Taqdimoti Toshkent shahar


Download 0.69 Mb.
Sana21.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1105631
Bog'liq
NUTQ O\'STIRISH NAZARIYASI



“Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi fanining maqsad-vazifalari” mavzusidagi
taqdimoti
Toshkent shahar
KIUT universiteti
PREP-503 U talabasi
Djurayeva Sitora Maqsud qizining
Nutq- bu tilni ishga solish jarayonidir. Sub’yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida “til” va “nutq’’ni o’z ichiga oladi.
Nutq- psixik xodisa. Kishilarning shaxslararo o’zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan shaxsiy mulk hisoblanadi
Bola nutqi-nihoyatda nozik tushuncha. Bolalarda go’dakligidayoq atrofdagilaarning munosabatida emotsional o’zgarishlar doimiy ravishda kuzatib boriladi. Bu o’zgarishlar bora bora bolalarda nutq shakllanishiga olib keladi. Hamma bolalarda nutq har xil rivojlanadi. Nutqi sekin rivojlanayotgan bolalarning ota onalari vaqtida bunga chora ko’rishmasa bu keyinchalik bolalarning jamiyatdagi tengdoshlaridan ajralib qolishiga olib keladi. Bola nutqini shakllantirish va uni rivojlantirish uchun maktabgacha ta’lim yo’nalishida “Nutq rivojlantirish nazariyasi va metodikasi’’ fanidan keng qo’llaniladi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920-yillargacha “Pedagogika’’ fani tarkibida Taraqqiy etdi. Keyinchalik esa mustaqil fan sifatida shakllandi.
Nutq o’stirish metodikasi fani bolalarda nutqni rivojlantirish vazifasini bajaradi. Bolalarda ifodali, aniq, lo’nda, obrazli so’zlasjisjni shakllantirish orqali ona tilini amaliy o’rgatadi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiri=uvchi vazifani bajaradi, ya’ni, bolalar nutqini o’stirish barobarida ularning nutq a’zolarini anatomik-gimnastik mashq qildish orqali ularning ravon so’zlashishlarini ta’minlaydi.
Bolalar bu orqali o’z aqliy faoliyatini charxlaydi, tafakkurini shakllantiriba ma’naviyatini rivojlantiradi. Yaxshi rivojlangan nutq tushunarli va ta’sirchan bo’ladi. Bola o’z nutqini tuzatib boradi
NUTQNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI
1. Go’daklik yoshi ( 0-1)
Bola hayoti kattalar faoliyati bilan uzviy bog’liq hisoblanadi. Mazkur rivojlanishning asosiy genetik vazifasi- kichkintoylarda katta odam bil muloqotga kirishish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Emotsional-erkin muloqot ushbu yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Bolalarning kattalar bilan yetarlicha emotsional muloqotga kirishishmasligi ularning hayotining dastlabki oylaridan boshlab yetarli darajada rivojlanmasligiga olib keladi. Nutq rivojlanishing dastlabki belgilaridan biri bu bolada “jonlanish kompleksi’’ ya’ni uning kattalarning munosabatiga emotsional javob qaytarishining shakllanishi hisoblanadi.
2. Ilk yosh (1-3)
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi bola hayotining birinchi yilining oxiriga kelib erishgan natijalri yangi ijtimoiy rivojlanish vaziyztini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi faoliyatiga oid vaziyatdir. Bu davrda bolaning tili chiqadi. Va unda nutq madaniyati shakllanishni boshlaydi.
Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi muloqoti jadal rivojlanishni boshlaydi. Endi ular kattalar munosabatiga emotsional munosabtda emas, balki so’zlar orqali munosabat bildirishni boshlashadi. Bolaning tili chiqish davri bola hayotidagi eng muhim va nozij=k davr hisoblanadi. Dastlab bolalar so’zlarni xato talaffuz qilishadi. Nutq metodikasi bolani shu davrdan boshlab nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
3. Maktabga bo’lgan yosh (3-5)
3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan davrda bola tilga, uning tovush va mazmuniy jihatlariga yuqori darajada beriluvchan bo’ladi.
Ushbu yoshda nutqning asosiy vazifasi aloqa funksiyasi, ijtimoiy aloqalar va atrofdagilarga ta’siridan iborat. Bu yoshdagi bolalar jilmayish, ko’z urushtirish ifodali harakatlar kabi kommunikatsiyalardan foydalanishadi. Bu yoshda bolalar harf tanishni boshlashadi. Atrofdagilar bilan o’zaro debatda bo’lishadi. Ushbu yoshda bolalar nutq rivojlantirish va shakllantirishning so’ngi bosqichidan o’tishadi. Ushbu bosqichlardan to’la o’ta olgan bolalar maktab ostonasiga to’liq shakllangan nuqt bilan qadam qo’yishadi.
“Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasining asosiy maqsad va vazifalari’’ shulardan iborat.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling