Innovatsiyalar vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti
Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik
Download 195.98 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi (3)
2.2.Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik
materiallardan foydalanish metodikasi Geometrik material boshlang'ich sinflar uchun mustaqil bo'lim sifatida o'quv dasturiga kiritilmaydi. O'quv jarayonida geometriya elementlarini o'rganish bilan bevosita bog'lab olib boriladi. Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o'rgatish davomida geometrik shakllardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi o'quvchilarning geometrik taassurotlarini mustahkamlashga imkon beradi. Geometrik materiallarni o'rganish: - geometrik shakllar haqidagi tasovvurlar zaxirasini to'plashga (kengaytirishga); - fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish, tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur etish ko'nikmalarini shakllantirishga; - muhim amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga; - bolalarni keyinchalik geometriyani o'rganishga tayyorlashga xizmat qiladi. Biz yuqorida boshlang’ich sinflarda qaysi geometrik tushuncha va figuralar bilan o’quvchilarni tanishtirishimizni va ular bu mavzular yuzasidan qanday bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerakligiga to’xtalib o’tdik. Navbatdagi bo’limda ushbu geometrik mavzular bo’yicha qanday amaliy ishlar olib borish mumkinligiga to’xtalib o’tamiz, I, IV sinf matematika darsliklaridan misollar keltiramiz. Nuqta,to'g’ri va egri chiziqlar, to'g’ri chiziq kesmasi. Nuqta bilan o’quvchilar I sinfda, o'qitishning birinchi qadamlaridanoq tanishadilar. Raqamlar yozishga tayyorgarlik ko’ra turib, o'quvchilar o’qituvchi ko'rsatganidek, quyidagi amaliy topshiriqni bajaradilar: nuqtani katakning o’ratsiga qo'ying (katakning pastki chap burchagiga,katak tomonlaridan birining o’rtasiga va h.k.); qo'yilgan nuqtalarni namuna bo’yicha birlashtiring. 20 Masalan: Nuqtani katakning o’rtasiga, katakning o’ng burchagiga, katak pastki tomonining o’rtasiga qo’ying va ushbu nuqtalarni ketma – ketlik bilan birlashtiring.To’g’ri chiziq bilan tanishgandan so’ng, o’quvchilar nuqtani to’g’ri chiziqqa qo'yishni berilgan 1,2,3, ta nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni nuqtani to’g’ri chiziqqa nisbatan vaziyatini aniqlashga ham aynan shu amaliy ish yordam beradi. 1 – sinfda Nuqta. Chiziqlar. Kesma. Siniq chiziq mavzusini (83-bet. Matematika) o’rganish jarayonida chiziqlar to’g’ri va siniq chiziqlarga bo’linishini aytib o’tiladi va rasmda ko’rsatilganidek nuqtalar qo’yiladi va shu nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni aytib o’tadi. Bir to’g’ri chiziqda yotgan nuqtadan o’tgan chiziq to’g’ri chiziqni, bir to’g’ri chiziqda yotmagan nuqtalardan o’tgan chiziq siniq chiziq ekanligini farqlab oladi va quyidagi amaliy ishlarni bajaradi.. Ko’pburchaklarni yasab, ularning elementlari bilan tanishayotganda o’quvchilar ko’pburchakning uchlari nuqtalar chizishni bilib oladilar. Geometriya turli shakllarning xossalarini aniqlash, tekshirish, ularni uzunliklari, yuzi, hajmlarini hisoblash bilan shug'ullanadi. Geometriya material dasturda mustaqil bo'lim sifatida o'qitish jarayonida ajratib ko'rsatilmaydi. Geometrik mazmunli masalalarni imkon bo'lgan vaqtda, kursning boshqa masalalari bilan yaqin aloqada doima qarab chiqiladi. Biroq dasturdagi tushuntirish xatida ko'rsatilganidek, geometrik masalalarni bayon qilishda bu materialni kurs materialiga kiritish maqsadlariga bo'ysundirilgan shaxsiy mantiqqa ham rioya qilish kerak. Bu maqsadlar dastavval bolalarning fazoviy tasavvurlarini o'stirishda, ularda turlicha geometrik figura haqida tasavvur qilishdan iborat. Bolalar bu figuralarning har biri alohida turganda ham, tanish figura boshqa figuraning qismini tashkil etganda ham ularni taniy olishlari, berilgan bir necha figuradan boshqa figura yasashni o'rganishlari kerak. Chizmachilik sinf doskasida bajarish uchun doskaning bir qismi kataklangan bo’lishi kerak. Darsni tashkil etish. Yangi materialni o’rganish uchun mo’ljallangan amaliy ishlarga 10-12 minut (3-4-sinflarda esa darsning ko’proq qismini ham) mashq va tekshirish ishlariga esa 8-10 minut ajratish maqsadga muvofiqdir. Ishni boshlashdan oldin o’qituvchi bolalarga topshiriqni aytib beradi, suhbat o’tkazadi, 21 bunda chizma yoki modelni namoyish etadi. O’quvchilar o’qituvchining gapini diqqat bilan tinglaydilar va qilinadigan ishning hamma jihatlarini tushunib olishga harakat qilib, suhbatda ishtirok etadilar.O’quvchilar ishni bajarayotganlarida o’qituvchi qiynalayotgan o’quvchilarga yordam berishi kerak. Darsni tashkil ertish bo’yicha F.A.Orexov tavsiyalarini keltiramiz: o'quvchilarning ishini kuzatib turish darsning ajralmas qismidir. O'qituvchi tomonidan o’quvchilarning butun dars davomidagi harakatlarini kuzatish natijasida jurnalga baho qo’yiladi. O’quvchilarning kuchli va bo’sh tomonlarini ko’rsatish bilan o’qituvchi ularning faoliyatini rag’batlantiradi. Kuchli o’quvchilar asosiy ishni bajarganlaridan so’ng ularga qo'shimcha, bir oz qiyinroq ishni tavsiya qiladi. Tirishqoqligi, ishni muddatidan ilgari va sifatli bajarganligi uchun bolalarni rag’batlantirish katta ahamiyatga ega.Ayrim ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng bir oz bo’sh vaqt berilishi foydali, bu orqada qolgan o’quvchilarning o’rtoqlariga yetib olishlariga imkon beradi. Tanaffuslarni sekin-asta qisqartirib borib, butun sinf o’quvchilarining bir me’yorda va yetarlicha tez ishlashlariga erishish mumkin. Tanaffuslardan o’z-o’zini tekshirish, ishlarni o’zaro tekshirish va o’quvchilarning o’zaro yordamlari uchun foydalanish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling