Nutqiy faoliyat va uning turlari O‘zbekiston Milliy universiteti Lingvistika: o‘zbek tili 1-kurs magistranti Madaminova Sehriyo Annotatsiya


so‘zlash eshitish yozish o‘qish


Download 15.05 Kb.
bet3/4
Sana01.11.2023
Hajmi15.05 Kb.
#1737823
1   2   3   4
Bog'liq
oraliq Madaminova Sehriyo Psixolingvistika

so‘zlash

eshitish

yozish

o‘qish

Ushbu nutqiy faoliyat turlari doimo bir-birini taqozo etadi. Gapirilganda eshitishni, yozilganda esa o‘qishni talab qiladi. Shuningdek, “so‘zlash va yozish nutqiy muloqotning initsial jarayoni bo‘lib, ular eshitish va o‘qishni qo‘zg‘atuvchi omil hisoblanadi.3 Nutqiy faoliyatning turlarining har biri til egasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi, shu tufayli til bo‘yicha imtixonlarda ham 4 shakldagi topshiriqlar beriladi (masalan, IELTS imtixoni speaking, listening, writing, reading bosqichlaridan iborat). Bola nutqining shakllanish jarayonida dastlabki bosqich eshitish va so‘zlash jarayoni hisoblanadi. Keyingi ikki bosqich esa maxsus o‘qitish usullari orqali o‘zlashtiriladi va ular eshitish va so‘zlash asosida shakllanadi. Nutqiy faoliyat ayrim shaxsga tegishli bo‘lishi (monologik), ikki kishi o‘rtasida (dialogik) va bir necha kishilar orasida (polilogik) bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ichki va tashqi nutq shakllari ham mavjud bo‘lib, ichki nutq, asosan, insonning ichki kechinmalari, o‘y-xayollari orqali ifodalanadi.



  • Ha, bu odamni sevsa arziydi. Ko‘zlarini aytmaysizmi?! Ibodat vaqtida har qancha qimtinmasin, sodda va oliyjanob chehrasidan nur yog‘ilib turadi, – o‘yladi u. (L.N.Tolstoy “Sergiy ota”)

Parchada keltirilgan nutq biror shaxsga qarata aytilmagan, ammo nutqiy faoliyat ichki shaklda namoyon bo‘lgan va nutq egasining kechinmalarini ifodalagan.
Umuman olganda, inson turli faoliyatlarga (jismoniy, aqliy, nutqiy va hkz) ega bo‘lib, uning ongli mavjudot sifatidagi belgilaridan biri sifatida namoyon bo‘luvchi faoliyat – nutqiy faoliyatdir. Uning amalga oshishi bir qator psixologik mexanizmlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bu esa psixolingvistikaning nutqiy faoliyatni o‘rganuvchi muhim soha bo‘lib kelayotganligining isboti bo‘la oladi. Demak, nutqiy faoliyat bir necha fanlar doirasida o‘rganiluvchi murakkab jarayon sifatida tadqiqot obyekti vazifasini o‘tab kelmoqda.

Download 15.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling