Nutqiy faoliyat va uning turlari O‘zbekiston Milliy universiteti Lingvistika: o‘zbek tili 1-kurs magistranti Madaminova Sehriyo Annotatsiya


Download 15.05 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2023
Hajmi15.05 Kb.
#1737823
  1   2   3   4
Bog'liq
oraliq Madaminova Sehriyo Psixolingvistika


Nutqiy faoliyat va uning turlari
O‘zbekiston Milliy universiteti
Lingvistika: o‘zbek tili 1-kurs magistranti
Madaminova Sehriyo
Annotatsiya: Ushbu maqolada nutqiy faoliyat paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi omillar, nutqiy faoliyatning yuzaga kelish jarayoni, psixologik va lingvistik tomonlari, nutqiy faoliyat turlarining namoyon bo‘lishi, so‘zlovchi va tinglovchi munosabati kabi masalalar tadqiq etilgan.
Tayanch tushunchalar: nutq, til, psixologiya, lingvistika, psixolingvistika, nutqiy aloqa, kodlash, dekodlash, nutqiy faoliyat, so‘zlovchi va tinglovchi, qo‘zg‘atuvchi-motivatsion, yo‘naltiruvchi tadqiqot, ijro, ichki nutq, tashqi nutq, monolog, dialog, polilog.
Insonning shaxs sifatida eng oliy sifatlaridan biri uning nutqiy aloqaga kirisha olishidir. Aynan shu sifati orqali boshqa mavjudotlardan farqlanadi. Nutq yaratish jarayoni bir necha bosqichlarni amalga oshirib, inson ongida shakllanib, til orqali namoyon bo‘ladi va nutqqa aylanadi. Ushbu jarayon yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, Ferdinand de Sossyurning til va nutq tushunchalarini ajratishi “nutqiy faoliyat” degan tushunchaning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynadi. “Nutqiy faoliyat” tushunchasiga turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha ta’rif berilgan. Y.S.Kubryakova ushbu tushuncha orqali nutq yaratilishi va qabul qilinishiga oid barcha hodisalarni tushunish kerakligini aytadi. A.A.Leontevning fikriga ko‘ra esa “nutqiy jumlalarning nutqiy bo‘lmagan subyektiv kodlar orqali dasturlashtirilishi”1 nutqiy faoliyatni tashkil qiladi. Nutqiy faoliyatning paydo bo‘lishi haqidagi fikrlarni Charlz Osgud, Djon Keroll, Tomas Sibeok, Fred Agard, Richard Solomon kabi tadqiqotchilarning ishlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Ular Kornell universitetida tashkillashtirgan yozgi seminarda nutqiy muloqotning paydo bo‘lish sxemasini chizib, fanlar bilan aloqasi, shuningdek, psixolingvistika bilan bog‘liqlik tomonini ham tasvirlaganlar. Sxemada muloqotning 5 ta komponenti ko‘rsatilgan. Biz tinglovchi ham, so‘zlovchi ham bo‘la olamiz. Biz xabarlarni uzatuvchi va qabul qiluvchimiz va biz bu rollar o‘rtasida o‘zaro almashamiz (ya’ni sherigingiz gapirayotganda siz tinglaysiz – xabarlarni qabul qilasiz, siz gapirayotganingizda sherigingiz tinglaydi – xabarlarni uzatasiz)2. Ushbu vaziyatda nutqiy faoliyat jarayoni amalga oshadi.


Notiqning ichki nutqiy faoliyati
(psixologiya)

Xabar
(lingvistika)

Tinglovchining idrok qilish faoliyati
(psixologiya)






Kodlash jarayoni
(psixolingvistika)

Dekodlash jarayoni
(psixolingvistika)



Download 15.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling