Innovatsiya-ziyo
NUTQ, UNING SHAKLLARI, TURLARI VA USLUBLARI
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlari: 1. www.ziyonet.uz 2. www.thinsan.com 3. www. uforum.uz 4. www.literature,uz Reja
NUTQ, UNING SHAKLLARI, TURLARI VA USLUBLARI
1. Til va nutq. Nutqiy faoliyat. 2. Nutq shakllari. 3. Nutq uslublari. 4. Nutq turlari. Tayanch tushunchalar: til, lison, nutq, nutqiy faoliyat, nutq shakli, nutq uslubi, nutq turi. Til va nutq. Nutqiy faoliyat. Til muayyan tilda so‘zlashuvchilaming nutqiy qobiliyati va imkoniyati boTib, u tafakkumi shakllantirishga, bilimlami xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborot uzatish va qabul qilishga imkoniyat beruvchi eng muhim, bevosita va bilvosita muloqot qilish vositasi. Til lison, nutq va m e’yordan iborat boTadi. Lison deyilganda ma’lum bir til jamiyatining barcha a’zolari uchun ajdodlar tomonidan tayyor holga keltirib qo‘yilgan, m a’lum bir tilda so'zlashuvchilar uchun umumiy va majburiy, fikmi ifodalash va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladigan so‘z va qo‘shimchalar hamda ularning o‘zaro birikish qoidalari. So‘z va qo‘shimchal^^iilarxung birikish qoidalari shu tilda so‘zlashuvchilaming ongidalfatslTaydi. Internet saytlari: 1. www.ziyonet.uz 2. www.thinsan.com 3. www. uforum.uz 4. www.literature,uz Reja: 17 Lison kishilaming so‘z va qo‘shimchalar zaxirasi hamda ulaming shu tilda so'zlami bog‘lab nutq so‘zlash malakasidir. Lison, umuman olganda, kishilaming nutq so'zlash imkoniyati hisoblanadi. Nutq - kishilaming ongida mavjud lisoniy imkoniyatlami og‘zaki yoki yozma shakllarda voqelantirilishi. Masalan, aytgan yoki yozgan gaplarimiz nutq bo‘lib, u lisoniy bilim va malakamiz tufayli sodir bo‘ladi. Me’yor lisoniy imkoniyatlami ishga solishimizda jamiyat tomonidan shakllantirilgan qoidalardir. Masalan, jamiyat qoidalari о 'Imoq so‘zi o‘mida vafot etmoq, ketmoq, kuni bitmoq, jorti uzilmoq ifodalarini ishlatishni qoidalashtirgan. Yoki biz bir o'rinda turq, boshqa o‘rinda jam ol so‘zini qo'llaymiz, ammo ulami noo‘rin ishlatsak, mulzam bo‘lamiz. M e’yor tildan foydalanishimizni tartibga solib turadi. Nutqiy faoliyat tildan foydalanuvchilaming gapirish, nutq so'zlash bilan birga, tinglash jarayoni ham. Mashhur amerikalik notiq psixolik Deyl Kamegi “yaxshi suhbatdosh - yaxshi gapirishni emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatning insonda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Nutqiy faoliyat kundalik faoliyatimizning tarkibiy qismidir. Nutq madaniyati kishilaming kundalik nutqiy faoliyati bilan aloqador. Adabiy tilning o‘zi nutq madaniyatini tashkil eta olmaydi. Adabiy tildan, uning madaniylashgan vositalaridan nutqiy faoliyatda foydalanilgandagina adabiy til nutq madaniyati vositasiga aylanadi. Masalan, hozirgi zamon o'zbek adabiy tihda ta’lim-tarbiya ishlari olib boriladi, ilmiy va badiiy adabiyotlar nashr etiladi, gazeta va jumallar chiqariladi. Radio va televideniye eshittirishlarida ushbu til m e’yorlariga amal qilinadi. Yozma nutqda o‘zbek tilining imlo qoidalariga, gapirganda esa, adabiy talaffuz talablariga rioya etiladi. Adabiy nutq, uning yozma va og'zaki shakli me’yorlari bu tilda so‘zlovchilaming shaxsiy nutqlari va bu nutqlar yig'indisidan iborat bo‘lgan umumiy m e’yor sifatida namoyon bo'ladi. Adabiy nutq madaniyatini egallashda tilga e’tibor, unga chinakam hurmat va muhabbat muhim rol o‘ynaydi. Adabiy nutq me’yorlarini shunchaki qiziqish va u bilan nomigagina shug‘ullanish bilan egallab bo‘lmaydi. Buning uchun shaxsning saviyasi yuksalishi, bilimi o ‘sishi ham talab etiladi. Shunga ko‘ra, adabiy nutq madaniyati nutqiy ko‘nikma, nutqiy malaka natijasidir. Nutq madaniyati malakasiga 18 adabiy til qoidalari, til bo‘yicha bilimlar, tajriba orqali erishiladi. Nutq madaniyati malakasi egallangan bilim, o‘rganilgan qoidalar emas, balki kishining ularga o‘z nutqiy faoliyatida amal qilishga, qo‘llashga erisha olgan ko'nikmasidir. Ko‘rinadiki, nutq madaniyati aniq nutqiy faoliyat, aniq nutqiy amaldir. Nutq madaniyati va nutqiy faoliyat uzviy bog‘liq. Madaniy nutq madaniy nutqiy faoliyat mahsulidir. Shunday qilib, nutq madaniyatini egallash madaniy nutq ko‘nikmasini hosil qilish demakdir. Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling