Innovatsiyalar tizimi va Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish. Innovatsion faoliyat to‘G‘risida


-modda. Innovatsion rivojlantirish strategiyalari


Download 37.15 Kb.
bet5/15
Sana14.03.2023
Hajmi37.15 Kb.
#1266709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION FAOLIYATINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH.

11-modda. Innovatsion rivojlantirish strategiyalari
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari dunyo ilm-fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion ishlanmalar va texnologiyalar asosida inson kapitalini, mamlakatni jadal rivojlantirish, innovatsion faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini olib borish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari o‘rta muddatli va uzoq muddatli davrlar uchun qabul qilinishi mumkin.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalari davlat va jamiyat oldida turgan kompleks maqsad va vazifalarni, tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlarni, shuningdek ularni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejalarini belgilaydi.
Innovatsion rivojlantirish strategiyalarining loyihalari vakolatli davlat organi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, ilmiy tashkilotlarning, tadbirkorlik subyektlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va ekspertlarning takliflari asosida ishlab chiqiladi.
12-modda. Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish

  • Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar takliflari asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

  • Innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida bajariladigan innovatsion loyihalarni tanlab olishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:

  • import o‘rnini bosishga va eksportga yo‘naltirilgan yoki sifatni takomillashtirishga, joriy etishga tayyor bo‘lgan mavjud mahsulotlar va texnologiyalar tannarxini pasaytirishga qaratilgan yangi milliy mahsulotlar va texnologiyalar ishlab chiqilishini, shu jumladan yangi ish o‘rinlari tashkil etish va mahalliy xomashyodan foydalangan holda ta’minlash;

  • tajriba, eksperimental namunalardan, texnologiyalardan, asbob-uskunalardan, materiallardan, buyumlardan va boshqa ilmiy ishlanmalardan kelgusida amalda foydalanish maqsadida ularni konstruksiya qilish, tayyorlash hamda sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;

  • ilm-fan yutuqlariga, yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulot namunalarini yoki prototiplarini tayyorlashni tugallash va (yoki) ilm-fan yutuqlariga asoslangan mahsulotni ishlab chiqarishni tayyorlash va (yoki) xizmatlarni (tibbiy, moliyaviy, axborotga oid va boshqa xizmatlar) iqtisodiyotning tegishli tarmog‘iga, ijtimoiy sohaga, bank-moliya sektoriga joriy etish uchun ularning tajriba-sinovini o‘tkazish va boshqalar.

  • Innovatsion loyihalarni innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida amalga oshirishning eng ko‘p muddati ikki yildan oshishi mumkin emas.

  • Innovatsion faoliyat innovatsiyalarni yaratishga doir davlat buyurtmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan taqdirda, ularning natijalari davlatga tegishli bo‘ladi.


Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling