish va tinglash, tilni bilish 
holatlari, nutqni qabul qilish, tushunish sharoitlari, nutqdagi ayrim 
o'ziga xos ko‘rinishlari, ichki nutq kishining shaxsiy taraqqiyotida, 
ayniqsa, uning yoshligida nutqning shakllana borishi kabi masalalar 
psixologiya fani tomonidan o‘rganiladi. Demak, tilshunoslik til 
qonuniyatlari, tilning qurihshi xususiyatlarini o ’rgansa, psixologiya 
nutqning inson ruhiyati bilan bog‘liq jihatlarini o ‘rganadi. Nutqning 
psixik faoliyat bilan aloqador tomonlarini o‘rganishda tilshunoslik 
psixologiya fani tajribalariga suyanadi.
Nutq madaniyati mantiq - tafakkur qonunlari va fikrlash 
shakllariga oid ta’limot bilan ham bog‘liq. Masalan, har doim to‘g ‘ri, 
o‘rinli va ta’sirchan so‘zlash bevosita mantiqiy tafakkur bilan 
betgilanadi. Mantiqiy tafakkurning darajasi nutqning mantiqiyligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. Zero, nutq va mantiq so‘zlarining 
o ’zakdoshligi ham buni asoslaydi.
Nutqning madaniyligi shaxsning etik, estetik saviyasiga juda ham 
bog'liq. Bu esa nutq madaniyati sohasining yuqorida zikr etilgan har
15


ikki yo‘nalishida ham etika va estetika fenlari bilan aloqadorligini 
ko‘rsatadi.

Download 3.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling