Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
XULOSA………………………………………………………………….26
Download 195.98 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi (3)
XULOSA………………………………………………………………….26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................28 3 Kirish Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bug‘ini jamiyatdagi demokratik o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikaning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim tizimi hisoblanadi. Ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘ringa ega. Hozirda har bir maktabda ta‘lim–tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi. Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun, savoljavoblar yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldiberdi – hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga o‘rgatishi zarur. Eng muhimi, o‘quvchi kitob-daftarida raqam, har xil amallarni emas, balki oddiy hayotni, kelajagini ko‘ra olishi kerak. Bu kabi misollarni keltirish bilan bir qatorda, pedagog o‘z o‘quvchilarini mustaqil izlanish, tadqiqot olib borish, o‘zi ham ana shunday qonuniyatlarni ongli ravishda topishga jalb qilishi katta foyda beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikadan 4 samarali ta’lim berilishi uchun o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim. Boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, geometrik bilim, ko’nikma, malaka borasida o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. Kichik yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga muhtoj. Lekin buning amalga oshishi uchun hamma narsadan ham avval yaxshi tayyorlangan o’qituvchi kerak. O’qituvchining vazifasi – dars jarayonida turli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, mavzu mazmunini o’quvchining yosh xususiyatlariga mos holda tushuntirib berish. Bundan tashqari, geometrik jihatdan savodli o’qituvchi boshlang’ich matematika kursida yangi geometrik mazmun kiritish sharoitida juda ham keraklidir. Bu holat, ayniqsa, bugun har qachongidan ham muhim. Bola geometrik jihatdan to’g’ri fikrlab, darsda uni ifodalab bera olishi shart. Geometrik materialni o’rgatishning asosiy maqsadi geometrik figuralar, ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlar haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar haqidagi fazoviy tasavvurlar geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. 1 O’quvchilar matematika darslarida geometrik shakllar bilan tanishib borar ekanlar, ularning mantiqiy tafakkuri ortib boradi. Nimagaki, bolalar darsdan so’ng atrofdagi buyumlar, narsalarning shakli bilan yanada ko’proq qiziqadilar. Endi ular dars jarayonida ham o’qituvchiga qo’shimcha savollar bera boshlaydilar: “ustoz, quyosh, oy, yulduzlarning rangini nima deb ataymiz?” “nima uchun yarim aylana deb aytamiz?” kabi. Bunda o’qituvchining eng muhim vazifasi o’quvchining savoliga to’g’ri va mantiqli javob berishdir. Chunki, savol o’qituvchining darsga qiziqishini ifodalaydigan belgidir. Savoliga kerakli javobni olgan o’quvchi uyga borib yana atrofni kuzatadi va o’ziga 1 Abduraxmonov A. Maktabda geometriya tarixi.- Toshkent: O’qituvchi, -2006. 5 mavhum, tushunarsiz bo’lgan shakllarning mohiyatini ustozidan so’rab, bilib olishni niyat qilib qo’yadi. Matematika darsida olingan bilimlari texnologiya darsida yanada mustahkamlanadi, sababi, xuddi shu geometrik shakllar orqali turli narsalar yasaladi (qog’ozdan hayvonlar, qushlar shaklini, plastilindan shakllarning o’zini yasash topshiriqlari beriladi). O’quvchilar to’g’ri to’rtburchak va kvadratni yanada aniq farqlashni o’rganadilar. Geometrik materialni o‘rgatish vazifalarini hisobga olgan holda o‘qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan demonstratsion, butun sinf uchun mo‘ljallangan modellari, figuralar tasvirlangan plakatlar, doskadagi chizmalar, diapozitivlar, diafilmlardan iborat. Bundan tashqari, individual ko‘rgazmalar ham kerak bo‘ladi. Bular qog‘oz poloskalar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar, figuralar modellari, qog‘oz va kartondan qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Ayrim mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan birgalikda qo‘lda ko‘rgazma- qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, o’tkir, o’tmas burchak modeli, ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlar ham) va boshqa narsalardan iborat. Doskada chizmalarni bajarish uchun chizmachilik o‘lchash asboblari to’plami, chizg‘ich, chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud bo‘lishi kerak. Shunday asboblar har bir o‘quvchida ham bo‘lishi kerak. Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, to‘g‘ri chiziq, nur, egri chiziq, kesmalarni bir-biridan farqlash o’rgatiladi. 1-sinf Matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b.) da 3-bob “Geometrik shakllar” deb nomlangan. 20 soatga mo’ljallangan ushbu bob o’qituvchi tomonidan mukammal tushuntirilsa, o’quvchi sodda geometrik shakllar bo’yicha beriladigan savollarga javob berib, qanday chizish, yasashni ko’rsata oladi 1 . Mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilar to‘g‘ri va egri chiziqlarning ba‘zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan. bolalar nuqtadan chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri chiziq o‘tkazishlari 1 ile:///C:/Users/User/Downloads/Jumayev%2 6 mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri chiziq o‘tkazish mumkin degan xulosaga keladilar. Kesma bilan ham o‘quvchilar amaliy tanishadilar. O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, fanga befarq qaramasligini ta’minlash har bir bugungi matematika o‘qituvchisining vazifasi hisoblanadi. Matematika fani to‘rt amalning bajarilishini o‘rgatish bilan birga shakllar, ularning tuzilishi, farqini va ularning tuzilishini o‘rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushinchalari hisoblanadi. Bunda boshlang’ich sinf o‘qituvchisining ro‘li nihoyatda kattadir. Geometriya 3500 yil oldin paydo bo‘lgan. Geometriya yunincha so‘z bo‘lib “yerni o‘lchash” degan ma’noni bildiradi (“geo” –yer, “metrio” – o‘lchayman).Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil, ayniqsa, Yunoniston olimlari kata hissa qo‘shdilar. Har bir o’qituvchi o’z darsning samarali bo’lishini istaydi. O'tgan mavzu yuzasidan o’quvchi tegishli tushuncha va bilimga ega bo'ldimi, yo'qmi?-degan savollar o’qituvchi dilida hamisha ko’ndalang bo’lib turadi. Bu savollarga ijobiy javob olish ko’p jihatdan o’qituvchining samarali faoliyatiga bog’liq. Matematik tushunchalarini o’quvchilarining shaxsiy tajribalari asosida shakllantirish o’qitish maqsadlariga qo’yiladigan birinchi shart, birinchi talab bo’lib o’qish jarayonini turmush bilan o'quvchilarning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lishi prinsipidan kelib chiqadi.O’qitishning turmush bilan bog’lanishi faqat o’qituvchining so’zidagina emas, balki o’quvchilarning matematika o’rganish jarayonidagi butun amaliy faoliyatlarida ko’rsatib borilishi lozim-bu rivojlantiruvchi ta'limning ikkinchi shartidir. 1 Yurtboshimiz aytganidek: “Bugun odamlar uygʻonmoqda, jamiyat uygʻonmoqda, ...Uchinchi Renessans va Yangi Oʻzbekiston poydevorini qurishda taʼlim mazmuni va sifati alohida oʻrin tutadi, uni poydevori mustahkam boʻlish uchun taʼlim oluvchilarga nimani va qanday oʻqitishni aniq belgilab, soha egalariga berolsak, Yangi Oʻzbekistonning ertangi egalari hayot pillapoyalaridan 1 http://marifat.uz/marifat/yangi/O-quv-dasturlari-tajriba-sinov-orqali-takomillashadi.htm 7 qoqilmasdan, toʻgʻri qadam bosadi, bu esa taʼlim tizimida barcha masʼullarning oldida turgan ulkan vazifahisoblanadi. Download 195.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling