Jonlanish kompleksi


Download 2.19 Mb.
bet1/2
Sana12.10.2023
Hajmi2.19 Mb.
#1701042
  1   2
Bog'liq
Jonlanish kompleksi


Jonlanish kompleksi
Go’daklik davri bir yoshgacha davom etishini aytdik. Bu davrda bola jussasi zo’r berib o’sadi va rivojlanadi. Bola bir yoshida bo’yi 25 sm uzaygan bo’ladi; 4—5 oyligida vazni ikki, bir yoshga kelib, uch baravar oshadi va o’rta hisobda 10-11 kg ga etadi. Bola vaznining oyma-oy ortib borishi rasmda tasvirlangan


Bolaning harakat faoliyati va psixikasi juda tez rivojlanadi: avvaliga bola o’tira boshlaydi, keyin emaklab ketadi va, nihoyat, turadigan bo’ladi, ota-onasini taniydi. Bir yoshga yaqin avval kattalar yordamida, keyin o’zi yuradi; tili chiqadi va murg`ak qiyofasiga kiradi; u nimjonligiga qaramay, o’zining hissiyotlari, kechinmalari va tashvishlari bo’ladi. Bu davrda bola tanasining hamma a’zo va sistemalari yana ham rivojlanadi, biroq uncha takomillashmagan va o’ziga xos bo’ladi
Terisi nozik, salga shikastlanadigan bo’lib, sinchiklab parvarish qilishni talab etadi. Dastlabki 3-4 oyda ter bezlari faoliyati sust bo’ladi, bu esa issiqlik regulyastiyasini yomonlashtiradi, harorat o’zgarganida bola salga issiqlab ketishi yoki sovkotishi mumkin.

Bola yarim yoshligida, ayniqsa, yuzda teri osti yog` qavati yaxshi rivojlanadi. Go’daklik davrida suyaklarida kalstiy tuzlari sekinasta to’planib, bir kadar qattik bo’lib qoladi. Tog`aylar sohasida suyaklanish nuktalari paydo bo’ladi.Katta liqildoq kechi bilan 1-1,5 yoshga borib, yopiladi. Kalla suyaklari ora" lig`idagi choklar 3-4 oyga borib sekin-asta zichlashadi.


6-8 oylikda tish chiqa boshlaydi, dastlab, pastki markaziy kurak tishlar, keyin yukoriga markaziy, so’ng yon tomondagi, yil oxiriga borib, pastki yon tomondagi kurak tishlar ham chiqadi. Bola bir yasharligida 8 ta tish bo’lishi kerak. Tish chiqishi normal, hech qanday kasallik alomatlarisiz kechadi, ba’zan, tishi chikayotgan bola injiq bo’lib qoladi; darmonsizlanish, uyqusizlik, harorat ko’tarilishi, ich ketishi va boshqalar kuzatilishi mumkin.
(tug‘ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko‘pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug‘iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg‘armasiga ega bo‘ladi.

Go’dakda o’zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, xususan qo’zg’atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (tiyrakligiga, topqirligiga) bevosita bog’liq bo’lib, bola ulardan ta‘sirlanish natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo’l cho’zadi, unga emaklab boradi.

Tug‘ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliy rivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo‘lishning yangi tajribalarini o‘zlashtirish imkoniga sohib bo‘ladi.

Download 2.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling