Nutqiy faoliyat va uning turlari O‘zbekiston Milliy universiteti Lingvistika: o‘zbek tili 1-kurs magistranti Madaminova Sehriyo Annotatsiya


Download 15.05 Kb.
bet2/4
Sana01.11.2023
Hajmi15.05 Kb.
#1737823
1   2   3   4
Bog'liq
oraliq Madaminova Sehriyo Psixolingvistika

Nutq faoliyatning samaradorligi
Ushbu sxemaga ko‘ra seminar tadqiqotchilari nutqiy faoilyatning yuzaga kelishida psixologiya va lingvistikaning chambarchas bog‘liq ekanligini isbotlashgan, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Umuman olganda, nutqiy faoliyat deb kishilar o‘rtasidagi ma’lumot almashishini amalga oshirish, til vositasida fikrlarni bayon qilish faoliyati deyish mumkin. Ushbu hodisani kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan kodlash va dekodlash jarayoni deb ataladi, ya'ni kodlash — so'zlovchining til orqali o'z nutqini tinglovchiga yetkazib berishi, dekodlash — tinglovchi ongida ushbu nutqning qayta ishlanib namoyon bo'lishi. Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda, ya’ni nutq sifatida kishilar o‘rtasidagi aloqa jarayonida, fikrlashish, so‘zlashish jarayonida yaqqol ko‘rinadi. Nutqiy faoliyat aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

  • Sonya, ilindi! – qiyqirib yubordi xola. – Jonginam, qarmog‘ingga baliq ilindi!

  • Voy! Voy! – Sonya irg‘ib turib, qarmoqni jon-jahdi bilan ko‘tardi.

A.P.Chexovning “Oshiq baliq” hikoyasidan keltirilgan ushbu parchada nutq egasi o‘z maqsadiga erishgan, ya’ni nutqi orqali tinglovchiga ta’sir qilgan. Bu hodisani stimul > reaksiya munosabati deb nomlaymiz. Sh.Usmonovaning fikrlariga ko‘ra, zamonaviy psixologiya nutqni universal muloqot vositasi, nutqiy ifodani hosil qiladigan va uni qabul qiladigan ikki subyekt ishtirok etadigan ongli faoliyatning murakkab shakli sifatida talqin qiladi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, faqat insonlargina nutqiy faoliyatni amalga oshira oladigan ongli mavjudotdir. Shu sababdan ham nutqiy faoliyat atamasi “ongli faoliyat” atamasi bilan qo‘llangan. Nutqiy faoliyat ba’zan turg‘un holatda (matn), ba’zan harakatdagi holatda (masalan, so‘zlash va eshitish) namoyon bo‘ladi.
I.A.Zimnaya nutqiy faoliyatning quyidagi uch bosqichdan tarkib topganligini aytib o‘tadi: qozgatuvchi-motivatsion, yonaltiruvchi tadqiqot, ijro.
Qo‘zg‘atuvchi-motivatsion bosqichda asosiy omil ehtiyoj hisoblanadi. Malumki, insonni qo‘zg‘alishga undaydigan kuch bu – uning ehtiyojlaridir. Nutq niyati bu bosqichning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, faoliyatni amalga oshirishga qaratilgan maqsaddir. Yo‘naltiruvchi tadqiqot bosqichida esa nutqiy faoliyat rejalashtiriladi va faoliyatning bosqichlari ketma-ketligi tuziladi, ifoda shakllari tanlanadi. Ijro bosqichida esa nutqiy faoliyat yuzaga chiqadi, ya’ni amalga oshadi. Quyidagi asardan olingan parcha orqali nutqiy faoliyat bosqichlarining yuzaga kelishini kuzatishimiz mumkin:

  • Men, taqsir, hammomchi emas, sartaroshman. Bug‘ yuborish mening vazifam emas. Qon tortadigan bankachalar qo‘ydirishni xohlaydilarmi?

Semiz janob qip-qizarib ketgan sonlarini silagancha biroz o‘ylangach:

  • Bankachalar deysanmi? Mayli, qo‘ya qol. (A.P.Chexov “Hammomda” )

Ushbu dialogik nutqda keltirilgan birinchi shaxsning nutqi qo‘zg‘atuvchi-motivatsion bosqich hisoblanadi, ya’ni u nutqi orqali tinglovchiga ta‘sir qildi va ikkinchi shaxs biroz o‘ylanib (yo‘naltiruvchi tadqiqot), o‘z nutqini bayon qildi (ijro). Shuningdek, yuqorida aytganimizdek, tinglovchi va so‘zlovchilik faoliyati almashdi.
Nutqiy faoliyat jarayoni quyidagi turlarga bo‘linadi:


Download 15.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling