Innovatsiya-ziyo
о ‘ynab gapirsang ham о ‘ylab gapir, yaxshi so 'z jon ozig 4, yomon so ‘z
Download 3.84 Mb. Pdf ko'rish
|
nutq madaniyati. raupova l
о ‘ynab gapirsang ham о ‘ylab gapir, yaxshi so 'z jon ozig 4, yomon so ‘z
bosh qozig 7, yaxshi so 'z bilan ilon inidan chiqadi, yomon so ‘z bilan pichoq qinidan chiqadi kabi son-sanoqsiz maqol va matallardan ham bilsa boTadi. Demak, bu muammo “ko‘hna va hamisha navqiron” masalalardan. Madaniyat o ‘ta keng qamrovli tushuncha. Ko‘pchilikka hatto uning moddiy va ma’naviy turlari borligi ham yodboTib ketgan. Lekin tildagi madaniyat uning qaysi turiga kirishi masalasiga kelganda ikkilanib qolamiz. U raoddiy madaniyat tarkibiga kiradimi yoki ma’naviy madaniyat unsurimi? Til, aw alo, kishilarning eng muhim aloqa vositasi. Bu nuqtayi nazardan u moddiy tabiatli. Zero, sezgi a ’zosi (eshitish, ko‘rish kabi) ga ta’sir qiluvchi hodisa moddiy sanaladi. Demak, kishilarning o'zaro aloqa vositasi sifatidagi tilga xos bo‘lgan madaniyat moddiy xususiyatga ega. Lekin, ma’naviy madaniyat sifatida qadrlanuvchi boyligimiz - qadriyatlarimiz, bobolardan qolgan ulkan badiiy va ilmiy meros, san’at asarlari bizga til, ya’ni iming, asosan, yozma, ba’zan og'zaki ko‘rinishlarida yetib kelgan. Xo‘sh, ma’naviy madaniyat “tashuvchisi” sifatida u qanday baholanmog‘i lozim? Biz bu madaniyatni o‘qish, eshitish orqali bilamiz, o‘zlashtiramiz. Bundaham, e’tibor qilinsa, til m a’naviy madaniyatning “qobig‘i” - moddiy ifodalovchisi sifatida yuzaga chiqadi. Shuningdek, kishilarning axloqiy tabiati, dunyoqarashi ham til orqali namoyon bo‘ladi. Ko‘rinadiki, til millatning moddiy boyligi, undagi madaniyat moddiy madaniyatdir. Albatta, til birliklari shakl va ma’no yaxlitligidan iborat. Ammo til madaniyati ana shu ma'noning ijtimoiy voqelanishi bilan belgilanadi. Buni yaqqol tasaw ur qilish uchun til va nutqni farqlash lozim Ma’lum bir millatning eng muhim o ‘zaro aloqa-aralashuv vositasi til deyiladi. Uning ming-ming yillar davomida shakllangan qonun-qoidalari shu tilda so‘zlashuvchi barcha kishilar uchun majburiy. Barchamizda uzoq zamonlar osha yig‘ilgan boylik - til imkoniyatidan foydalanish ehtiyojimiz bor. Tilimiz fikr almashish ehtiyojlarimizni to ia qondira olish darajasida har jihatdan mukammallik kasb etgan. Ana shu mukammallik til madaniyati deyiladi. Til madaniyati millatning umumiy madaniyati hisoblanadi. Uning m a’lum bir kishi voqelantiradigan ko‘rinishi nutqdir. Nutqning mukammallik darajasi nutq madaniyati deyiladi. Nutq madaniyatida shaxsning til madaniyatidan foydalanish darajasi namoyon boTadi. Kishining umumiy madaniy saviyasi, bilim darajasi, intellektual salohiyati, farosati kabi omillar uning til madaniyatini o‘zlashtirib, nutq madaniyatiga aylantirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuning uchun tilimiz qanchalik go‘zal boTmasin, ba’zi kishilarning nutqini eshitganda beixtiyor qulog‘ingni berkitging keladi. Ayrim kishilar gapirganda so‘z topolmay qiynaladi. Bu uning til madaniyatidan foydalanishda zarur bo‘lgan o ‘qimishlilikning yetishmasligidir. Kimlardir tovushlami talaffuz qilishda qiynaladi. Birnda ulaming sog‘lig‘i til madaniyatini voqelantirishiga imkon bermaydi. Shunday kishilar borki, ular so‘zlaganda sel bo‘lib ketasan. Bunday kishilami so‘z san’atkori deyishadi. So‘z san’atkorlari til madaniyatini mukammal darajada nutq madaniyatiga aylantira oladilar. Buning zaminida ulaming mashaqqatli mehnati ham yotadi. Demak, madaniyatning boshqa turlarida bolgani kabi til madaniyatini o‘zlashtirishda ham qobiliyat va mehnat muhim rol o‘ynaydi. Tihiing madaniy taraqqiyotida millatning madaniy taraqqiyoti yotadi. 0 ‘zbek xalqi madaniyati bu darajada rivojlanmaganda tilimiz ham bunchalik ko‘rkli va rangin, serjilo bo‘lmas edi. Bobolarimiz dunyo sivilizatsiyasidan oziqlanib, moddiy va m a’naviy madaniyatimizni yuksak darajaga ko‘tardilar. Bu madaniyat namunalarini birma-bir sanab o‘tirmaymiz, albatta. Birgina misol keltiramiz. Rus sharqshunos olimi S.N.Ivanov “go‘zal fors mumtoz she’riyatining kichik singlisi bo‘lgan turkiy nazmiyot yuksalib, opasidan ham bo‘ychan bo‘ldi” degan go'zal o‘xshatish qilgan. Demak, fors adabiyotidan oziqlangan o‘zbek adabiyoti undan ko‘plab so‘z va iboralarni ham o‘zlashtirdi. 0 ‘zlashtirganda ham nafaqat yozilishini, balki talaffuzini ham aynan oldi. Shuning uchun hazrat Navoiy fors turkiycha so‘zlasa, fors ekanligi bilinib turadi, biroq forscha so‘zlagan turkiyni hech kim turkiy demaydi degan. Til madaniyati jamiyatda mustahkam o‘mashgan boTib, hamma unga rioya qilishga majbur. O lz nutqida yuqorida ta’kidlangan o‘zbek tili madaniyatini emas, balki sun’iy ravish da o ‘zga til madaniyatini voqelantirishga intiluvchilar ham uchrab turadi. Uning nutqida qoTlangan so‘z va iboralar til madaniyatiga muvofiq emas ekan, uning nutqi ham madaniylikdan begona, o‘zi esa har qancha chiranmasin, ayrimlar o‘ylaganchalik “jaa madaniyatli” kishi emas. Umuman olganda, til madaniyatining xususiy ko‘rinishi boTgan nutq madaniyatini yuksaltirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? E’tibor bergan boTsangiz, ommalashgan koreys seriallari dublyajida qahramonlar bir-biriga shunaqa chiroyli lutflar qilishadiki, men buning bolalar nutqiga qanchalik ta’sir qilganligini, ular ham shimday gapirishga uringanlarini kuzatganman. Demak, birinchidan, faqat til qoidalarini yodlatmasdan, jonli muloqot madaniyatini shakllantirishning turli ilg‘or vositalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish lozim. Ikkinchidan, bunda kattalaming ibrati muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada farzandlarini boloxonador qilib 8 haqoratlaydigan ota-onalarimiz ham yo‘q emas. Hashamatli uy, to ‘kis sharoit, so'nggi rusumli avtomobil, qimmatbaho kiyim-bosh va sayr-u sayohatlarnigina madaniyat deb biladigan, lekin Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, “ichida it o'lgan” kishilar ham uchrab turadi. Norasmiy doiralarda har qanday tilda so‘zlashish ixtiyoriy bo‘lsa- yu, shevada gapirish aybmi? Faqat qayerda qanday gapirishni bilish kerak. Bu jamiyat a’zosining madaniy saviyasi bilan bog‘liq. Rus tilida anjuman bo‘layotganda bu tilni bila turib o‘zbek tilida so‘zlash jamiyat odobiga nomuvofiq bo'lgani kabi, rasmiy holatlarda ham shevada gapirish m a’qul emas. Oila bag‘rida, qarindosh-urug‘ huzurida, lahjadosh do‘stlar davrasida shevada so'zlashish nafaqat mumkin, balki zarur hamdir. Umuman olganda, mukammal til madaniyatimiz mavjud. Undan foydalanish ko‘nikmasini o'stirish esa dolzarb m asalabo‘lib qolmoqda. Download 3.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling